1-mavzu âGlobal iqtisodiy rivojlanishâ fanining predmeti va vaz-hozir.org
7.6. Jahon moliya tizimi globallashuvining mohiyati va uning oqibatlari Jahon moliya tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi va davlatlararo valyuta-moliyaviy operatsiyalarni umumlashtiruvchi yagona unsur sifatidagi ahamiyati tobora oshib bormoqda. Jumladan:
ð xalqaro mehnat taqsimoti va iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashishiga;
ð mamlakatlararo tovar ayirboshlash hajmining oshishiga;
ð jahon xо‘jaligining yalpi о‘sishiga katta ta’sir kо‘rsatmoqda.
Yanada aniqroq aytiladigan bо‘lsa, xorijiy investitsiyalar oqimi kо‘p mamlakatlar uchun ishlab chiqarish kapitalining yetishmasligi masalasini hal qiladi, ularning investitsiya salohiyatini oshiradi, iqtisodiy о‘sish sifatlarini jadallashtiradi.
Moliya sohasining globallashuvi hozirgi kunga kelib ham milliy, ham jahon xо‘jaligida sodir bо‘layotgan eng asosiy jarayonlardan biri bо‘lib, unga bir qator ijobiy yoki salbiy xususiyatlar xosdir.
Globallashuv sharoitida xalqaro moliyaviy operatsiyalar ishlab chiqarish jarayonlaridan ustuvorlik qilmoqdalar. Moliyaviy soha rivojlangan mamlakatlarning YAIM va iqtisodiy tuzilmasida tutgan roliga kо‘ra real sektordan ustunlik qilmoqda. Moliyaviy bozorlarning ahamiyati, ularning kо‘lamida namoyon bо‘lib, narx-navo harakati real tovar bozorlariga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar firma-kompaniyalari aktivlari tarkibida soxta kapital ulushi ancha yuqori bо‘lib, moliyaviy bozorlardagi operatsiyalardan tushgan daromadlar ular uchun ahamiyatli о‘rinni egallaydi. Hozirda rivojlangan mamlakatlar aholisi moddiy boyliklarning oddiy jamg‘aruvchilaridan faol birja о‘yinchilariga aylandilar: amerikaliklarning 45 foizidan ziyodi aksiya egalari hisoblanadilar. Ular о‘z mablag‘larining kо‘p qismini moliyaviy vositalar turlaridan biriga aylantirmoqdalar. Natijada moliya sohasi о‘z-о‘zini ta’minlovchi tizimga aylanib, ichki resurslar sohaning о‘sishi uchun sarflamoqda.
Bozor iqtisodiyoti sust rivojlangan va past eksport salohiyatiga ega spekulyativ kapital retsipiyentlari (qabul qiluvchi), kapitalning harakatlanish jadalligi hamda an’anaviy va moddiy texnologiyalarni yaratish muddati о‘rtasidagi nomutanosiblikdan zarar kо‘rmoqdalar. Kapitalning birinchi navbatdagi maqsadi bо‘lmish global tovar oqimiga xizmat qilish vazifasi borgan sari ikkinchi darajaga aylanmoqda.
Moliyaviy operatsiyalar jadalligi esa har qanday ishlab chiqarish, texnologik jarayonlar va savdo operatsiyalaridan ustun kelmoqda. Moliyaviy sohaning jadal rivojlanishi butun dunyoni qamrab olish imkoniyatini bermoqda. Ekspertlarning baholashicha qimmatli qog‘oz va pul birliklarining faqatgina 10-15 foizigina moddiy kо‘rinishga ega, ya’ni real tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan ta’minlangan, xalos.
Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari ta’siri ostida moliyaviy soha о‘zining alohida tarmoq moliyaviy xizmat va vositalari doirasini kengaytirdi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bir vaqtning о‘zida 24 soat davomida deyarli barcha jahon birjalarida faoliyat yurgazishga imkon bermoqda. Bu esa moliya kapitali harakatini bir necha marotaba jadallashtiradi.
Iqtisodiyotning, xususan tadbirkorlikning rivojlanishi, biznes yuritishning yangi tamoyillarini, jumladan elektron tijoratni tadbiq etish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Moliyaviy tizimning axborotlashuvi bank xizmatlari, dasturiy ta’minot yoki musiqani yozib olish kо‘rinishida olib borilayotgan operatsiyalar xarajatlarining sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi.
Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar sonining yil sayin oshib borayotganligi birja о‘yinlarida qatnashayotgan aholi ulushining ham kо‘payib borayotganligidan dalolat beradi. Xususiy investorlar professional bilimga ega ham bо‘lmay turib, ommaviy axborot vositalaridagi axborot, konsalting firmalarining ma’lumotnomalari va boshqa manbalardan olgan ma’lumotlarga tayangan holda kо‘r-kо‘rona ish tutib, bularning natijasida moliyaviy bozorlar nobarqarorligi va tanazzullarga moyilligi oshib ketishiga turtki bо‘lmoqdalar.
Moliyaviy bozorlarning globallashuvi va geomoliyaning shakllanishi nafaqat axborotlashuv asosida, balki moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakatlanish cheklovlariga barham berilishi, ichki moliyaviy bozorlarni erkinlashtirayotgan va offshor markazlarni rivojlantirayotgan neoliberalizm tamoyillarining kengayishi natijasida ham yuz bermoqda.
Kezi kelganda ta’kidlash joizki, kо‘pgina mamlakatlarda investitsiya rejimlari liberallashuvining kuchayishi bumi о‘tgan asming 80-yillariga tо‘g‘ri keldi. Ular qatoriga xorijiy investorlarning milliy hususiylashtirish jarayonlariga keng jalb etilishi; soliqlarning pasaytirilishi, xorijiy investitsiyalar hissali ishtiroki cheklovlarining bekor qilinishi va kapital repatriatsiyasi (qaytishi) erkinlashuvi kiradi.
Sо‘nggi yillarda taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklari faoliyatida moliya bank sohasi ustidan nazorat qilish vazifalaridan qisman voz kechib, kо‘proq monetar masalalar yechimiga о‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda (Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlarda). Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar orasida yagona Markaziy bank tizimini shakllantirish g‘oyasi keng tarqalmoqda.
Tijorat banklari tomonidan investitsiyalash masalalari bо‘yicha shо‘ba kompaniyalarni tuzishni man etuvchi qoidalarning bekor qilinishi, moliyaviy operatsiyalarni keng spektrini amalga oshiruvchi qudratli moliyaviy xoldinglarni paydo bо‘lishiga olib keldi. Buning natijasida moliyaviy tashkilotlarning asosiy faoliyatlaridan qat’iy nazar, ularning diversifikatsiyalashuvi sodir bо‘lmoqda. Yirik banklar mijozlarni moliyaviy, investitsiya va tovar bozorlari bilan bog‘lovchi qudratli axborot tizimini shakllantirmoqdalar. Shu bilan birga axborotni egallash uchun mavjud bо‘lgan barcha kanallardan foydalanilmoqda. Banklar axborotni egallagan holda, bozor holati va unda faoliyat yurgazayotgan korxonalar tо‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi keng qamrovli konsalting xizmatlarini taqdim etmoqdalar. Konsalting xizmati yirik banklar daromadlarining 25 foizidan ortig‘ini tashkil etmoqda. Kо‘plab banklar ixtisoslashgan konsalting kompaniyalarini о‘z bozorlaridan siqib chiqarmoqdalar.
Shuningdek, bank va sug‘urta faoliyatlarining yaqinlashuvi kuzatilmoqda. Yevropada banklar ulushi sug‘urtaning 19 foizini tashkil etmoqda. Masalan Fransiyada banklar sug‘urta kompaniyalari vazifasini tо‘la о‘z zimmalariga olib, bu sohada ustunlik qilmoqdalar.
Shu bilan birga bank sohasida offshor biznesi ham keng tarqalmoqda. Transmilliy banklar (TMB) global moliyaviy bozorlarning tо‘la huquqli ishtirokchisiga aylanishlari uchun о‘z shо‘balarini moliyaviy markazlarda tashkil etsalar, ularning ayrimlari bu shо‘balarni offshor hududlarida yaratmoqdalar. Moliyaviy markazlarda yig‘ilgan qadrsiz pullar offshor shо‘balariga yо‘naltirilmoqda. Ular yuqori foiz asosida kreditlar bermoqdalar va deyarli soliq undirilmaydigan foydani о‘zlarida jamlamoqdalar.
Moliyaviy bozorlar, moliyaviy xizmat kо‘rsatish tuzilmalari birlashib, yagona xalqaro bozor doirasida moliyaviy resurslar harakatlanishining hajmi va jadalligi yildan-yilga о‘sib bormoqda. Bu jarayonning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud.
Moliyaviy globallashuv milliy iqtisodiyotlarga katta xatar tug‘dirishi mumkin. Chunki globallashuv sharoitida bir mamlakatdagi nobarqarorlik boshqa mamlakat va hududlarga о‘tishi ehtimoli yuqoridir.
Zamonaviy tangliklar avvalgi tanazzullarga qaraganda murakkabroq va tо‘satdan kelib chiqish tabiatiga ega. Shu tufayli ulardan himoyalanish va ularni bashorat qilish borgan sari noreal bо‘lib bormoqda.
Butun dunyo bо‘ylab harakatlanayotgan mobil moliyaviy kapital xalqaro iqtisodiy tizim mexanizmini nobarqarorlashtirmoqda. Ushbu kapital rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki bozorlariga joylashib, Milliy valyuta kotirovkalari dinamikasini belgilagan holda, ustuvorlikni о‘z qо‘liga olmoqdalar. Investitsiya fondlari mablag‘larini boshqarayotgan xorijiy menejerlar moddiy ta’minlanmagan foyda ketidan quvib istagan paytda mahalliy moliyaviy bozorlar konyunkturasiga ta’sir etish imkoniyatiga ega bо‘lmoqdalar.
Jahon moliya tizimida yuz bergan tub о‘zgarishlar uning funksiyalarini ham о‘zgartirdi. Uning imkoniyatlari va vazifalarining kengayishi esa bu tizimni tartibga solish zaruratini vujudga keltirdi.