1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə43/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Nazorat savollari:
1.Ishlab chiqarish changlari moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri haqida nimalarni bilasiz ?
2.Changlarga qarshi qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi ?
3.Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillardan himoyalanish uchun qanday tadbirlar amlga oshiriuladi ?
4.Ishlab chiqarishdagi zaharli moddalardan himoyalanish usullarini aytib bering.


10-mavzu.Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi.
Reja:
1.Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish tizimi va ularning turlari. Umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati;
2.Ishlab chiqarishda yoritish va uni meyorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qо‘yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari va turlari.

1.Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish tizimi va ularning turlari.Umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati.
Ishlab chiqarish binolarini normadagi ob-havo va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlashda, ish jarayonida zararli va zaharli moddalar miqdorining chegaralangan darajada bo‘lishida, mehnat unumdorligi va mehnat xavfsizligini oshirishda shamollatish muhim ahamiyatga ega. Shamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi ifloslangan o‘ta qizigan, yoki sovigan havo toza, sovutilgan yoki qizdirilgan havo oqimi bilan to‘xtovsiz almashtiriladi. Ishlab chiqarish binolarida havo toza bo‘lishi uchun, avvalo, ishlayotgan apparat-uskunalar germetik bo‘lishi, yopiq holdagi jihozlardan foydalanish, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang chiqargan joylari berk bo‘lishi, shuningdek, changli materiallami namlash va boshqa choralarni qo‘llash talab etiladi.
Binolami shamollatish 2 usulda: tabiiy va sun’iy (mexanik) amalga oshiriladi.
Tabiiy shamollatish tashqaridagi va bino ichidagi havo haroratining farqiga qarab sodir bo‘ladi.
Sun’iy shamollatish mexanik qurilmalar - shamollatgichlar va boshqa moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalari havo oqimining yo‘nalishiga qarab uzatuvchi yoki so'ruvchi holatda bo‘lishi mumkin. Uzatuvchi shamollatishda toza havo tashqaridan binoning butun qismiga uzatilib taqsimlanadi, ifloslangan havo esa eshik, deraza va boshqa jcylardan siqib chiqariladi. So‘ruvchi shamollatishda moslama bino ichidagi ifloslangan yoki o‘ta qizigan havoni so‘rib, eshik, deraza va boshqa joyi ardan toza havo kiritilishiga asoslangan. Xonalami shamollatish GOST 12.026­84 talablariga asosan amalga oshiriladi. Tabiiy shamollatishda tartibli va tartibsiz havo almashinishi sodir bo‘ladi. Bunda tartibsiz havo almashinishi binodagi issiq havo bilan tashqaridagi sovuq havoning solishtirma og‘irligi farqiga va havosining bosimiga asosan amalga oshiriladi.
Tartibli va boshqariladigan tabiiy shamollatish - aeratsiya deyiladi. Tabiiy shamollatish issiqlik ajralib chiqadigan, tarkibida zararli moddalar bo’lgan issiq havoli ishlab chiqarish binolarida qoMlaniladi. Ifloslangan yoki qizigan havo esa deraza darchasi, aeratsiya fonarlari orqali yo‘qotiladi. Tartibli havo almashtirishning foydali tomoni shundaki, ko‘p hajmdagi havo past bosimda binoga shamollatgich va qurilmalardan mustasno uzatiladi. Bunday usulda shamollatishning kamchiligi uzatiladigan havo tozalanmasdan, qizdirilmasdan binoga uzatiladi, ifloslangan havo ham tozalanmaydi, natijada tashqi atmosfera havosini yanada ifloslantiradi. Binodagi havo almashinishi ma’lum miqdorda boMishi uchun devor, deraza, yoyma darchalar ko‘p yoki kamroq ochilib, shamol yo‘nalishiga qarab boshqariladi. Shamol bosimidan foydalanish va issiqlik bosimini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. Qish vaqtida binodagi va tashqi havo haroratidagi farq katta bo‘lganligidan, binodagi havoni almashtirish kamroq talab qilinadi. Shuning uchun havo beruvchi darchalaming yuzasi kamaytirilib, ular pol yuzasidan 5-6 m balandlikda o‘madladi. Yoz faslida esa havo oqimi 1,5—2 m balandlikdan yuborilsa,yetarli hisoblanadi. Aeratsiya usuli qish vaqtida faqat ko‘proq issiqlik ajralib chiqaradigan ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladi. Bunda ortiqcha issiqlik miqdori xonaning isitilishi talab qiladigan issiqlik miqdori dan 4-5 marta ko‘p boigan sexlarda ishlatilishi mumkin. Odatda, aeratsiya usullaridan mexanik shamollatish bilan birgalikda foydalaniladi. Sun’iy shamollatish mahalliy va umumiy shamollatish turlariga bo‘linadi. Mahalliy shamollatishda ifloslangan havo zararli mahsulot ajralib chiqadigan joyning o‘zidan yo‘qotilib, moddalarning bino ichidagi taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahalliy shamollatishga laboratoriya shkaflari, havo dushlari, yonlama suruvchilar va boshqalar ishlatiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida qizdirish jarayonlari bo‘lmaganda zaharli moddalarning yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) 100 mg/ mi va undan ortiq bo‘lganda so‘rish tezligi 0,3-0,7 m/sek talab etiladi. Zararli va zaharli moddalarning YQOD 100 mg/mi dan kam va qizdirish jarayonlari mavjud bo‘lganda, havoning so‘rish tezligini 0,7-1,5 m/ sek dan 3-5 m/sek gacha oshirish mumkin. Havo dushi 15-25°C gacha qizdirilgan va issiqlik ko‘p ajralib chiqadigan joylarda ishlayotganlarga4 m/sek tezlik bilan yuboriladigan havo oqimi yuboriladi.
Mahalliy shamollatish yordamida ajralib chiqayotgan zararli moddalar yo‘qotilgach, normal sanitariya sharoitlariga umumiy shamollatish yo‘li bilan erishiladi. Buning uchun ifloslangan toza havo bilan almashtiriladi va aralashtiriladi. Sanitariya normalariga asosan issiqlik, bug1, gaz ajralib chiqmaydigan binolarda har bir ishlovchiga havo almashtirish 20 mi/sek, deraza va darchalari bo’lmagan binolarda esa 40 mi/sek dan kam boMmasligi kerak. Almashtirilishi zarur boigan havo miqdori binodagi ajralib chiqayotgan issiqlikka, namlikka, zararli moddalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.

Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo qabul qilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma shamollatkich; 6-havoni xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.


Shamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin.
Mexanik shamollatish havo almashinishi uchun elektr energiyasidan foydalaniladi, u ventilyatorni harakatga keltiradi. Havoning o’zining o’qi yo’nalishida yoki markazdan qochma yo’nalishda xarakatga keltiradigan ventilyator turlari bor.
Shamollatish uchun asosan ikkinchi turi ishlatiladi.

Shamollatgichlar a-markazdan qochma; b-o’q bo’ylab; 1-stanina; 2-podshipnik; 3-shkiv; 4-chiqaruvchi teshik; 5-kirituvchi teshik; 6-simvalsimon qobiq; 7-ishlovchi g’ildirak; 8-bel kuraklar; 9-gupchak; 10-parraklar; 11-muhofaza qoplama; 12-elektroyuritgich.


Mexanik shamollatish ishchi binolar ichida harorat va havo namligin i bir xil tutib turish va zarur bo’lganda shamollatish tizimining ish rejimini avtomat tarzda rostlash uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarish va sanitariya-gigienik me’yorlarining talablariga qarab, ichkariga haydaladigan havoni qizdirish, sovutish yoki namlash mumkin; tashqariga haydaladigan havoni esa chang va gazlardan tozalash mumkin.





So’rish qurilmasi. Chapdagi -to’g’ri; o’ngdagi -noto’g’ri.





Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatkich esa ma`lum bir joylardagi havoni almashtiradi. Shamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog’liq bo’ladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez bo’ladigan zonadan o’tishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Xonadan tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bo’lgan tomonga chiqarish lozim.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin