1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə2/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

1.Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ta’lim jarayonining barcha sohalarida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g’risidagi Qonunlar asosida ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta’lim mazmuni tubdan ijobiy o‘zgarishga yuz tutmoqda. Barcha ta’lim tizimida eng zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to‘g’risida»gi Qonun ta’lim tizimi mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi. Jumladan oliy ta’lim o‘quv rejalariga zamon va hayot talablaridan kelib chiqib katta o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma’lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o‘z aksini va dolzarbligini yo‘qotmaydigan bo‘lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta’lim standartlari qo‘ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini yetuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o‘ringa qo‘yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo‘lishi shubhasiz.
Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo‘ladi. Inson o‘zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo‘lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin