1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə45/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Birinchidan, xomashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar о‘rtasidagi munosabatlardagi о‘zgarishlar. Xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar о‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bо‘lib, ularning о‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xomashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
XX asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G‘arbiy Yevropa olimlari “dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi” deb bashorat qilgan edilar. Ushbu mulohazalarga asoslanib, kо‘pgina xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xomashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo sanoat texnologiyasi va qishloq xо‘jalik sohasining keskin rivojlanishi xomashyoga bо‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir kо‘rsatdi va natijada xomashyo bahosining pasayishi yuz berdi.


Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qо‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga о‘tildi. Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu о‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun inson kapitaliga investitsiya qilishning ahamiyati ortdi.


Uchinchidan, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu о‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur’atda о‘sishi bilan yuz berdi. Global iqtisodiyotning vujudga kelishini nafaqat tovarlar va xizmatlar eksportining ulkan kо‘lamlari, balki kapitalni olib chiqish, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, qarz talablari va majburiyatlari shaklidagi mulkchilik huquqlari savdosida namoyon bо‘ldi.

Tо‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalarning qо‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasi ortdi. Bunda asosiy о‘zgarish sifatida TMKlar va ularning turli mamlakatlardagi qо‘shma korxonalari sonining о‘sib borishini kо‘rish mumkin.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin