9-mavzu.Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar
Reja: 1.Ishlab chiqarish changlari moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri;
2.Changlarga qarshi chora-tadbirlar;
3.Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari;
4. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.
1.Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changiar, ularning salbiy ta’siri.
Sanoatda, qishloq xo'jaligida bajariladigan ishlaming hammasida, transport vositalarining ishlatilishida changiar hosil bo‘ladi va ajraladi. Bunday changiar kelib chiqish manbalariga kolra: tabiiy va sun’iy chang- larga bo‘linadi.
Tabiiy changiar - inson faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda hosil bo’ladigan changiar. Bunday changiar shamol va kuchli bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproq yemirilgan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va hayvonot olamida paydo bo’ladigan changiar, vulqonlar otilishi, kosmosdan keladigan changiar (kosrnik jismlaming yerga tushishi, yonib ketishidan hosil bo’ladigan changiar) kiradi. Tabiiy changlarning miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasliga, aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqada joylashganligiga bog’liq. Masalan, atmosferadagi changiar miqdori shi- moliy tumanlarga nisbatan janubiy tumanlarda, o‘rmon zonalariga qa- raganda cho’l zonalarida, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko‘proq boMishi ma’lum.
MaMumotlarga qaraganda, har bir kubometr havo tarkibida katta shahar hududlarida 6 ming atrofida, avtomobil vositalaridan ajraladigan qurum va tutunlami ham qo‘shib hisodlaganda 30 ming atrofida har xil kattalikdagi chang zarralarini tashkil etadi.
Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil bo’ladigan changiar kiradi. Jumladan, cho‘yan va poMat ishlab chiqarish pechlaridan, issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ko‘mir yoqilishidan, qurilish ishlarida yer qazish ish- lari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, toglardan ma’danlami qazib olish ishlari va boshqa ishlarda juda ko‘p miqdorda changiar ajraladiki, bu changlami atrof muhitga chiqarib yuborish natijasida tabiatga halokatli ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Shuningdek, sanoatning ba’zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida xavfli sanoat changlari ajralib, ularning chiqarib yuborilishi fojiali holatlarni vujudga keltiradi. Changlarning zararli ta’sirlari ulaming kimyoviy tarkibiga bog’liq.
Changiar kattaligi bo‘yicha 3 guruhga boMinadi:
1 - yirik changiar (kattaligi 10 mkm dan katta bo’lgan changiar). Bunday changiar o‘z ogMrligi ta’sirida yerga tushadi;
2 - mayda changiar (kattaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo’lgan changiar) bunday changiar yomg’ir, qor yog‘ishi natijasida yerga tushishi mumkin;
3 - uitramikroskopik changlar (kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar, ular yerga qo‘nmaydi). Ishlab chiqarish changlarining inson organizmiga ta’siri ko‘p omillarga bog‘liq. Ularga chang zarrachalarining kattaligi, shakli, uning havodagi miqdori, ta’sir etish muddati, ularning fizik-kimyoviy xossalari. ish jarayonining muhiti va boshqa ta’sirlar kiradi. Masalan, tashqi harorat ko‘tarilganda kishi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganda tez-tez nafas olishi natijasida organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning bo‘lishi va havodagi boshqa gazlaming ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini kuchaytiradi.
Chang zarrachalarining gigiyenik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy ta’sirlari ham bor, jumladan:
a) changlar texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi; qimmatbaho materiallami yaroqsiz holatga keltirib, iqtisodiy zarar yetkazadi;
b) texnosferada changlaming tarqalishi sanitariya holatini yomon- lashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi jihozlarning ifloslanishi oqibatida yorug‘likni kamaytiradi;
d) ko‘mir, yog'och, solyar moyi changlari yong‘in va portlashlarning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changlarning kimyoviy tarkibi, eruvchanligi, katta-kichikligi, shakli, ularning tuzili- shi (kristall yoki amorf), elektr o‘tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlari ularning organizmga ta’sir qilishida muhim rol o‘ynaydi. Changlaming organizmga ko‘p tomonlama ta’siri ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Eng avvalo, changning salbiy ta’siri nafas olganda kuzatiladi. Bunda chang havo bilan nafas olinganda nafas organlarini zararlaydi. Bundan tashqari changlar yuqori nafas yo`llarini, ko‘z shilliq qavatining, teri qoplamasining, o‘pka yo`llarining zararlanishiga olib keladi. Changlar ichida kremniy va uning birikmalarining changi eng xavfli hisobianadi.
Jumladan, kremniy oksidi (kvars), silikat changlari, ba’zi bir metallar (aluminiy va boshqalar)ning changlari va ularning aralashmalari erimaydigan hisoblanib, nafas olish tizimlarida tutilib qoladi va aluminoz kasalligini yuzaga keltiradi.
Eriydigan changlar nafas yo’llarida tutilib so'riladi va qonga о’tadi. ular kimyoviy tarkibiga qarab organizmda turli xilda ta’sir xususiyatlarini namoyon etadi. Masalan, qand changi zararsiz, qo‘rg‘oshin, mis va boshqa metallarning changi zaharlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Changlaming katta-kichikligi ularning havodagi turg‘unligi, nafas yo‘llariga kirishi va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Masalan, 10-20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga bo‘ysungan holda yerga tortishish kuchi ta’sirida ma’lum tezlik bilan yerga tushadi. Inson nafas olganda ular nafas yo‘llarining yuqori qatlam- larida ushlanib qoladi.
Mikroskopik zarrachalar esa (0,25-10 mkm) havoda ancha turg‘un bo’lib, bir xil tezlikda yerga tushadi. Nafas olinganda asosan ularning 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari nafas yo‘llariga kiradi. Ultramikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25-0,1 mkm va undan kichik bo‘lgan zarrachalar Broun harakatiga bo‘ysunganligidan havoda uzoq vaqt turadi. Ular o‘zaro harakatlanganda bir-biri bilan to‘qnashishilari natijasida yiriklashib, yerga tushadi. Bunday muhitda nafas olingan havodagi ultramikroskopik zarrachalarining 60-70% i o‘pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning massasi katta bo’lmaganligidan changli shikastlanishning rivojlanishi katta bo‘lmaydi. Chang zarrachalarining shakli har xil bo‘lishi mumkin: sferik, yassi, turli shaklli. Aerozollar hosil bo’lishida chang zarralari miqdorining ko‘p qismi sferik shaklga ega bo‘ladi.
Dezintegratsiya aerozollarida esa yassi shaklli va murakkab shaklli zarrachalar bo‘ladi. Mana shunday shaklli zarrachalardan shisha tolasi, sluda kabilarining changlari nafas yoilariga kirganda yuqori nafas yo‘llari hujayralarini zararlaydi hamda ko‘zning shilliq qavatiga va teriga ta’sir ko‘rsatadi.
Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan bo‘1ishi aerozollarning turg‘unligiga va ulaming biologik faolligiga ta’sir qiladi. Qattiq materiallaming changishi vaqtida chang zarrachalarining 90-98% i musbat yoki manfiy zaryadlanadi. Yirik zarrachalar esa quyi zaryadli bo’ladi. Changning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi asab kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Silikoz - toza kremniy (II) oksidi changining ta’siridan pnevmokiniozning ko‘p uchraydigan va xarakterli shakli.
Silikatoz - kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yo’llariga kirganda paydo bo’ladi.
Pnevmokonioz - kasallikgi ko‘mir, aluminiy, temir va aralash tarkibli changlar ta’sirida ham rivojlanishi mumkin.
Silikoz juda changli sharoitda odatda ko‘p yil, ko‘pincha og’ir jismoniy ish bajarilganda rivojlanadi. Bu kasallik tog‘-kon va sement, alebaster ishlab chiqarish ishchilarining kasb kasalligi hisoblanadi. Silikoz kasalligi halloslash, yo‘tal, ko‘krak qismida og‘riq bo’lishidan boshlanadi. Boshlanishida bu belgilar kam sezilarli bo’lib, halloslash faqat jismoniy ish bajarganda paydo bo’ladi. Kasallik kuchaygan davrda nafas yetishmasligi va halloslash, oddiy ishlarni bajarganda va hatto tinch holatda turganda ham ro‘y beradi. Ishlab chiqarishdagi changlar faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo’lmay, balki nafas yo’llari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko'chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitilar kiradi.