1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


”H-1”shaklidagidalolatnomanito’ldirishtartibi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə27/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

4.”H-1”shaklidagidalolatnomanito’ldirishtartibi .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tyekshirish va hisobga olish yo’g’risida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi 286-son qaroriga asosan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa,


N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so‘ng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi N-1 shaklidagi dalolatnomani berishi kerak.


Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, davlat mehnat texnika nazoratchisi, kasaba uyushmalarining mehnat texnik nazoratchisi (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga a’zo tashkilotlarda), “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organlari (nazorat ostidagi obyektlarda) nazorat qiladi.
Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs N-1 shaklidagi dalolatnoma mazmunidan norozi bo‘lsa, jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. Ish beruvchi bu talablarni bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa vakillik organi davlat mehnat texnika nazoratchisiga murojaat qiladi.
N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi aniqlangan hollarda davlat mehnat texnika nazoratchisi ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga egadir. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi xulosasini bajarishga majburdir.
Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnika nazoratchisi o‘rtasidagi anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi.

IShLAB ChIQARIShDAGI BAXTSIZ HODISANI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOShQA XIL ZARARLANIShLARINI TEKShIRISh VA HISOBGA OLISh TARTIBI



1. Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak, u esa:
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
tekshirish komissiyasi ish boshlanishiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday bo‘lsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi korxona (sex) rahbari darhol hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga xabar qilishi shart.
2. Korxona tibbiy-sanitariya qismi (shifoxona, poliklinika) bir sutka ichida yordam so‘rab murojaat qilgan xodimlar, shu jumladan, xizmat safaridagi va korxona ishlab chiqarish obyektlarida ish bajarayotgan xorijiy tashkilot xodimlari bilan yuz bergan har bir baxtsiz hodisa haqida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga xabar beradi.
3. Ish beruvchining buyrug‘iga ko‘ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi.
Ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etmaydi.
Komissiya:
uch sutka ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat muhofazasi qoidalari, mehnat xavfsizligi andozalarini buzishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni aniqlab so‘roq qilishi, imkoni bo‘lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi;
baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan N-1 shaklidagi dalolatnomani uch nusxada tuzishi va imzo chekib, ularni tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak.
4. Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch sutka davomida tasdiqlangan N-1 shaklidagi dalolatnomalarni:
jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, tekshirish materiallari bilan birga korxona mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga, davlat mehnat texnika nazoratchisiga yuboradi.
N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan hisobga olinadi va daftarda qayd qilinadi (2-ilova).
Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnoma nusxalarini, kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organlariga, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi vakiliga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxonalar (obyektlar)da yuz bergan bo‘lsa, yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, tegishli vazirlik (korporatsiya, uyushma, konsern)ga ham ularning talablariga muvofiq yuborishi shart.
Mazkur bo‘limning 7, 10, 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda N-1 shaklidagi dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi va tasdiqlanadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga tekshirish materiallari bilan yuborilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma 45 yil davomida saqlanishi lozim. Boshqa joylarga yuborilgan N-1 shaklidagi dalolatnomalar va uning nusxalari ehtiyoj yo‘qolguncha saqlanadi.
5. Agar korxona qayta tashkil etilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma huquqiy vorisga korxonaning boshqa qimmatli qog‘ozlarini topshirish tartibida beriladi. Agar korxona tugatilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga beriladi. Agar korxonada yuqori turuvchi xo‘jalik organi bo‘lmasa, unda N-1 shaklidagi dalolatnoma, viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
6. Jabrlanuvchi yoki guvohlar ish vaqti davomida ish beruvchiga xabar bermaganligi yoki ish qobiliyati darhol yo‘qolmaganligi to‘g‘risidagi baxtsiz hodisalar jabrlanuvchining yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsning arizasiga, shuningdek, (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining talabiga binoan ariza berilgan yoki ko‘rsatma olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida tekshiriladi. N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish masalasi baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi ariza har tomonlama, barcha shart-sharoitlar, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar hisobga olingan holda tekshirilganidan so‘ng hal etiladi.
7. Boshqa tashkilot tomonidan o‘sha tashkilot topshirig‘ini bajarish uchun yoki xizmat vazifasini ado etish uchun mazkur korxonaga jo‘natilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.
N-1 shaklidagi dalolatnomaning 3-bandida xodimni yo‘llagan tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Baxtsiz hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi bo‘lsa o‘sha tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
Izoh:
“O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi tizimidagi boshqa korxona xodimi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa, baxtsiz hodisa yuz bergan korxona (obyekt) qaysi organ nazorati ostida bo‘lsa, shu organ tomonidan hisobga olinadi.
Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun o‘zida olib qoladi, qolgan 3 ta tasdiqlangan nusxasini jabrlanuvchi xodimi bo‘lgan tashkilotga, hisobga olish, saqlash va 4-bandda ko‘rsatib o‘tilgan manzillarga jo‘natish uchun yuboradi.
8. Ish beruvchi tomonidan vaqtincha boshqa tashkilotga ishga o‘tkazilgan yoki o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u shu tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
9. Boshqa korxonaning ajratilgan uchastkasida ish olib borayotgan korxona xodimi bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ish olib borayotgan korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
10. Harbiy qism bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma, bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi obyektlariga ishga jalb qilingan va uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
Harbiylashtirilgan kon va gaz qutqaruvchilari qismlari shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi vakili ishtirokida tekshiriladi.
11. Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida bajarayotgan axloq tuzatish-mehnat muassasi (ATMM)da, davolash-mehnat va tarbiya-mehnat profilaktoriyalari (DMP va TMP)da saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM, DMP va TMP vakili ishtirokida ish beruvchi tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
ATMM, DMP va TMPlarda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, o‘zining ishlab chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
12. Avtokorxona yoki boshqa korxona tomonidan tuzilgan yig‘ma avtokolonna tarkibida qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan avtomobil haydovchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirishda xodimni yuborgan korxona vakili qatnashadi.
13. Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta’lim maktabi, hunar-texnika bilim yurti, o‘rta maxsus o‘quv yurti o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari bilan yuz bergan baxtsiz hodisa korxona tomonidan o‘quv yurti vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‘qituvchilari rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta’lim maktabi; hunar-texnika bilim yurti, o‘rta maxsus o‘quv yurti o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar o‘quv yurtlari tomonidan korxona vakili bilan birgalikda tekshiriladi va o‘quv yurti tomonidan hisobga olinadi.
14. Mazkur bo‘limning 10, 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda, tasdiqlangan N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasi jabrlanuvchining doimiy ish, xizmat yoki o‘qish joyiga yuboriladi.

III. BAXTSIZ HODISALARNI MAXSUS TEKShIRISh


1. Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;
o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar.
Izoh: Shikastlanganlikning og‘irligi darajasi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani davolash muassasasi beradi.
2. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan (3-ilova) quyidagilarga xabar berishi kerak:
davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
yuqori turuvchi xo‘jalik organiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;
baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga;
“O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasining mahalliy organiga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa;
viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) kasaba uyushmalari kengashiga, agar baxtsiz hodisa O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga a’zo tashkilotda yuz bergan bo‘lsa.
3. Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi:
rais — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat (Toshkent shahar) (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi yoki “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi nazorati ostidagi korxona (obyekt) vakili;
a’zolar — yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili, ish beruvchi, II bo‘limning 7, 10, 11, 12 va 13-kichik bandlarida ko‘zda tutilgan hollarda jabrlanuvchining asosiy ish joyi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga a’zo tashkilotda yuz bergan hollarda, kasaba uyushmalarining mehnat (bosh) texnik nazoratchisi.
“O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi nazorati ostidagi korxona (obyekt)larda yuz bergan guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani tegishli Davlat mehnat texnika nazorati bilan kelishilgan holda “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasining respublika yoki mahalliy organlari buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya, yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili ishtirokida tekshiradi. Komissiya raisi qilib shu organ vakili tayinlanadi. Komissiya tarkibiga (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi kiradi.
Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida N-1 shaklidagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir sutka ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ikki — to‘rt kishining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi:
rais — O‘zbekiston Respublikasi (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi;
a’zolar — yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi.
“O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi nazorati ostida bo‘lgan korxona (obyekt)dagi shunga o‘xshash baxtsiz hodisa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat texnika nazorati bilan kelishilgan holda “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbari ishtirokida tekshiriladi. Komissiya raisi qilib, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi rahbarlaridan biri tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi komissiya tarkibiga kiradi.
Agar baxtsiz hodisa O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashiga a’zo tashkilotda yuz bersa, u holda kasaba uyushmalarining bosh mehnat texnik nazoratchisi komissiya tarkibiga kiritiladi.
Besh va undan ziyod kishi o‘lgan baxtsiz hodisalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
4. Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxona (bo‘linma, sex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‘lsa, tarmoqning boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi (4-ilova) hamda III bo‘limning 7-bandida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etadilar, zarur bo‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadilar yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila a’zolariga ularning huquqlarini tushuntiradilar.
Kasaba uyushmalarining (bosh) mehnat texnik nazoratchisi bu masala bo‘yicha o‘zining alohida fikrini bildirishi mumkin.
5. (Bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan xulosalardan norozi bo‘lsa, shuningdek, u zarur deb hisoblagan boshqa hollarda o‘z xulosasini chiqaradi (5-ilova).
6. Maxsus tekshirish komissiyasi talabiga ko‘ra ish beruvchi:
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun o‘zlarining oralaridan ekspert guruhi tuzish mumkin bo‘lgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi;
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va boshqa ishlarni amalga oshirishi;
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi;
tekshirish uchun zarur bo‘lgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi;
komissiya a’zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish materiallarini mashinkada yozishni va yetarli miqdorda ko‘paytirishni ta’minlashi shartdir.
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari sinovdan o‘tkazish va taklif qilingan mutaxassislar amalga oshirayotgan boshqa ishlar, shuningdek, transport va aloqa vositalari xarajatlarini baxtsiz hodisa yuz bergan korxona to‘laydi.
Komissiya a’zolari tekshirish davomida ish beruvchidan, korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma va og‘zaki tushuntirishlar olishga haqlidirlar.
Izoh: Ekspert guruhi tekshirish komissiyasi raisining farmoyishiga muvofiq tuziladi. Ekspert xulosasini talab qiluvchi masalalar va ekspert guruhi xulosasi bo‘lgan materiallar yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
7. Maxsus tekshirish materiallariga quyidagilar kiradi:
maxsus tekshirish dalolatnomasi;
har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma;
rejalar, sxemalar, tekshirish protokoli va baxtsiz hodisa yuz bergan joyning fotosuratlari;
yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joy sxemasi;
so‘roqlar protokoli, jabrlanuvchining va baxtsiz hodisani ko‘rgan guvohlar va boshqa aloqador shaxslarning, shuningdek, GOST, SSBT standartlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishiga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning tushuntirishlari, ekspert guruhi tuzish to‘g‘risidagi farmoyish va boshqalar;
jabrlanuvchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitilganligi va yo‘riqnomalar olganligi haqidagi qayd daftarlaridan ko‘chirmalar;
jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va og‘irligi, o‘limi sabablari to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
ekspert guruhining (zarur bo‘lganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari;
avariya tufayli ko‘rilgan moddiy zarar haqidagi ma’lumotnoma;
maxsus tekshirish komissiyasi tuzish haqidagi buyruq yoki qaror;
yo‘riqnomalar, nizomlar, buyruqlardan va mehnat xavfsizligi me’yorlarini va unga mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilovchi boshqa dalolatnomalardan ko‘chirmalar;
korxona (bo‘linma, sex)da mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish to‘g‘risidagi maxsus tekshirish komissiyasining dalolatnomasi;
zarur bo‘lgan hollarda (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining xulosasi.
8. Maxsus tekshirish tugaganidan so‘ng 15 kun mobaynida (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi (“O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organi nazoratchisi) tekshirish materiallarini:
guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga yuboradi;
maxsus tekshirishning barcha materiallari nusxalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasiga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga hamda tegishli vazirlik (korporatsiya, uyushma, konsern)ga, korxonaga va uning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi.
Maxsus tekshirish materiallari nusxalari “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organiga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, hamda viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) kasaba uyushmalari kengashiga ham, agar baxtsiz hodisa O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga a’zo tashkilotda yuz bergan bo‘lsa, yuboriladi.
9. Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi (yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbari) maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan ko‘rib chiqishga, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida komissiya taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarish haqida, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha lavozimi va kasbiga oid vazifalarning bajarilmasligi (buzilishi)ga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq chiqarishga majburdir.
Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarning bajarilganligi haqida maxsus tekshirish o‘tkazishni boshqargan (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisiga, shuningdek, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasining obyektlar nazorati ostida bo‘lgan mahalliy organlariga yozma ravishda axborot beradi.
10. Agar jabrlanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotgan davrda shu baxtsiz hodisa sababli o‘lib qolsa, ish beruvchi bu haqda darhol davlat mehnat texnika nazoratchisiga va ushbu Nizomning III bo‘limi 2-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarga xabar berishga majburdir.

IV. BAXTSIZ HODISALAR TO‘G‘RISIDA HISOBOT VA ULARNING KELIB ChIQIShI SABABLARI TAHLILI


1. N-1 shaklidagi dalolatnoma bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga kiritiladi.
2. N-1 shaklidagi dalolatnomalar asosida ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar chog‘ida jabrlanuvchilar to‘g‘risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda hisobot tayyorlaydi va uni tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
3. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilishi, ularning mehnat jamoasida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir.
4. Vazirlik, korporatsiya, uyushma, konsern barcha baxtsiz hodisalarning hisobini va tahlilini olib boradi, uni o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga ma’lumot uchun yuboradi. Tegishli kasaba uyushmasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda baxtsiz hodisalarning oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
5. O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan birgalikda yuqori turuvchi xo‘jalik organlarida va “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi hay’atida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi obyektda yuz bergan bo‘lsa) (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi ishtirokida muhokama qilinadi.
6. Ikki va undan ziyod kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashida va “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi hay’atida, baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashi chiqargan qaror bajarilishi shartdir.
7. Baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish olib borayotgan (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi talabiga binoan prokuratura, sog‘liqni saqlash organlari (sud-tibbiy ekspertiza), davlat avtomobil nazorati, davlat yong‘in nazorati organlari 3 sutkadan kechiktirmay, baxtsiz hodisaga taalluqli hujjatlar va materiallar nusxalarini taqdim etishlari shartdir.
8. Prokuratura organlari Davlat mehnat texnika nazoratiga, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organiga ishning borishi to‘g‘risida axborot berib turadilar.
9.Ushbu Nizomni buzishda ayblanuvchilar mavjud qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

1-ILOVA


“TASDIQLAYMAN”




N-1 shakli

Ish beruvchi





Bir nusxadan yuboriladi:



____________________________
(imzo, imzo yoyilmasi)

— jabrlanuvchiga (o‘lgan bo‘lsa oilasiga);

19 _____ yil ______________________

— mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga;

korxona muhri




— bosh davlat mehnat texnika nazoratchisiga























Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin