7.3. Globallashuv sharoitida о‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda davlatning moliya siyosati Globallashuv jarayonlari jahon xо‘jaligida ishtirok etuvchi har bir mamlakat iqtisodiyotiga ma’lum miqdorda ta’sir etadi. Bozorning turli ishtirokchilari о‘z manfaatlari yо‘lida harakat qilib, zanjirsimon jarayonni vujudga keltiradilar. Georg Fisherning ta’kidlashicha, jahon xо‘jaligida global о‘zgarishlar tarqalishining texnik mexanizmi mavjud. Bunga “Buyuk depressiya” misol bо‘lib, inqiroz bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kо‘pincha zanjirsimon shaklda tarqalgan: bozorning pasayishi - kapitalning boy berilishi - talabning qisqarishi, ishlab chiqarishning qisqarishi - davlat tomonidan import qiluvchilarga nisbatan bojxona tо‘siqlarining о‘rnatilishi - xalqaro savdoning kamayishi - savdo-sotiq bо‘yicha hamkor mamlakatlarda ishlab chiqarishning pasayishi - tovar sifatiga bojxona tо‘siqlarini о‘rnatilishini va hokazo.
О‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar globallashuv jarayonida munosib siyosat yuritish ustida bosh qotirib, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshlik darajasini oshirishning turli chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqdalar. Bunda bozor tamoyillariga qat’iy amal qilishi muhim ahamiyatga ega bо‘lib, ular quyidagi yо‘nalishlarda ish olib bormoqdalar:
Xususiylashtirish. Globallashuv sharoitida xususiylashtirish va unga xos mulkchilikning milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirishdagi о‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. О‘z daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor mulkdorlar sinfining shakllanishi iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish, tovarlar sifatini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda eng muhim omil bо‘lib hisoblanadi.
Xususiy korxona rahbari har qanday sharoitda faoliyat bilan bog‘liq mas’uliyatni tо‘la qonli ravishda о‘z zimmasiga ola biladi. Korxonaning yuqori daromadli faoliyat yuritishidan birinchi о‘rinda manfaatdor hisoblangan rahbar ichki imkoniyatlarni tо‘g‘ri baholash, strategiyani aniq belgilash, kutilishi mumkin bо‘lgan xavfni puxta anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bunda ustuvor yо‘nalishlar korxona salohiyatini tо‘liq anglab yetish imkoniyatidan holi hisoblangan yuqori tashkilotlar tomonidan emas, balki bevosita mutasaddi rahbar tomonidan belgilanadi.
Resurslarning mutanosib ravishda taqsimlanishi, ishlab chiqarish vositalaridan eng samarali va tejamkor holda foydalanilishi xususiy mulkchilikka xos xususiyatlardandir.