Integratsiya guruhlari tashkil etilishining xalqaro iqtisodiy manfaatlarga muvofiqligini baholash uchun Jahon banki mutaxassislari quyidagi mezonlarni ishlab chiqqanlar: 1. Mintaqaviy savdo bitimlari istisnosiz iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi kerak;
2. О‘tish davri 10 yildan ortiq bо‘lmasligi kerak va ayrim sohalarda savdoning erkinlashtirishining aniq jadvalini о‘z ichiga olishi kerak;
3. Eng kо‘p qulaylik rejimi asosida erkinlashtirishdan oldin tariflar azaldan yuqori bо‘lsa, istalgan yangi integratsiya guruhi tashkil etilishi kerak;
4. Bojxona ittifoqi doirasida tashkil etiladigan umumiy bojxona tarifi tarmoqda mavjud bо‘lgan eng past tarifdan yoki hatto eng kо‘p qulaylik rejimi doirasidagi eng past tarifdan ortiq bо‘lmasligi kerak;
5. Integratsiya bitimlariga yangi a’zolarni qabul qilish qoidalari erkin bо‘lishi va a’zolar soni, kengayishiga tо‘sqinlik qilmasligi kerak;
6. Tovarning qaysi mamlakatdan kelib chiqishini aniqlash qoidalari ochiq- oydin bо‘lishi va guruh ichida proteksionizm vositasiga aylanmasligi kerak;
5.3. Milliy xо‘jaliklar о‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish Integratsiyalashuv mamlakatlar о‘rtasidagi (avvalambor xalqaro mehnat taqsimoti asosida) barqaror о‘zaro aloqalar rivojlanishi jarayoni va qayta ishlab chiqarishning milliy xо‘jalik doirasidan chetga chiqishidir. Xalqaro mehnat taqsimoti - mamlakatlar о‘rtasida mehnatni ijtimoiy-hududiy taqsim qilishni rivojlantirishning ma’lum mahsulot ishlab chiqarishni alohida mamlakatlarda barqaror konsentratsiya qilishni nazarda tutuvchi yuqori bosqichidir. Baynalmilallashuvning о‘sishiga, ayniqsa, transmilliy korporatsiyalar (TMK) faol kо‘maklashadi. TMK chet ellarda о‘z aktivlariga ega bо‘lgan milliy monopoliyalardir. Ularning qayta ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyati doirasi bir davlat doirasidan chiqib ketadi. Ishlab chiqarish va kapitalning baynamilallashuvi “yirik kompaniyalarning chet elda korporatsiyalarni transmilliy korporatsiyalarga aylantirish yо‘li bilan xо‘jalik aloqalarini ekspansiya qilish” xususiyatiga ega bо‘la boshlaydi. Kapitalni olib chiqish xalqaro korporatsiyalarni tuzish va rivojlantirishda muhim omilga aylanadi.
YUNKTAD ekspertlarining ta’kidlashicha, kompaniyalarning qо‘shilishi va ularning sotib olinishi, ayniqsa G‘arbiy Yevropada avj oldi. Bu, birinchi navbatda, iqtisodiyotning energetika, telekommunikatsiya, farmatsevtika sanoati va moliyaviy xizmatlar kabi sohalarini qamrab oladi.
Hududiy mehnat taqsimotining ikki turi mavjud bо‘lib, bular:
Mintaqalararo - bir mamlakatning turli mintaqalari о‘rtasidagi mehnat taqsimoti;
Xalqaro - turli mamlakatlar о‘rtasidagi mehnat taqsimoti.
Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv keng tarqalib bormoqda. Ilmiy-texnik inqilobning turli mamlakatlarda turli darajada ekanligiga qaramay uning hozirgi bosqichi ham bozor, ham ishlab chiqarishni baynamilallashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. ITI zamonaviy qayta ishlab chiqarishda tashqi iqtisodiy aloqalarning roli о‘sishini keltirib chiqaruvchi mustaqil omil sifatida namoyon bо‘lmoqda. Boshqa davlatlardan ajralgan holda u yoki bu mamlakatda fan va texnikaning rivojlanishi muvaffaqiyatli bо‘lishi mumkin emas. Keyingi yillarda turli mamlakatlarning firmalari о‘rtasida kooperatsiyalashuvning jadal rivojlanishi yirik xalqaro ishlab chiqarish-investitsiya komplekslarining paydo bо‘lishiga olib keldi, ularni tuzish tashabbuslari kо‘pincha TMKlar hisoblanadilar. Ular uchun firma ichidagi mehnat taqsimoti milliy chegaralardan chiqib ulgurdi va mohiyatan xalqaro mehnat taqsimotiga aylandi. Shu asosida milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi darajasi oshib bormoqda. Ochiq iqtisodiyot mamlakatning jahon xо‘jalik aloqalariga yanada kо‘proq qо‘shilishi asosida shakllanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda eksportga mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalashuvga kо‘maklashish va chet eldan kapital, texnologiya, malakali kadrlar kirib kelishiga kо‘maklashuvchi huquqiy asoslarini yaratish bо‘yicha davlat tashqi iqtisodiy strategiyasi muhim rol о‘ynaydi. Hozirgi kunda xalqaro iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan va rivojlanayotgan kо‘plab integratsion birlashmalar aslida о‘z oldiga bir-biriga о‘xshash quyidagi vazifalarni qо‘yadilar:
1. Iqtisodiyot kо‘lami ustunliklaridan foydalanish.
Iqtisodiy kо‘lam nazariyasi asosida bozor hajmini kengaytirish, transaksion xarajatlarni kamaytirish va boshqa imtiyozlar olishni ta’minlash.
Bu о‘z navbatida, о‘zlarining ehtiyojlarini qondiradigan, mustaqil ishlab chiqarishdan manfaatli bо‘lgan katta hajmli bozorlarga bajonidil kirib keladigan bevosita chet el investitsiyalarining e’tiborini tortadi.
2. Qulay tashqi siyosiy muhit yaratish.
Kо‘plab integratsion birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi davlatlarning siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa noiqtisodiy sohalarda bir-birini tushunishi va hamkorligini mustahkamlashdir.
3. Savdo siyosatidagi vazifalarni hal qilish.
Mintaqaviy integratsiya, kо‘pincha, JST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlarning muzokaralari nuqtai nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan kelishilgan holdagi bayonot ancha jiddiy hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi.