1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Ba’zi moliyaviy aktivlarning likvidligiga cheklovlar о‘rnatish



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə58/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Ba’zi moliyaviy aktivlarning likvidligiga cheklovlar о‘rnatish ya’ni naqd pul aylanmasini cheklash orqali ham moliyaviy tizimga ta’sir kо‘rsatish mumkin. Birinchi navbatda, sobiq sotsialistik mamlakatlarga xos bо‘lgan bunday cheklash naqd pul bilan naqd pulsiz mablag‘lar qiymati о‘rtasidagi tafovutning vujudga kelishiga hamda mamlakat moliyaviy tizimiga bо‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Bunday siyosat natijasida pul massasi tarkibida naqd pul ulushining kо‘payishi va bank tizimi moliyaviy mablag‘lari hajmining kamayishi yuz beradi.

Xalqaro moliyaviy tizim faoliyatiga sо‘nggi yillarda kuchli ta’sir kо‘rsatayotgan omil bu rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari va ulardagi moliyaviy inqirozdir. Sо‘nggi vaqtlarda xususiy kapital oqimlarining jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati keskin о‘sdi va bu sharoitda, moliyaviy sohaning ochiqligi va erkinligi iqtisodiyot rivoji uchun juda katta foyda olib keladi. Jamg‘armalarni ulardan foydalanishning eng samarador sohalarga yо‘naltirish, kapitalning erkin harakati sarmoyalarning kо‘payishiga, iqtisodiyotning о‘sishiga va pirovard natijada farovonlikka olib keladi. Oqilona amalga oshirilgan va shunday siyosat doirasida, kо‘p yoqlama moliyaviy qо‘llab quvvatlash tizimiga asoslangan moliya oqimlarini erkinlashtirish amaliyoti, moliya bozorlarining globallashuvi sharoitida samaradorlik bilan faoliyat kо‘rsatayotgan milliy iqtisodiyotning ajralmas qismi bо‘lib hisoblanadi.

Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari tajribasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, moliya mablag‘lari erkin harakatining kuchayish yо‘nalishi saqlanib qoladi. Muhim masala moliya oqim­larini erkinlashtirish qachon, qanday qilib va qanday shart-sharoitlarda amalga oshirilishini hal etishdir.
Osiyo moliya inqirozi tartiblashtirilgan va maqsadga muvofiq ketma-ketlikda amalga oshiriladigan moliya oqimlarini erkinlashtirish jarayonlarining muhimligini, tegishli makroiqtisodiy va valyuta siyosatini olib borish zaruratini hamda moliyaviy sohaning iqtisodiyotning rivojlanishidagi hal qiluvchi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi. Indoneziya, Koreya va Tailand kabi davlatlar о‘z moliyaviy sohalarining zaifligi, ya’ni moliyaviy muassasalarning xavflarni baholash va ularni boshqarish imkoniyatlarining cheklanganligi, huquqiy nazoratning yetarli emasligi, kapital harakatini erkinlashtirish choralarining betartib amalga oshirilgani tufayli katta talofot kо‘rdilar.
Kapital harakatini erkinlashtirish siyosati amalga oshirilayotgan sharoitda yana bir muhim masalalardan biri davlat byudjeti va valyuta rezervlarining joriy holatidir. Agar xususiy sektor davlat moliyasining zaifligini his etsa, bu holat kapitalning tashqariga oqib ketishiga va ayirboshlash kurslarining keskin о‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, 80-yillarda Meksikada qarzlarni qaytarib berolmaslik tanazzul holati, mamlakat 1982 yilning ikkinchi yarmida valyuta rezervlarini deyarli tugatgandan sо‘ng sodir bо‘ldi. Bunday holat 80-yillarning boshlarida qoplash imkoni bо‘lmagan salmoqli byudjet kamomadi va byudjet ustidan nazorat yо‘qotilganligi natijasida vujudga keldi.
Shunday qilib milliy moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirishda yuqorida sanab о‘tilgan omillar albatta inobatga olinib, ular ayniqsa bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlarda moliyaviy islohotlarni о‘tkazishda maqsadga muvofiq ravishda foydalanilishi kerak.



Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin