2) 1957 yilda Londonda Britaniya hukumatining funt-sterling ustidan nazorat о‘rnatishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi;
3) 1958 yilda dastlab “Umumiy bozor” deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;
4) 1960-yillarda Yaponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan о‘sishi, Uzoq Sharqning biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning paydo bо‘lishi;
5) 1971-1973 yillarda Bretton-vuds tizimining qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan suzuvchi valyuta kurslariga о‘tish;
6) 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlarining jahon iqtisodiy tizimiga bosim о‘tkazishi. Ushbu davrda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotining (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirishi;
7) 1980-yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;
8) 1987 yilda "Katta yettilik" mamlakatlari tomonidan Parijda Luvr bitimining imzolanishi. Ular о‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali kuchsizlanib borayotgan dollarni qо‘llab-quvvatlashni rejalashtirdilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mо‘ljalladilar;
9) 1989-1992 yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlarining о‘z siyosiy yо‘nalishlarini о‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan kо‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga о‘tishi jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;
10) 1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi va boshqa jarayonlar о‘tgan asrning 90-yillarida mintaqaviy rivojlanishni jadallashtirdi.
XXI asr bо‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida 4 ta asosiy an’ana kuzatiladi: