1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yо‘nalishlar ustuvor hisoblanadi



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə51/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yо‘nalishlar ustuvor hisoblanadi:

birinchidan, respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yо‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;

ikkinchidan, eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun, avvalo qimmatbaho xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qо‘shma korxonalarni rivojlantirish;

uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xо‘jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar о‘rnatishda о‘z mahsulotlarini chet ellarda sotishda kо‘prok erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni kо‘zlab siyosat о‘tkazish;

tо‘rtinchidan, xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng kо‘lamda jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa sharoitlarni yaratish;

beshinchidan, xalqaro moliyaviy munosabatlarning tarkibiy majmuini vujudga keltirish;

oltinchidan, xalqaro huquq va xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish.
О‘zbekiston bir vaqtning о‘zida turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa kо‘lamida integratsiya jarayonlariga qatnashsada, ammo bir muhim qoidaga amal qiladi, ya’ni bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish hisobiga bо‘lmasligi lozim.
О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bо‘lgan demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos ravishda jahon hamjamiyatiga kirishishi mumkinligiga asoslanadi.
Mamlakat jahon hamjamiyati bilan hamkorlik о‘rnatgan takdirdagina, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida о‘zining munosib о‘rnini topganda, mintaqa va butun dunyo xavfsizlik tizimlarini barpo etishda faol ishtirok etgandagina uni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning yangi sifat bosqichga olib chiqish imkoniyatlari kengayadi.
О‘zbekiston Respublikasi rivojlanish va taraqqiyot yо‘liga qadam qо‘yib, iqtisodiy hamkorlik sohasidagi kо‘pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zolari safiga kirib bormoqda. Qisqa vaqt oralig‘ida respublika XVF, Jahon banki, XMT, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Osiyo va Tinch okeani ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasi (OTIK), YETTB, Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK), Hamdо‘stlikning mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti (HMIT) va shu kabi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi.
Jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida sо‘z borganda, BMT faoliyatida О‘zbekistonning ishtiroki e’tiborga loyiqdir. Faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga qaratilgan diplomatiyadan to tinchlik о‘rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bо‘lgan vositalarga ega.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning strategik maqsadi - davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. 1996 yilning iyul oyida Florensiyada О‘zbekiston bilan YEI Kengashi о‘rtasida sherikchilik va hamkorlik tо‘g‘risida bitim imzolandi. Imzolangan ushbu bitim О‘zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan yana bir muhim hissa bо‘lib, bu sherikchilik iqtisodiy, madaniy, ilmiy va siyosiy sohalarni qamrab oladi.
Jahon banki bilan birgalikda О‘zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish va tо‘lov balansini qо‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va korxonalar darajasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun tiklanish qarzi berish tо‘g‘risidagi masalalar kо‘rib chiqildi va amalga oshirilmoqda.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin