1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Jahon bankining ikkita bо‘limi qarzlar berish bilan shug‘ullanadi. Eng yirik bо‘lim - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə50/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Jahon bankining ikkita bо‘limi qarzlar berish bilan shug‘ullanadi. Eng yirik bо‘lim - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) hozirgi davrda jahon foiz stavkalariga bog‘langan suzuvchi foiz stavkalarida kreditlar beradi. Bu XTTBning dastlabki faoliyat konsepsiyasidan aniq chetga chiqishdir: u dastlab rivojlanayotgan davlatlarni foiz stavkalari tebranishlaridan himoyalash va bu guruhdagi davlatlarga beriladigan qarzlarni qisman о‘z fondlari va qisman sanoati rivojlangan donor davlatlarning yordami hisobiga subsidiyalashni maqsad qilgan edi.

Ikkinchi bо‘lim - Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) - aholi jon boshiga YAIM (1992 yilda) 700 dollardan kam bо‘lgan davlatlarga imtiyozli kreditlar berish (foizsiz, 40-50 yilga) bilan shug‘ullanadi. Ammo, XRAning Jahon banki umumiy kreditlash hajmidagi ulushi 20-25% dan oshmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barqarorlashtirish dasturlarini о‘n yil davomida keng targ‘ib qilib kelgan XVF va ayniqsa, Jahon banki yordam dasturlarini tuzishda qat’iylikka hojat yо‘qligini tushunib yetgan holda yana о‘z e’tiborini qashshoqlikka qarshi muammolarga qarata boshladi. 90-yillar davomida bu xalqaro tashkilotlar oldiga Shimoldan Janubga о‘tkaziladigan resurslar hajmini oshirish va moliyalash shartlarini yordamni qabul qiluvchi davlatlarning haqiqiy ehtiyojlariga moslashtirish masalalari qо‘yilgan. Yuqorida kо‘rsatilgan tadbirlarning amalga oshirilishi uchinchi dunyo mamlakatlarining global bozorlarga integratsiyalashishi va jahon savdosi kengayishidan manfaat kо‘rishga sharoit yaratgan bо‘lardi.
7.5. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlardagi ishtiroki
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо‘ng о‘zining mustaqil tashqi iqtisodiy siyosatini olib borish imkoniyati yuzaga chiqdi. Respublikaning tashqi iqtisodiy siyosati xalqaro moliyaviy munosabatlarda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan holda amalga oshiriladi va u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik;
teng huquqli va о‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
о‘zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida о‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
respublika biron-bir davlatning ta’sir doirasiga kirmasligi tamoyiliga tо‘la amal qilish;
tо‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek kо‘p tomonlama tashqi aloqalarni о‘rnatish va ularni rivojlantirish;
umume’tirof etilgan xalqaro huquq meyorlariga rioya etish.
Tashqi iqtisodiy soha tarmoqlari majmuini vujudga keltirmasdan turib, moliya, bank-kredit tashkilotlari, bojxona xizmati ishini xalqaro meyorlar va talablar darajasida yо‘lga qо‘ymasdan, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bо‘lmaydi.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin