Ilmiy-texnik hamkorlikning eng unumli va samarali shakllari quyidagilardir: Ø eng yangi ilmiy-texnik g‘oyalaridan, loyihalash ishlaridan, firmaning marketing sohasidagi tadqiqotlari va texnikaviy-iqtisodiy ish kо‘rsatgichlaridan foydalanish uchun umumiy yо‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, byurolari, laboratoriyalarini barpo etish (farmatsevtika);
Ø firmaning texnikaviy-iqtisodiy ish kо‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida amaldagi texnika va texnologiyalarni takomillashtirish sohasida birgalikda tajriba ishlari о‘tkazish (TTZ va Rostex);
Ø ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish sohasida birgalikda izlanishlar olib borish va chet el tajribasini о‘rganish (Neft-gaz geologiyasi sohasida);
Ø ilmiy-texnika siyosati masalalari bо‘yicha koordinatsiya (muvofiqlashtirish) va konsultatsiyalar о‘tkazish (yarmarkalar va simfoziumlar о‘tkazish);
Ø fan-texnikaning ekologik jihatidan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish (Yunesko va Ekosan tashkilotlari);
Ø xalqaro savdo va iqtisodiy taraqqiyot muammolariga mos keluvchi prinsiplar va siyosatni ishlab chiqish (JB va boshqa xalqaro tashkilotlar);
Ø har qanday masalani о‘z vakolati doirasida hal etish (BMT);
Ø tadqiqot ishi bilan shug‘ullanuvchi malakali xodimlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yish (KOIKA-Yaponiya);
Tadqiqot ishlarining amaliy qiymati ularning natijalarini xalq xо‘jaligida yoki yordamchi tarzda firmada tadbiq etish orqali aniqlanadi. О‘tkazilgan tadbirlarning istiqbolli natijalari muayyan vaqt ichida qay darajada samara bera olishini aniqlash bilan baholanadi.