1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Moliyaviy aktivlarning aylanish muddatiga kо‘ra jahon moliya bozori ikki qismga ajratiladi



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə54/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Moliyaviy aktivlarning aylanish muddatiga kо‘ra jahon moliya bozori ikki qismga ajratiladi:
Ø pul bozori (qisqa muddatli)
Ø kapital bozori (uzoq muddatli)
Jahon moliya bozori katta qismining qisqa muddatliligi uni moliyaviy vositalarning о‘zgarishiga ta’sirchan qilib qо‘yadi. Undan tashqari shunday moliyaviy aktivlar mavjudki, ular bir maqsadga, jumladan, pul bozoridagi chayqovchilik operatsiyalari hisobiga, eng yuqori darajada foyda olishga yо‘naltirilgan.
Jahon moliya bozorining turli unsurlari о‘rtasida aniq chegaralar mavjud emas. Ularning kо‘pchiligi moliya bozorining bir segmentidan boshqasiga hech qanday qiyinchiliklarsiz yо‘naltirilishi mumkin. Buning oqibatida, jahonning turli mamlakatlarida valyuta kurslari, bank foizlari va aksiyalar kurs­lari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirmoqda.
Jahon moliya bozorining asosiy agentlari - bu transmilliy kompaniyalar va institusional investorlardir. Shu bilan birga, chet elga qarzlarni joylashtirish va taqsimlashni amalga oshiruvchi davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlar ham katta о‘rinni egallaydilar. Kapital jahon bozorlarida bilvosita, ya’ni institusional investorlar orqali jismoniy shaxslar ham faoliyat kо‘rsatadilar. Institusional investorlarga pensiya fondlari va sug‘urta kompaniyalari hamda investitsiyaviy fondlar ayniqsa, hamkorlikdagi fondlar kiradi. Institusional investorlar aktivlarining hajmi juda katta bо‘lib, ular AQSH YAIMdan ancha katta, Yevropa Ittifoqi umumiy YAIMiga tenglashadi.
Moliya resurslarining eng faol oqimi jahon moliya markazlari hissasiga tо‘g‘ri keladi. Mazkur markazlarda turli mamlakatlar rezidentlari о‘rtasidagi moliya aktivlarining savdosi ayniqsa katta hajmda amalga oshiriladi. Bu birinchi navbatda AQShda - Nyu-York va Chikago, Yevropada - London, Frankfurt, Parij, Syurix, Jeneva, Lyuksemburg, Osiyoda - Tokio, Singapur, Gonkong, Baxreynlardir. Ba’zi offshor markazlari, birinchi navbatda Karib dengizi kо‘rfazida joylashgan Panama, Bermud, Bagam, Kayman, Antil orollari ham jahon moliya markazlariga aylanib bormoqdalar.
Jahon moliya markazlarida halqaro moliya bozori aktivlarining asosiy qismi tо‘plangan bо‘lib, ular nafaqat moliya markazi joy­lashgan mamlakat kapitali, balki jahonning boshqa hududlaridan yо‘naltirilgan kapital hamdir.
Hozirda juda katta miqdorda xorijiy valyutadagi tо‘lovlar va undan ham yuqori hajmdagi derevativlar bilan chayqovchilik operatsiyalarining amalga oshirilishi oqibatida jahon valyuta bozori haddan ziyod kengayib, jadallik bilan о‘sib bormoqda. Bir kunda bu bozorda amalga oshiriladigan bitimlarning hajmi 1,5 trln dollar, bir yildagisi esa deyarli 400 trln. dollarni tashkil etadi (2000-2005y).



Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin