1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Nazorat va muxokama uchun savollar



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə16/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Nazorat va muxokama uchun savollar:
1. Zamonaviy xalqaro iqtisodiyotning о‘ziga xos xususiyatlarini sanab bering?
2. Zamonaviy xalqaro iqtisodiyotning tarkibi nimalardan iborat?
3. “Integratsiya” tushunchasiga ta’rif bering?
4. Integratsiyaning bosqichlarini izohlang?
5. Integratsiyaning qanday turlarini bilasiz?
6. О‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarga misol keltiring
7. Dunyo iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni izohlab tushuntiring
8. Aholining turmush darajasi deganda nimani tushunasiz?
9. Dunyo taraqqiyotidagi ijobiy о‘zgarishlar haqida fikringiz.
10. “Jahon iztiroblari”ga misol keltiring.

3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari



3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari
Reja:

3.1. Globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalminalashuvining eng yuqori bosqichi sifatida


3.2. Global jarayonlarning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri
3.3. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi omillar
Tayanch tushunchalar:

Jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, XMT, mintaqaviylashuv, globallashuv, baynalminallashuv, integratsiyalashuv, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, xalqaro iqtisodiy integratsiya, TMK, tashqi savdo siyosati, investitsiya siyosati, monetar siyosat, fiskal siyosat, valyuta siyosati, xususiylashtirish, kichik biznes.


3.1. Globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalminalashuvining eng yuqori bosqichi sifatida
Globallashuv zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi eng asosiy jarayonlarning biri bо‘lib, xо‘jalik hayoti baynalminallashuvining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllari rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning о‘zaro aloqasi va bir-biriga bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Hozirgi davrda tashqi omillarni hisobga olmasdan davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.
Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqti­sodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi va bunda tashqi savdoning roli g‘oyat muhimdir. Davlatlar о‘rtasidagi xalqaro xо‘jalik aloqalarining meyoriy-huquqiy ta’minlanishi, qayta ishlab chiqarish jarayonlarining milliy chegaralardan tashqariga chiqishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin