1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Fanning birinchi – hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari bo‘limida fanning asosiy tushunchalari, ularning mazmuni, xavfsizlikni ta’minlash usul va vositlari, inson faoliyatining turlari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi, ularga qo‘yiladigan talablar hamda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari mavzulari muhokama etilgan.
Fanning ikkinchi – fuqaro muhofazasi asoslari bo‘limida: Favqulodda vaziyatlar, ularning sababchi omillari, xususiyatlari va oqibatlari, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni, moddiy boyliklarini, obyektlarni himoya qilish usullari va himoyalovchi vositalardan foydalana bilish qoidalariga o‘rgatish, shikastlangan o‘choqlarda qutqaruv va birinchi tiklov ishlarini o‘tkazish va boshqa muhim vazifalar muhokama etilgan.
Bu bo‘limda keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga oid qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirligining yo‘riqnomalari asos qilib olingan.
Fanning uchinchi – yong‘in xavfsizligi asoslari bo‘limida, yong‘in, uning sababchi omillari va salbiy oqibatlari, yonish jarayoni, uning fazalari, yong‘in xavfiga bardoshli bino, inshootlar va qurilish materiallarining turlari, yong‘inni so‘ndiruvchi vositalar, ularning xususiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masalalar muhokama etilgan. Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining 30.09.2009-yilda qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi» Qonuni asos qilib olingan.
Fanning to‘rtinchi – birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida: fuqarolarni ishlab chiqarish xavflaridan hamda hayotiy faoliyatining boshqa jabhalarida yuz beradigan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlardan oladigan jarohatlarida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoida va usullarini, yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan tibbiyot vositalarini o‘rgatadi. Chunki har bir jarohatning o‘z salbiy jihatlari borki, unga tez va to‘g‘ri harakatlar hamda vositalar bilan yordam ko‘rsatilmasa, jarohatning boshqa salbiy oqibatlari kelib chiqishi mumkin. Shu sababdan har bir fuqaro birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish muolajalarini bilishi zarur hisoblanadi.
Fanning bo‘limlari to‘g‘risida qisqacha izoh berilgan bo‘lsada, talaba kursni o‘zlashtirish davomida har bir bo‘limda keltirilgan mukammal ma’lumotlar va tavsiyalar bilan kengroq tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin