1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Migratsiyani quyidagi sabablar bilan bog‘lash mumkin



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə63/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Migratsiyani quyidagi sabablar bilan bog‘lash mumkin:
• xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvi;
• ijtimoiy-demografik о‘zgarishlar;
• fan-texnika va axborot sohasidagi inqilob;
• integratsiya jarayonlarining rivojlanishi;
• transmilliy korporatsiyalarning faoliyati.
Bu barcha omillar mehnatga layoqatli aholining harakatchanligining kuchayishiga sababchi bо‘ldi, zero insonlar mamlakatlar va qit’alararo kо‘chish uchun rivojlangan kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishadi. Hozirgi kunga kelib shunday jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) vujudga keldiki, bu bozor asosini milliy xо‘jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar о‘rtasidagi jami migratsion aylanmasi tashkil etadi. XXI asrning boshlariga kelib mehnatkash-migrantlarning bir yildagi о‘rtacha miqdori 35 mln. kishiga yetdi (1960 yilda 3,5 mln.).
Fuqarolarni о‘z vatanidan tashqarida ish qidirishga majbur etuvchi omillar ichida eng asosiysi turmush darajasini yaxshilash va о‘z qobiliyatlaridan unumli foydalanishga intilishlari hisoblanadi. Ayni paytda ishsizlik, qishloq xо‘jaligida aholining kо‘payib ketishi kabi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ham yashash joyini vaqtincha yoki doimiy о‘zgartirishga sababchi bо‘ladi.
Har bir chegaraga tegishli aholining kо‘chishi emigratsion va immigratsion oqimlarning yig‘indisidan tuziladi. Emigratsiya chet elga chiqish bо‘lsa, immigratsiya chet eldan kelishni bildiradi. Ushbu ikki oqim о‘rtasidagi farq sof migratsiya hajmini beradi, ularning yig‘indisi esa - yalpi migratsiya hajmini beradi.

Migratsion jarayonlarni rivojlanishida odatda uchta yirik tо‘lqin alohida ahamiyat kasb etadi.

Birinchisi, eski migratsiya nomini olgan, XIX asrning deyarli 2/3 qismini о‘z ichiga oladi. Bu davr uchun sanoat ishchilarining kо‘chishi xarakterlidir.
Ikkinchi tо‘lqin XIX asr oxiri - XX asrning boshida о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. U yangi migratsiya degan nom olgan. Ushbu davrda bankrotga uchragan xristianlar migratsiyasi kuzatiladi.


Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin