1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya”



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə17/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya” bilan izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.
“Integratsiya” (integratio) sо‘zi lotin tilidan olingan bо‘lib, ma’lum bir qismlarning umumlashishi, yagona bir shaklga kelishi va birlashishini anglatadi. Iqtisodiy integratsiya jarayonlari ikki tomonlama, bir nechta mamlakatlar va hududlararo bо‘lishi mumkin. Hozirgi zamonda integratsion birlashmalarning asosiy masalalaridan biri ularning hududiy darajada rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. Bu masalada odatda davlatlararo boshqaruv tizimi joriy etilib, yakka umumiy mintaqaviy xо‘jalik majmui tashkil etiladi. Hozirgi bosqichda xalqaro aloqalar tizimining barcha jabhalarida izchil о‘zgarishlar sodir bо‘lmoqda. Uning aksariyati globallashuv jarayonlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Mintaqalar doirasida ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining о‘zaro yaqinlashib, bir-birini tо‘ldirishi hamda baynalminallashuv jarayonida yagona bir ishlab chiqarish va boshqarish tizimida faoliyat yuritishi mintaqaviy integratsiya deb ataladi.


Xalqaro iqtisodiy integratsiya mehnat taqsimoti asosida ma’lum bir davlatlar xо‘jaliklarining birlashishi hamda о‘zaro aloqalarining samarali rivojlanishi oqibatida milliy iqtisodiyotlarga turli shakl va darajada ta’sir о‘tkazishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya xо‘jalik munosabatlari baynalminallashuvining yangi va shu bilan birga murakkab bosqichi bо‘lib, jahon iqtisodiyotining yuqori, samarali va kelajakka yо‘naltirilgan rivojlanish nuqtasi hisoblanadi. Bunda faqatgina milliy xо‘jaliklar birlashibgina qolmasdan, balki iqtisodiy muammolarning yechimi hamkorlikda hal etilishi ta’minlanadi. Shu о‘rinda aytish joizki, iqtisodiy integratsiya mamlakatlarni birgalikda faoliyat yuritishga yetaklovchi jarayon sifatida quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
■ turli mamlakatlarning milliy xо‘jaliklari о‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning tо‘liq yoki qisman umumiylashuvi;
■ mamlakatlar о‘rtasida tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchi harakatidagi tо‘siqlarning qisman yoki tо‘liq bartaraf etilishi;
yagona bozor yaratish maqsadida ma’lum bir davlatlar bozorlarining bosqichma-bosqich birlashuvi;
■ turli mamlakatlarga taalluqli bо‘lgan xо‘jalik subyektlari о‘rtasidagi farqlarning birin-ketin bartaraf etilishi;
■ har bir hamkor davlatda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi chet el subyektlarining kamsitilishiga yо‘l qо‘ymaslik.
Globallashuv bu faqatgina inson va tovarlar harakatining kuchayishigina emas, balki kо‘p jihatdan bilimlar va ma’lumotlar almashuviga asoslanadi. Globallashuvga atroflicha ta’rif berilganda, aholining erkin migratsiyasi, tovar va xizmatlar, texnologiya va ma’lumotlarning milliy chegaralardan tо‘siqsiz erkin о‘tishi, xorijiy investitsiyalar hajmining kengayishi, hududiy va ixtisoslashgan bozorlarning о‘zaro integratsiyalashuvi, ekologik, demografik muammolarning umumbashariy masalaga aylanganligi tushuniladi.
Aksariyat ekspertlar fikriga kо‘ra, hech bir jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va boshqa soha yoki harakatlarni globallashuvdan tashqarida, atroflicha kо‘rib chiqib bо‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jamiyat hayoti hamda faoliyatidagi turli soha va jabhalarni bir-biriga ta’sir etishi hamda bog‘liq bо‘lib qolishining kuchayayotganini anglatadi.
Globallashuv - bu iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi jamiyat taraqqiyotining murakkab bosqichi hisoblanadi. Globallashuv о‘zining boshlang‘ich bosqichidanoq barqaror rivojlanishga yangi tahdidlarni vujudga keltirdi. Ular bir qarashda G‘arbiy davlatlardan boshqa barcha mamlakatlarga taalluqli bо‘lib kо‘rinadi, aslida bu chaqiriq yer yuzidagi aksariyat insoniyatga tegishli. Bu esa jahonda sodir bо‘layotgan barcha voqea-hodisalar hamda jahon tizimini barqarorlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan harakatlarda hamma davlatlarning mas’uliyatini oshirishga da’vat etadi.

Globallashuv jahon xо‘jaligida barcha hudud va sohalarni о‘z ichiga qamrab olib, milliy xо‘jaliklar rivojlanishidagi tashqi va ichki omillar muvozanatini birinchisining foydasiga hal etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan texnologiya va kapitalga doimiy talab mavjudligidan kelib chiqqan holda, hech qanday mamlakat о‘z milliy iqtisodining hajmi (yirik, о‘rta, kichik) va rivojlanganlik darajasidan (rivojlangan, rivojlanayotgan yoki о‘tish davridagi) qat’iy nazar о‘zini-о‘zi tо‘liq yoki yetarlicha ta’minlay oladi, deb ta’kidlab bо‘lmaydi. Jahon xо‘jaligi tizimidagi asosiy ishtirokchilarning hatti-harakati va olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini hisobga olmasdan, hech bir mamlakat о‘zining iqtisodiy rivojlanish strategiyasini maqsadli shakllantirib, samarali amalga oshira olmaydi. Globallashuv tushunchasi kо‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda uchraydi. Lekin hech birida ushbu terminga aniq va tо‘liq ta’rif berilmagan. Maxsus adabiyotlarda mualliflar ushbu tushunchani turlicha talqin qiladilar. Masalan, AQShdagi Kaliforniya universiteti sotsiologi, pro­fessor M.Kastels globallashuvni «yangi kapitalistik iqtisodiyot» deb ta’riflab, uning quyidagi asosiy kо‘rinishlariga e’tibor qaratgan: informatsiya (ma’lumot), bilim va informatsion texnologiya ishlab chiqarish darajasi hamda raqobat о‘sishining asosiy manbai sifatida[1].
Ayrim tadqiqotchilar globallashuvni oddiy jarayon kо‘rinishida, tor ma’noda tasavvur qilishmoqda: dunyo bо‘yicha iste’molchilar hohishlari yaqinlashganligi va taklif etilayotgan mahsulot turlarini umumiylashganligi sababli jahon mahsulotlari milliy mahsulotlarni bozordan siqib chiqarmoqda[2].
Mazkur kurs doirasida biz, jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin