1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


-mavzu. Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə67/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

9-mavzu. Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar


Reja:

9.1. Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati;

9.2. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning roli;

9.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati;

9.4. Hududiy integratsiyalashgan muammolar;

9.5. Shimoliy Amerika integratsiyasi va uning о‘ziga xos xususiyatlari;

9.6. Uch tomonlama bitimning (NAFTA) asosiy shartlari.


Tayanch iboralar:


Globallashuv, xalqaro kompaniya, transmilliy korporatsiya, kо‘p milliy korporatsiya (KMK), tadbirkorlik faoliyati, xorijiy filial, bosh kompaniya, bо‘lim, shо‘ba korxonasi, assotsiatsiyalashgan korporatsiya, litsenzion kelishuvlar, franchayzing, xorijiy investitsiyalar, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, investitsion muhit.


9.1. Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati
Xalqaro kompaniyalar milliy kapitalni boshqa davlatlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi tashkilotlardir. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning kо‘pchilik qismi transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy shakli bо‘yicha esa konsernlarni ifoda etadi. Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining oddiy birlashuvi va ishtirokchilari о‘z kapitallarining mulkdori bо‘lib qolgan kartellar, sindikatlar, trestlardan ma’lum darajada farqlanadi. Ularga teskari holda XX asrning tipik konserni odatda turli tarmoqlar va hududlar bо‘yicha diversifikatsiyalangan kapitalning yagona mulkdoridir. Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik kо‘p tarmoqli korporatsiY. Kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bо‘yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi. Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yо‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
Integratsiyaning bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar
BMT metodologiyasi bо‘yicha xalqaro korporatsiyalarga an’anaviy ravishda uzoq vaqt mobaynida yillik aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq va kamida 6 ta davlatda filiali bо‘lgan firmalar kiritilgan. Keyingi yillarda boshqa bir kо‘rsatkich, ya’ni rezident-davlatdan tashqarida sotilgan mahsulotlar miqdori ham kiritildi. Bu kо‘rsatkich bо‘yicha jahonda Shveysariyaning “Nestle” firmasi (98%) ilg‘orlardan biri bо‘lib hisoblanadi.
Zamonaviy xalqaro kompaniyalar transmilliy, ya’ni bir millatli yoki kо‘p millatli bо‘lishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini aniqlaydi) va uning xorijiy filiallarini о‘z ichiga oluvchi subyektlar tizimini ifodalaydi. Bosh kompaniya boshqa davlatlardagi xorijiy filiallarining aktivlarini nazorat qiladi va odatda ularning kapitalida о‘z ulushiga ega bо‘ladi. 
Xorijiy filiallarning asosiy tashkiliy shakllari quyidagicha:
- bо‘lim (branch) - asosiy korporatsiya bu xorijiy filialga tо‘liq egalik qiladi yoki bu korxona TMK qо‘shma korxonasining bir qismi hisoblanadi. Bо‘limlar bir necha shakllarda bо‘lishi mumkin: asosiy korporatsiyaning xorijdagi vakolatxonasi; hamkorlik, shu jumladan xorijiy sheriklar bilan; mulk shaklida (kemalar, samolyotlar, gaz yoki neft qazib oluvchi platformalar).
- shо‘ba korxonasi (subsidiary) - xorijda joylashgan bunday korxonada asosiy korporatsiya aksiyalarining yarmidan kо‘piga egalik qiladi. Shuning uchun ham asosiy korporatsiya hal qiluvchi ovozga hamda korxonaga rahbar tayinlash huquqiga ega.
- assotsiatsiyalashgan korporatsiya (associate) - bu korxona aksiyalarining 10% dan 50% gacha asosiy korporatsiyaga tegishli bо‘ladi. Asosiy korporatsiya korxonani tо‘liq nazorat qilmasada, uni boshqarishda ishtirok etadi.



Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin