2.Changlarga qarshi chora-tadbirlar. Chang kasalligining oldini olishda quyidagi chora-tadbirlar qo’llaniladi:
qonuniy tartibdagi choralar;
changning hosil bo’lishi va tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar;
shaxsiy muhofaza tadbirlari.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga asosan, ishlab chiqarish changlarining ta’sirida ishchilar ishga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. o‘pka sili va uning o‘pkadan tashqaridagi turlari, yuqori nafas yo’llari va bronxlar kasalligi, yurak-tomir tizimlari kasalliklari va boshqalar bilan og‘rigan kishilar changli ishlarga qabul qilinmaydi. Jumladan, 20 yoshgacha bo’lgan shaxslar changli ishlarga qo‘yilmaydi. Chunki pnevmokonioz yoshlarda tezroq rivojlanadi va kattalardagiga qaraganda og’irroq o‘tadi.
Sanoat korxonalaridagi xonalar va ish joylaridagi havo muhitidagi changlar ishlayotganlar sog’ligiga xavf solmasligini ta’minlash maqsadida chang miqdorining yol qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD), sanitargiь юбдббюэ giyenik me’yorlari belgilangan hujjatlar asosida tashkil etiladi. Eng ko‘p tarqalgan va xavfli changlarning umumiy sanitariya (YQOD)si SN245-71 va GOST 12.01.005-76 da «Ishchi zonasining havosi» umumiy sanitari- ya-gigiyena talablari keltirilgan. Eng zararli changlarga eng past miqdor belgilangan yo‘riqnoma yoki ba’zi bir changlarning yo`l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) jadvalda keltirilgan.
Ba’zi bir changlaming yo‘l qolyiladigan oxirgi darajasi
Moddalar nomi
YQOD mg/mi
Xavflilik sinfi
Aluminiy va uning qotishmalari (aluminiyga hisob qil- ganda)
Kremniy saqlovchi changlar: a) kristall kremniy (II) oksid, kvars, kristobalit. tridimit, changda ular 70% dan yuqori;
1
3
b) tumansimon aerozolli ko'rinishdagi amort kremniy (11) oksidi, changda u 70% dan yuqori bo'lganda;
1
3
d) kristall kremniy (11) oksid changda 10 dan 70% gacha bo‘lganda (granit, shamot, sluda xomashyo, ko‘mirtog' jinsining changi va boshqalar);
2
4
e) kristall kremniy (11) oksid changda 2 dan 10% gacha bo‘lganda (yonadigan slanetslar, ko‘mir tog‘ jinsi tuproq changlari va boshqalar);
4
4
o‘simlik va hayvon mahsulotlarining changi: 10% dan ortiq kremniy (11) oksid aralashganda (kanop. paxta. zig‘ir poyasi, jun, momiq va boshqalar);
2
4
2 dan 10% gacha kremniy (II) oksidi aralashsa:
4
4
2% dan kam kremniy (11) oksidi bo'Isa (un va yog‘ changlari);
6
4
ularda 10% dan ortiq asbest bo‘ganda:
4
4
shisha va mineral tola, sement, apatit, tuproq changlari;
6
4
uglerod changi: neft, slanets. elektrod koksi.
6
4
Ishlab chiqarishda changning hosil bo’lishi va tarqalishining oldini olishda texnologik tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Bunday tadbirlarga qo‘lda bajariladigan ishlarni avtomatik usullarga o‘tkazish, mexanizatsiyalash, changli xorialaming zichligini (germetik) oshirish, texnologik jarayonlarni uzoqdan boshqarish, xonalarni havo almashtirgichlar bilan jihozlash va boshqa uslublar qoMlaniladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida qo‘llaniladigan quyma mahsulotlami qum oqimida tozalashni suv bilan tozalashga o‘tkazish, ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladigan mayda kukun holdagi mahsulotlami donador holga o'tkazib yoki pasta ko‘rinishda ishlatish va boshqalar chang ajralish jarayonining keskin kamayishiga olib keladi. Shuningdek, shaxsiy saqlovchi vositalardan resperatorlar ish zonasidagi changlarning inson organizmiga tushishidan saqlaydi. Bunday resperatorlar qatorida bir marta ishlatiladigan «Lepestok» va havodagi changlami tozalab beradigan «Astra-2» rusumlisi qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish zonasi (texnosfera)da hosil bo’ladigan changlar inson organizmiga asosan nafas yo`li va teri orqali ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sir xususiyati quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi, jumladan, chang zarrachalarining fizik-kimyoviy xossalari, katta-kichikligi, shakli, konsentratsiyasi, ta’sir muddati, kasb turi, metereologik sharoitlar, organizmning shaxsiy reaksiyasi, nafas yo’llarining filtrlash xususiyati, organizmning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlar. Texnosferadagi changni va uning miqdorini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ishlab chiqarishdagi chang manbalari, uning hosil bo’lish sabablari, ma’lum hajmdagi havoda bo’lgan changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigiyenik baho beriladi. Olingan ma’lumotlar asosida ishchilar salomatligini saqlash va sog‘aytirish choralari belgilanadi. Buning uchun ishlab chiqarish jarayonini, jihozlarni, xomashyoni, uni tashish va ishlatish usullarini o‘rganish orqali hosil bo’ladigan changning kimyoviy tarkibiga baho beriladi. Xomashyoni ishlatish texnologiyasiga (mexanik, termik, kimyoviy) ko‘ra ishlab chiqarish jarayonlaridaturli tartibli changiar hosil bo’ladi, shuningdek, tayyor mahsulotni qayta ishlash jarayonida ham (maydalash, charxlash, sayqal berish, silliqlash, jilo berish, tashish, sochiluvchan mahsulotlami tortish, qadoqlash, metalli materiallarni qayta ishlash (termik, kimyoviy) zararli changiar hosil bo’ladi.
Ish zonasidagi havo tarkibidagi chang miqdori havo sinamasi jihozida aniqlanadi. Buning uchun changli havo taxminan poldan 1,5 metr, balandlikdagi ish joyidan 1-3,5 m va undan ortiq masofalardan nainunalar
olinib tekshiriladi.Tekshirishda tortish usuli qo‘llaniladi. Ish zonasidan chang miqdorini havoning hajm birligida (1 I yoki 1 m3) changning og‘irligi milligramlarda aniqlanadi. Bundan tashqari, changlaming dispersligi ham aniqlanib, uning yo‘l qo'ysa bo’ladigan oxirgi darajasiga (YQOD) solishtiriladi.
3.Ishlab chiqarishdagi zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri va ularga qarshi chora-tadbirlar Ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunda dunyoda 5 mln. dan ortiq kimyoviy moddalar ma’lum bo‘lib, shulardan 600 mingga yaqini ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Bu mahsulotlar bir qator korxonalarda xomashyo sifatida foydalanilsa, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida yarim mahsulot, tayyor mahsulot, chiqindi aralash mahsulotlar va boshqa ko‘rinishda qollaniladi. Lekin hamma kimyoviy moddalar zaharli xususiyatga ega bo‘lib, ular inson organizmiga oz miqdorda tushsa ham kimyoviy zaharlanishga, sog‘liqning buzilishiga olib keladi. Bu moddalar qattiq, suyuq, gaz yoki bug‘ holatlarda bo‘lishi mumkin. Zaharli moddalar organizmga umumiy yoki mahalliy ta’sir qilishi mumkin. Umumiy zaharlanishda zaharli moddalar qonga so‘rilb ayrim organlar - asab, nafas olish, yurak- qon tizimlarini ishdan chiqaradi. Mahalliy zaharlanishda ayrim to‘qimalar
terming yallig‘lanishi, kuyishi va boshqa salbiy oqibatlar yuz beradi. Zaharlanishning ikki shakli mavjud: a) o‘tkir zaharlanish; b) surunkali zaharlanish. o‘tkir zaharlanish qisqa muddatda yuz berib, katta hajmdagi talafotni yuzaga keltiradi. Surunkali zaharlaninsh organizmga oz miqdorda tushadigan zaharli moddalarning uzoq ta’siri natijasida ro‘y beradi. Zaharli moddalar quyidagi salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi:
yuqori nafas yo’llarining izdan chiqishi;
sil, buyrak yetishmovchiligi, yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarining avj olishi;
allergik (astma, ekzema) kasalliklarning yuzaga keltirishi,
mayib-majruhlikka olib kelishi;
o‘sma kasalligining rivojlanishi va boshqalar.
Zaharli moddalarning organizmga tushishi, nafas yo‘li, teri qoplamasi va oshqozon-ichak yo‘li orqali bo‘lishi mumkin. Kimyoviy moddalarning zaharli ta’siri bir qator ko‘rsatkichlarga bog‘liq, jumladan: organizmning ta’sirchanligi, organizm turi, jinsi, yoshi, zaharli moddaning kimyoviy tuzilishi, kimyoviy xususiyatlari, miqdori, ta’sir harorati, bosimi va boshqalar. Zaharli moddalarning organizmga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab 4 sinfga boMinadi: o‘ta xavfli, yuqori xavfli, o‘rtacha xavfli va kam xavfli moddalar (GOST 12.01.2007-76 ga asosan). Zaharli moddalarning ish zonasidagi miqdori quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:
laboratoriya usulida;
ekspres-tahlil uslubi;
avtomatik gaz tahlil qilish uslubi.
Laboratoriya uslubi bilan zaharli moddalarning miqdori miqdoriy tahlii uslublari yordamida aniqlanadi. Ekspres-tahlil uslubida havodagi zaharli moddalar kimyoviy razvedka qo‘shin asbobi VPXR orqali Q metodlari asosida indikatorli trubkalarning bo‘yalishi yordamida aniqlanadi. Avtomatik tahlil uslubida zaharlangan havo gazanalizatorlar yordamida topiladi.
Ish zonasidagi zaharli moddalarga qarshi quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
zaharli moddalami texnologik jarayonlardan bartaraf etish;
ishlab chiqarish texnologiyasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni takomillashtirish;
sanitar-gigiyenik tadbirlami o‘tkazish.
Bunga xomashyoni gigiyenik standartlash, ish zonasidagi havoni nazorat qilish, havo larkibidagi zaharli modda miqdori oshganda gigiyenik talablami amalga oshirish, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash, samarali shamollatish tizimlarini o‘matish, ishchilarga sanitariya yo‘riqnomalarini berish va boshqa omillar kiradi.
Sanitariya va davoiash-profilaktika tadbirlari. Bu tadbirda zaharli moddalar bilan ishlaydigart shaxslarga mehnat qilish qonuniyatida: ish kunini chegaralash, mehnat ta’tilini ko‘paytirish, nafaqaga birmuncha erta muddatlarda chiqarish ko‘zda tutiladi. Zaharli moddalar ta’siri yuqori bo‘lgan korxona, zavodlarda ayollar va o‘smirlaming ishlashiga ruxsat etilmaydi. Zaharli moddalarning ish zonasi havosida yo‘I qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) GOST 12. 1005 -76 ning «Ish zonasi havosi » bo‘limida ko'rsatib o‘tilgan. Bu me’yoriy hujjatda ishchining zaharli moddalarning kunlik 8 soat ish davomidagi yoki haftasiga 41 soatdan oshmagan mehnat faoliyati davrida sog‘lig'iga yoki kasallanishiga yetarli ta’sir qilmaydigan miqdori tushiniladi. Ba’zi bir zaharii moddalarning ish zonasida yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan oxirgi darajalari (YQOD) jadvalda berilgan.