1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə32/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

4.5. Antiglobalizm fenomeni
Antiglobalizm – bu globallashuv jarayonlarning hozirgi kunda namoyon bо‘layotgan ba’zi jihatlariga (transmilliy korporatsiyalarning gegemonligiga va turli xil xalqaro savdo tashkilotlariga, asosan Jahon savdo tashkilotiga e’tirozlar, shuningdek global tengsizlik, TMKlarning gegemonligi, bir qutbli dunyoning shakllanishi, atrof-muhitning ifloslanishi, milliy urf-odatlarning yо‘qolib ketishi va x.k.lar) qarshi yо‘naltirilgan siyosiy harakatdir.


«Antiglobalizm» atamasi 1998 yil iyunda Fransiyada paydo bо‘ldi. Fransiyada bir nechta nashriyotlar, ijtimoiy assosiatsiyalar va kasaba uyushmalari qо‘shilib, “ATTAC” tashkilotiga asos solishdi va “Tobin solig‘i”ni kiritishmoqchi bо‘lishdi. Tobin solig‘i 1972 yilda Djeyms Tobin tomonidan kiritilgan bо‘lib, barcha moliyaviy operatsiyalardan 0,1 foizini qashshoqlikni yо‘qotish va uchinchi dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirishga yо‘naltirilishi kо‘zda tutilgan.
Bundan tashkari, ATTAC tashkiloti rivojlanayottan mamlakatlarning qarzlarini kechishni ham talab qildi. Keyinchalik antiglobalistlarning qatori kengaydi: marksistlar, patsifistlar, hayvonlar g‘amxо‘rlari, vegetarianlar, anarxistlar, "yashillar", izolyatsionistlar, kasaba uyushmalari, diniy kamchilikni tashkil qiluvchilar, yoshlar, ekologik, talabalar va urushga qarshi harakatlar, inson huquqi sohasidagi kurashchilar, iste’molchi huquqi himoyachilari, homila abortiga qarshilar, ishsizlar qо‘shildi.
2001 yilda Portu-Alegreda antiglobalistlarning birinchi xalqaro forumi bо‘lib о‘tdi. Xususan, bu yerda Fransiyaning olti sotsialist vaziri va Belgiyaning bosh vaziri ham ishtirok etdi. Keyinchalik Siyetl, Praga, Genuya, Barselona, Davos va boshqa shaharlarda, shuningdek, globallashuvni ma’qullaydigan «Katta yettilik» davlatlari, XVF, Jahon banki uchrashuvlari о‘tadigan shaharlarda bunday chiqishlar odatiy hol bо‘lib qoldi.
Antigloballashuv harakatning faolligi yildan-yilga oshib bormoqda.
Antigloballashuv noroziliklar kо‘pincha rasmiy sammitlar va xalqaro uchrashuvlarga moslab о‘tkazilib, paralell sammitlar deb ham atala boshlandi. 1988-2001 yillar davomida 70 ga yaqin parallel sammitlar о‘tkazilgan. Antiglobalistlar har kuni dunyoning turli burchaklarida har xil ijtimoiy forum, miting va turli xil namoyishlar о‘tkazishadi.
2003 yilgacha dunyoda 2500 ta antiglobalistik tashkilotlar rо‘yxatdan о‘tgan. Oxirgi yillarda ular tomonidan о‘tkazilgan tadbirlar qatoriga quyidagilarni aytib о‘tish mumkin. 1999 yil iyunda Kelnda antiglobalistlarning birinchi yirik namoyishi bо‘lib о‘tdi. 2000 yilda antiglobalistlarning informatsion tarmog‘i IndyMedia tashkillashtirildi. 2001 yil yanvarda Braziliyaning Portu-Alegri shahrida antiglobalistlarning umumjahon ijtimoiy forumi bо‘lib о‘tdi. Unda 122 davlatdan 20 ming vakil yig‘ildi. 2001 yil Genuyadagi "Katta sakkizlik"ning uchrashuvini buzish uchun 300 ming antiglobalistlar yig‘ilishdi. Qarama-qarshi kuchlar tо‘qnashishi natijasida bir vakil va bir politsiya xodimi qurbon bо‘ldi, 300 dan ortiq kishi qattiq jarohat oldi. 2006 yil yanvarda Karakasda umumjahon ijtimoiy forumi bо‘lib о‘tdi.
Oxirgi yillarda yuqorida aytib о‘tilgan ATTAS tashkilotidan tashqari quyidagi antiglobalistik loyihalar ham tashkil topdi:
•«Global harakat». Katta megapolis va qishloq rayonlari kо‘chalarida kat’iy noroziliklarni muntazam ravishda о‘tkazishga qaratilgan harakat;
• «Blek Blok» («Black Block»). Magazin va ofislarni talon-taroj qilishga va politsiya bilan tо‘qnashuvlarga ixtisoslashgan, anarxizm pozitsiyasida turadigan, kapitalizm, davlat va urushlarga qarshi harakat;
• «Uchinchi pozitsiya» («The Third Position»). Tashkilot Londonda tashkil topdi. Mafkuraviy asosi - qarshilikning agressiv usullarini qо‘llovchi eng chap va eng о‘ng tomon dunyo qarashiga ega bо‘lganlar guruhi;
• «Ya Basta». Italyan tashkiloti, Chyapas harakatini qо‘llab-quvvatlovchi va neoliberalizmga qarshi guruh;
• «Xaktivist». Xaker aktivistlarning uyushmasi bо‘lib, ular asosan siyosiy masalalar bо‘yicha harakat qilishadi;
• Radikal ekologlar (yetakchi Ralf Nayder va nazariyotchi Myurrey Bukchin). Ular total ekologik talofatlarni faqat bozor iqtisodiyotiga qarshi kurash orqali oldini olish mumkin degan g‘oyani ilgari surishadi.
Antiglobalistlar globallashuvning asosan quyidagi salbiy oqibatlarini dalil sifatida keltirishadi:
• boy va kambag‘al davlatlar daromadlari orasidagi farqning kattalashib ketayotganligi;
• yagona madaniyatning ustunligi, erkin ijodning kamayishi, standart fikrlashning kо‘payishi;
• tabiatga nisbatan yirtqichlarcha munosabat, ekologik muammolarni “chetlab о‘tish”, iflos ishlab chiqarishlarni “uchinchi dunyo”ga kо‘chirish;
• kapitalni oshirish maqsadida neoliberalizm g‘oyalarining ravnaq topishi, rivojlanmagan mamlakatlarni xom ashyo bazasiga aylantirish.
Ma’lumki, har qanday ijtimoiy-siyosiy harakatning samaradorligi uch omilga bog‘liq:
ð olg‘a surilayotgan fikrlarning mashhurligi yoki qanchalik zamondan orqada qolganiga;
ð tashkiliy tuzilmasiga;
ð moliyaviy manbasining barqarorligiga.
Odatda ommaviy axborot vositalarida birinchi ikkita omil kо‘p talqin qilinsada, harakatning hayotini uchinchi omil aniqlaydi. Har qanday ijtimoiy-siyosiy harakat singari, antiglobalistik harakatning ham moliyaviy manbasi quyidagilar:
• majburiy yoki ixtiyoriy a’zolik badali;
• tarafdoshlarning qо‘shgan hissalari;
• harakatga oid adabiyot va tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘ (simvollar va agitatsion materiallar)
• davlat va turli xil fondlarning grantlari;
• madaniy va ta’limga oid tadbirlarni amalga oshirishdan tushgan mablag‘ (filmlarni namoyish qilish, adabiyotlarni sotish, festivallar, konferensiyalar, treninglar, seminarlar va h.k.)
Antiglobalistlar ham odatda buyurtma asosida namoyish, norozilik, festival va boshqa tadbirlarni о‘tkazishadi. Odatda bunday namoyishlar Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon Banki, Katta sakkizlik, NAFTA va Yevropa Ittifoqining yig‘ilish sammitlariga qarshi uyushtiriladi. Antiglobalistlarni bezovta qiladigan yana bir masalalardan biri bu "yuqumli" moliyaviy inqirozlardir.
Antiglobalistlar asosan G‘arbning katta kapitalistik guruhlariga va TMKlariga qarshi turmoqdalar. Ularning fikricha, liberalizm g‘oyalari orqali TMKlar butun dunyoni boshqarishga intilishadi va shu bilan birga milliy qadriyatlarni toptashadi. Antiglobalistlar XVF va Jahon Banki tavsiya etgan siyosatni yurgizgan mamlakatlar kо‘pincha achinarli holatlarga tushib qolayapti deb hisoblaydilar.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin