1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə43/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda o’qituvchi o’quvchilarga to’g’ri va yetarlicha yuklama berdi.


Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj olib borish
Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj darsning umumiy va mator zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Darsning umumiy zichligi deb, pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri foydalanilgan butun dars davomida nisbatiga aytiladi.
Darsning motor zichligi deb, o’quvchilarning bevosita harakat faoliyatiga, mashq bajarish uchun sarflangan vaqtga aytiladi.
Xronometrajdan olingan malumotlar darsning pedagogik taxlil ma‟lum darajada chuqurlashtiradi, chunki har xil faoliyat uchun ketgan vaqtni ratsional sarflashni imkonini beradi.
Darsni teshiruvchi xronometrajning quyidagi hujjatlari: a) xronometraj protokolini;
b) umumiy va motor zichligini;
v) zichligini tekstda yozilgan taxlilini olib borish kerak.
Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj protokoliga dars vazifalarini, shuningdek har xil bo’limlarga yoki dars qismlariga belgilangan vaqtni aniqlab olishi shart. Buning uchun tekshiruvchi dars o’tuvchining konespekti bilan tanishishi shart.
Protokol olib borishning keyingi qismi aynan dars o’tish mobaynida quyidagi shakl bo’yicha to’ldirilib, faqatgina ikkita grafa - "o’qituvchilar ish faoliyatining mazmun-2" va "ish faoliyatining tugash vaqti - 3" to’ldiriladi.

Andijon shahridagi №_________maktabning _______ sinfida o’qituvchi_____________ tomonidan o’tkazilgan darsda xronometraj ma‟lumotlarini hisobga olish.


PROTOKOL



















1

2

3

4

5

6

7

8

9

Ikkinchi grafaga pedagog faoliyatining mazmuni aniq va mashg’ulotning ketma-ketligi yoziladi. Masalan: O’quvchilarni saflash.
Raport.
O’qituvchi tomonidan dars vazifalarini tushuntirish.
YUrish.
Mashqlarni tushuntirish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni oddiy tarzda yoki qisqacha egilish, sakrash va b.q. deb yoziladi. Asosiy harakatlarni qisqa qilib yozish kerak. Masalan: "Oldinga dumaloq oshish", "YUgurib kelib balandlikka sakrash”.
Ikkinchi grafada sekundomer bo’yicha har qaysi ish faoliyatining tugash vaqti yoziladi. Masalan, o’quvchilarning saflanishi va raportiga 2 daqiqa 35 soniya vaqt ketsa, shu ish faoliyatining to’g’risiga yoziladi, o’qituvchi o’quvchilarga dars vazifasini tushuntirgandan keyin sekundlar 3 minut 25 sekundni ko’rsatsa, shu faoliyatni yozadi va h.k. o’qituvchi tomonidan mashqlarni tushuntirishga, ko’rsatishga, ko’rgazmali qurollarni ko’rsatishga, yordamchi harakatga mashqni bajarish uchun qayta saflanish mashg’ulotga joy tayyorlash va h.k. ta‟lim berishga, o’quvchilarni mashq bajarishga berilgan bahosiga ketgan vaqtlarni juda aniqlik bilan belgilash talab qilinadi.
Kuzatuv davomida dars bir o’quvchi ustidan olib boriladi va uning familyasini protokolga yozish tavsiya etiladi. 
Dars tugagandan keyin xronometraj ma‟lumotlarini ishlab chiqish kerak. Bunda har qaysi faoliyatga ketgani aniq vaqtni topish uchun keyingi sekundomer ko’rsatgan keyingi vaqtdan oldingisi olib tashlanishi shart Masalan: o’quvchilarga darsni tushuntirish uchun ketgan vaqtni aniqlash uchun, 3 minut 25 sek. vaqt sarflangani aniq bo’ladi. SHu tartibda hamma faoliyatga ketgan aniq vaqt topiladi. "Aniq" vaqt esa porotokoldagi kerakli grafalarga ko’rsatish, tushuntirish "Mashq bajarish" va h.q. yozib qo’yiladi.
Pedagog tomonidan oqlangan vaqtga qo’yidagi ish faoliyatini va darsning komponentlarini idrok qilish va anglash tushunchasini tushuntirish, ko’rsatish o’quvchining ko’rsatmalari o’rtoqlarning faoliyatini umumlashib taxlil qilish, jismoniy mashqlarni bajarishga shu jumladan mashqni qayta bajarish uchun kerakli dam olish vaqti, yordamchi harakatlarni qayta saflanish, snaryadlarni tiklash, qumni tekislash va x.k 
Tashkil qilish uchun bo’sh ketgan vaqt, ya‟ni o’quv-tarbiyaviy masalalarni yechishga ta‟luqli bo’lmagan harakatlar yoki vaqtdan oldin darsning tugallash intizomining buzilishi, inventar-larning olinishi, o’quvchining sababsiz ish faoliyatidan ketib qolishi natijasida mashg’ulot vaqtida hosil bo’ladigan tanaffuslar - bularning hammasi dars jarayonini oqlanmagan vaqtiga kiradi. Darsning umumiy zichligini hisoblashda dars uchun ajratilgan 45 daqiqa 100 foiz deb olinadi. Masalan: 42 daqiqa sarflanga bo’lsa, hisob qo’yidagicha yechiladi:
45 daqiqa - 100 % 
42 daqiqa - X % bundan
X= 42x100g’45=93.3%
Bizning misolimizda darsning umumiy zichligi 93,3 %ni tashkil qiladi. Jismoniy maqshlar bajariladigan mashqlarda motor zichlik maxsus ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. 
Masalan harakatlarni bajarishga 20 daqiqa sarflangan bo’lsa, hisob qo’ydagicha yechiladi:
45 daqiqa - 100 % 
20 daqika - X % bundan 
X= 20x100g’45=44.4%
Bizning misolimizda darsning umumiy zichligi 44,4% ni tashkil qiladi. Darsning umumiy va motor zichligini aniqlagandan keyin uni taxlil qilish kerak. Umumiy zichlikning eng yuqori bahosi 45 daqiqaning hammasi to’g’ri va aniq ishlatilishidir.
Motor zichlikni optimal darajasi katta yoki kichkinaligi bir qancha faktorlarga yozish darsini vazifaga, mashg’ulotni material tomonidan ta‟minlangaligiga bog’liq. 
Masalan: darsniig vazifasi o’quvchilarni ularga yangi bo’lgan harakat bilan tanishtirish bo’lsa, shu harakatni yaxshiligiga va alohida elemetlarni bajarish usullarini tushuntirish diafilm va kinodasturlarni ko’rsatish mumkin bo’lgan tabiy holda o’rganish.
"Takomillashtirish" darslaridagiga qaraganda motor zichlik kichik bo’ladi.
Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya darslaridagi optimal zichlik IV-Vsinflarda 37-47 %, VI-VII sinflarda 50-60 % yuqori sinflarda 70 % tashkil qilish kerak. SHu bilan birga qo’ydagilarni hisobga olish shart.
1. Sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishda, o’quvchilarning ish faoliyatida, bajargan harakatlarining umumiy hajmi yuklamaning shiddati, yuklama va dam olish vaqtini almashtirish, ish qobilyatini qayta tiklash vaqtini ta‟minlash va boshqalar alohida ahamiyatga egadir.
2. O’rganish vazifalarini amalga oshirishda o’vuvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarning sonini, o’qituvchi tomonidan harakat faoliyatini taxlil qilishga ketgan vaqtni baholash ham maqsadga muvofiqdir.
3. Tahlil qilshda yuklamaning miqdori qo’llanilayotgan mashqning darsda qaysi maqsadga ishlatilayotganini aniqlash lozim.
Harakatga o’rganish vazifalarini o’rganish yoki ochishda vaqtni maqsadga muvofiq taqsimlanganligini dastlabki o’rgatish davrida mashqlarni 2-3 marta sekin suratda takrorlansa, takrorlash takomillashtirish davrida esa takrorlash soni ko’rinarli darajada oshirish tavsiya qilinadi. Agar dars mashg’ulot tariqasida o’zgartirilayotgan bo’lsa, harakat faoliyatini umumiy hajmini vaqt va protsent uni shiddat bilan solishtirilganda darsning zichligi to’liq bo’ladi.
SHu maqsadda mashqning bajarilgan vaqti uni harakat xarakteri bilan solishtiriladi. Masalan: yugurish vaqti masofaga nisbatan darsning motor zichligini taxlil qilishda o’quvchilarning olayotgan yuklamalarni yoshiga jinsiy xususiyatlarni solishtirish kerak. 
YUqorida ko’rsatilganlardan tashqari pedagog tomonidan dars taqdimi samaradorliroq o’tkazish maqsadida sport snaryadlarini oldindan qulay joyga o’rnatilganligi, ommaviy inventarlardan mashq bajarishda unumli foydanalilganligi dars zichligini maqsadga muvofiq uyushtirish uchun tashkil qilish uslublaridan aylanma mashg’ulot, frontal foydalan-ganligi o’quvchilarni qayta saflanishini qisqartirishlarini baholash shart.
Dars zichligini taxlil qilishda uni ko’rsatkichga ta‟sir ko’rsatgan hamma faktolarni aniq bayon qilish kerak. Shu maqsadda mashqni bajarilgan vaqti uni xarakteri bilan solishtiriladi. Masalan: yugurish vaqtini masofa mustaqil darsni motor zichligini taxlil qilishda ham o’quvchilarni olayotgan yuklamalarini yoyishga jinsiy xususiyatlariga solishtirish shart. YUqorida ko’rsatilayotganlardan tashqari pedagog tomonida dars vaqtini samarali o’tkazish maqsadida tashkil qilingan sport snaryadlarni oldindan qo’lay joydan o’rnatilganligini ommaviy inventarlardan mashq bajarishda unumli foydalanganligini dars zichligini maqsadga muvofiq o’rgatish uchun tashkil qilish metodikalaridan foydalan-ganligini o’quvchilarni qayta saflashlarga ketgan vaqtni ham baholash shart. Dars zichligini taxlil qilishda uning ko’rsatgichiga ta‟sir ko’rsatgan hamma omillarni aniq bayon qilish kerak. 

Andijon shaxridagi №___ maktabning____sinfda praktikant-talaba tomonidan o’tkazilgan darsda xronometraj olib borish.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin