1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə59/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Qisqacha xulosalar
Global iqtisodiyotning vujudga kelishini nafaqat tovarlar va xizmatlar eksportining ulkan kо‘lamlari, balki kapitalni olib chiqish, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, qarz talablari va majburiyatlari shaklidagi mulkchilik huquqlari savdosi namoyon etmoqda. Xalqaro fond va valyuta bozorlaridagi aylanmalar savdo aylanmalaridan о‘nlab, ba’zan yuzlab marta ortiqdir.
Bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga kapitallarning katta oqimi ularning iqtisodiy rivojlanishining о‘zaro bog‘liqligini paydo qiladi. TMKlar о‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yо‘l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar о‘rtasidagi о‘zaro aloqalarga ta’sir etdi. Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) - bu BMTning maxsus tashkiloti. U 1944 yilda Bretton-Vudsdagi valyuta-moliya masalalari bо‘yicha bо‘lib о‘tgan BMT konferensiyasida tashkil topgan va о‘z faoliyatini 1946 yildan boshladi. XVFning vazifasi unga a’zo bо‘lgan mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga solish hamda a’zo mamlakatlarning valyuta paritetlarining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Globallashuv jarayonlari о‘tish iqtisodiyotili mamlakatlarda tegishli iqtisodiy siyosatni olib borishini taqozo etadi. Bu vaqtda iqtisodiy siyosatning vazifasi nafaqat jahon hо‘jaligi jarayonlarida ishtirok etishdan olinadigan nafni maksimallashtirish, balki ushbu vaziyatda kelib chiqishi mumkin bо‘lgan xavfni ham minimallashtirishdan iborat.
Jahon moliya bozorlarining о‘sishi, ular raqobatdoshligining oshishi va faoliyat doiralarining kengayishi daromad darajasi past bо‘lgan mamlakatlarning jahon iqtisodiy otiga yanada integratsiyalashishiga imkoniyat yaratadi. Lekin bir qator sabablar tufayli rivojlanayotgan davlatlarning jahon iqtisodiyotida tо‘laqonli qatnashish imkoniyatlari hali mavjud emas.
XXI asr boshida rivojlanmay qolib ketgan davlatlarning ijtimoiy- iqtisodiy ahvolini sezilarli darajada yaxshilash uchun samarali xalqaro tizim yaratilishi kerak. Zarur islohotlar sifatida kо‘pincha quyidagilar ta’kidlanadi:
- bundan buyog‘iga iqtisod qilishning qat’iy dasturlarini amalga oshirolmaydigan rivojlanayotgan davlatlarning qarzga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha og‘irlikni kamaytirish;
- BMT tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish kо‘rsatkichiga - donor-davlatlar YAMMning 0,7% iga erishish uchun yordam hajmini kо‘paytirish;
- rivojlanayotgan davlatlarga, ayniqsa, hududiy savdo bloklarini shakllantirayotganlarga nisbatan proteksionistik tadbirlarni bekor qilish orqali ularning jahon savdosidagi ulushini kо‘paytirish;
- XVF va Jahon bankini isloh qilish.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin