1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə49/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Investitsiya siyosati. Jamg‘arish va investitsiyalarning meyori milliy iqtisodiyotning uzoq kelajakdagi raqobatdoshligini belgilovchi muhim omil bо‘lib borayotganligi sababli uning о‘rni va ahamiyatini aniqlash о‘ta mushkuldir. Qolaversa, investitsiya siyosati iqtisodiyotning boshqa vositalari orasida eng murakkabi bо‘lib hisoblanadi. Chunki, investitsiya siyosatini olib borish iqtisodiy siyosat yuritishning boshqa vositalariga qaraganda tо‘laqonli ravishda mamlakat ixtiyorida mavjud resurslarga bog‘liq. Ushbu resurslar bо‘lmasa investitsiya ham bо‘lmaydi.
О‘tish iqtisodiyotili mamlakatlarda investitsiyalarga bо‘lgan talab yuqori bо‘lib, u iqtisodiy taraqqiyotning mezoni sifatida о‘rganiladi. Ushbu sohadagi siyosat resurslarning mamlakat qiyosiy afzalliklariga ega yoki ustuvorlikka erishish mumkin bо‘lgan sohalarga о‘tib borishini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgartirishlarni olib borishga yо‘naltirilishi zarur.


7.4. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro moliya munosabatlarining о‘rni
Jahon moliya bozorlarining о‘sishi, ular raqobatbardoshligining oshishi va faoliyat doiralarining kengayishi daromad darajasi past bо‘lgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashishiga imkoniyat yaratadi. Jiddiy moliyaviy muammolar domiga tushib qolgan uchinchi dunyo mamlakatlari kengayib borayotgan jahon moliya bozorlarida qatnashishni faollashtirgan holda rivojlanishning yangi imkoniyatlarini ochishi va iqtisodiy muammolarni hal qilishi mumkin bо‘ladi.
Lekin hozirgi davrda xanuzgacha uchinchi dunyo mamlakatlari xalqaro bozorlar globallashuvidan yutadimi yoki yо‘qmi aniq emas. Milliy bozorlar tobora ochiqlashib borayotgan bir paytda jahon bozorlariga chiqish hali ham qiyin bо‘lib qolmoqda. Masalan, uchinchi dunyo mamlakatlari mahsulotlariga nisbatan proteksionizm oxirgi о‘n yillikda sezilarli darajada kuchaydi, shuningdek, bu guruhdagi davlatlarning qarz olish foizlari sanoati rivojlangan davlatlarning xuddi shu kо‘rsatkichidan besh baravar kattadir.
Globallashuv jarayonlarida bevosita qatnashib kelayotgan rivojlanayotgan davlatlar uchun uzoq muddatli rivojlanish istiqbollari umuman noaniqdir. Hozirgi davrda moliyaviy mablag‘larni yer sharining istalgan nuqtasiga о‘tkazish deyarli bir zumda amalga oshirilishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar gorizontal va vertikal ishlab chiqarish integratsiyasiga ega global fabrikalarni kо‘plab davlatlarda tashkil qilmoqda. Boy davlatlarning kichik guruhi xalqaro tovarlar va xizmatlar oqimining tobora katta qismini amalga oshirmoqdalar. Bu xildagi globallashuv oqibatida uchinchi dunyo mamlakatlarining kuchi va ta’siri kamayib ketdi. Boshqa tarafdan esa moliyaviy bozorlarning barqarorsizligi bilan bog‘liq risklar oshib bormoqda, yuqori texnologiyalardan foydalanmaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun jahon bozoriga chiqish qiyinlashib bormoqda.
Shu sababli, XVF kо‘proq rivojlangan davlatlar va xalqaro banklarning moliyaviy nizolarini hal qilib beruvchi xalqaro politsiya vazifasini emas, balki rivojlanish instituti rolini bajarishi kerak. Bank rahbariyati uchinchi dunyo mamlakatlarini moliyalashtirish shartlarini ishlab chiqishda “yegiluvchanlik”ni amalga oshirishi, ya’ni qat’iy shartlardan iloji boricha voz kechishi va katta qarzlar yuki ostida qolib ketgan davlatlarni barqarorlashtirishga, bu davlatlarning milliy iqtisodiyotlari о‘sishini ta’minlash muammolariga qaratishi kerak, ular uchun maxsus qarz huquqlariga ega bо‘lish uchun kо‘proq imkoniyatlar berilishi kerak.
Jahon banki ham XVF singari 1980 yillarda iqtisodiyotni tarkibiy isloh qilish uchun kreditlar berishning noqulay (noegiluvchan) qat’iy dasturini ishlab chiqdi, oqibatda bu dastur qarz oluvchi qashshoq davlatlarga foydadan kо‘ra kо‘proq zarar keltirdi. Dastlab, boy davlatlar jamg‘armalarini yig‘ish va shu mablag‘lar hisobiga rivojlanayotgan davlatlarda xususiy investorlar qо‘l urmaydigan loyihalarni kreditlashni maqsad qilgan bank keyinchalik aslida uchinchi dunyo mamlakatlaridan resurslarni tortib oladigan bо‘lib qoldi.



Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin