1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Yoritilganlik va ularning asosiy turlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə45/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo’ladi.
Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar.
Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda yeru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir.
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo’lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk ga tengdir.
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o’ta foydali ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo’lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega.
Tabiiy yorug’likdan uch xil moslamalar yordamida, ya’ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo’naltirilgan yoki tarqoq hollarda bo’lishligini ta’minlanishi;
-insolyatsiya va yorug’lik me’yorlaridan kam bo’lmasligini ta’minlanishi.
Sun’iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash ko’rinishda bo’ladi:

  • Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi;

  • Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi darajasida ta’minlaydi;

  • Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo’llanilganligidir.

Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to’la qondira oladi.
Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo’ladi.
Agar tabiiy yorug’lik binolarni yoritish uchun yetarli bo’lmasa, bunday hollarda, sun’iy yorug’lik bilan to’ldiriladi.
Sun’iy yorug’likni me’yorlashdan maqsad biror bir yuzani yoritish uchun gigiena nuqtai nazaridan eng kamida ruxsat etilgan minimal yorug’lik miqdori bilan ta’minlashdir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin