1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə14/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Tayanch so‘zlar: Xavflarning taksonomiyasi; xavflarning nomenklaturasi; xavflarning kvantifikatsiyasi; xavflarning identifikatsiyasi; faoliyat; xavf – sabab – oqibat tushunchalari; mehnat faoliyatida «gomosfera»; mehnat faoliyatida «texnosfera»; xavfsizlik uslublari; xavfsizlik vositalari;
Nazorat savollar.
1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning qanday uslublarini bilasiz?
2. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda qanday vositalardan foydalaniladi?
3. Xavflarning qanday turlarini bilasiz?
4. Xavflarning kvantifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
5. Texnosfera tushunchasining mohiyatini tushuntirib bering? 4-Mavzu.Faoliyat xavfsizligining ergonomik va psixologik asoslari
Reja:
1.Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari,printsip va usullari Ergonomika soxasida “inson- mashina–muxit” sistemasining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi muvofiklik
3.Faoliyat xavfsizligining psixologiyasi. Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari.
Ish joylarini estetik jihatdan jihozlash.
1.Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari,printsip va usullari Ergonomika soxasida “inson- mashina–muxit” sistemasining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi muvofiklik
Ergonomika ilmiy fan bo‘lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya,biomexanika, toksikologiya,antropometriya va biofizika fanlarining ma'lumotlari qo‘llaniladi. Ergonomika-mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o‘rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo‘ladi,hamda intellektual va flzik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi.
Boshqacha qilib aytganda,inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o‘rtasida ma'lum kelishuvchanlik haqida so‘z boradi.
Albatta bunda o‘ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to‘g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham yechilavermaydi.HFX esa insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko‘radi.
Ergonomika-bu mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika tushunchasi grekcha- ish va qonun degan so‘zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika so‘zini birinchi bo‘lib, 1875- yili o‘zining “Ergonomika jihatilari, ya’ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan. Yangi ilmiy fanni yaratish g'oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari Bexterev V.M. va Myasnitsev V.N.lar uni “egologiya” keyin“ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan.1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta'riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson injeneriyasi, injenerlik psixologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari kabi tushunchalar. Ergonomika texnika rivojlanishining ma'lum etapi (bosqichi)da paydo bo‘lgan bo‘lib,ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-sharoitdir. Yangi jihoz va unga to‘g'ri kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo‘ladigan ko‘pchilik savollarni faqat soglom fikr asosida yechish mumkin bo‘lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi.Ayrim yangi mashinalar namunasini sinash va foydalanish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida konstruktor va muhandislarimiz shunga ishonadilarki, inson organizmisiz mashinalarga bo‘lgan ilmiy asoslangan talablar,a balki eng takomillashgan texnik yechimlar ham yetarsiz darajada samaralidir. Bu shunday bir tushunchaki, mashinalarningkonstruksiyasi insonning funksional ehtiyojlariga mos kelmasligidiDemak,ergonomika “inson-mashina-ishlab chiqarish–muhit” tizimini o‘rganadi.
Ergonomika fanining maqsadi-mashina va ishlab chiqarish qurollarining o‘lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni mehnat jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko‘ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir.Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarniquyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo‘ lishimiz mumkin:
Ergonomika insonning mexnat faoliyati davomida faoliyatni samarali bo`lishini va inson uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlay oladigan funktsional imkoniyatlarni urganuvchi fandir. Boshkacha aytganda, bu fan - inson xarakteri , mashina imkoniyatlari va xarakteristikalari xamda muxit xarakteri orasidagi uzaro muvofiklik xamda uzaro ta’sirni, yani “inson- mashina- muxit“ stemasini urganuvchi fandir. Ergonomika atamasini ko`llash polyak olimi Yastshembovskiy tomonidan taklif etilgan va u o`zining “Chertы ergonomiki, to yest nauki o trude” nomli kitobida ushbu atamani ishlatgan. Ergonomika soxasida “inson- mashina –muxit” sistemasining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi besh xil muvofiklik mavjud: ma’lumot (axborot), biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik.
Axborot muvofikligi. Murakkab sistemalarda operator odatda bevosita fizik jarayonlarni boshkarmaydi. Chunki, ko`pincha, xavflilik nuktai nazaridan operator, ushbu jarayonning bajarilish zonasidan ma’lum masofada uzokda bo`ladi. Boshkarish ob’ektlari esa ko`rinmaydigan, eshitilmaydigan, sezilmaydigan xolatda bo`lishi mumkin. Operator fakatgina o`lchash asboblari va jixozlarining kursatkichlarini ko`rishi, signallarni eshitishi va bu orqali jarayon borishini boshqarib,nazorat qilib borishi mumkin. Bu turdagi barcha qurilmalar axborotni aks etdiruvchi vositalar deb yuritiladi. Ayrim hollarda operator boshqarish dastaklaridan, knopkalaridan, yoqib-o`chirgichlardan va shu kabi boshqa boshqarish organlaridan foydalanishi mumkin. Bunday boshkarish organlarining birgalikdagi xolati sensomotor maydonini vujudga keltiradi.Axborotni aks etdiruvchi vositalar va sensotor qurilmalar mashinaning axborot modeli deb ataladi. Operator ushbu model orkali eng murakkab sistemalarni xam boshkarishi mumkin bo`ladi.
-Ergonomikaning asosiy vazifasi faoliyat davrida mashinaning barcha xarakteristikalarini ta’minlaydigan va shu bilan bir vaqtda operatorning xotirasi va fikrini charchatmasdan (zuriktirmasdan) barcha axborotlarni qabul qilish hamda qayta ishlash imkonini beradigan axborot modelini yaratish xisoblanadi. Albatta,bu masala yechimi xavfsizlikni ta’minlash, ishdagi anikliklik, sifat, ish unumdorligi kabi ko`rsatkichlarga boglik bo`ladi.Shu sababli,axborot modeli insonning psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi zarur.
Biofizik muvofiklik. Biofizik muvofiklik deganda, operatorning maqbul ish qobiliyatini va normal fiziologik holatini ta’minlaydigan atrof-muhit sharoitini yaratish tushuniladi. Atrof-muhit sharoitining ko`pgina faktorlarini optimal,ya’ni,ruhsat etilgan miqdorlari (REM) standart asosida o`rnatilgan. Lekin, ular ko`pincha operatorning funktsional vazifalari bilan boglanmagan bo`ladi. Shu sababli, mashinalarni ishlab chiqishda (loyixalashda) shovqin, titrash, yoritilganlik, xavo muhiti va shu kabi faktorlarni maxsus tadqiqot qilish va ularning miqdorlarini REM bo`yicha o`rnatish talab etiladi. Ma’lumki, insonning kuch va energetik parametrlari ma’lum chegaraga egadir. Sensomotor qurilmalarini (boshqarish dastaklari,knopkalar,qo`shib-ajratgichlar va b.) harakatga keltirish ko`p yoki juda kam kuch talab etishi mumkin. Birinchi xolda, inson tez charchashi va bu boshqariluvchi sistemada ko`ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi xolatda esa, operator ish dastagi qarshiligini his qilmaganligi sababli ish aniqligi pasayishi mumkin.
Energetik muvofiklik deganda,sarflanadigan kuch, kuvvat,tezlik va xarakat aniqligi nisbatida mashinaning boshqarish organlari bilan insonning optimal imkoniyatlarini mos kelishi tushuniladi.
Fazoviy-antropometrik muvofiklik-faoliyat davrida, ya’ni ishni bajarish vaqtida, insonning gavda o`lchamlarini, tashqi fazoviy imkoniyatlarini,ishchining ish holatidagi gavda joylashuvini hisobga olish demakdir.Bu masalani yechish ish joyi hajmini,operatorning faoliyat davridagi oxirgi ta’sir nuktasini,boshqarish asboblaridan operatorgacha bo`lgan masofani aniqlash orqali amalga oshiriladi.Ushbu masala yechimining murakkab tomoni insonning antropometrik ko`rsatkichlarini turlichaligidadir.Masalan,o`rtacha uzunlikdagi kishini qanoatlantirgan o`tirgich past yoki uzun bo`yli kishilar uchun noqulaylik tugdiradi. Xo`sh, bunday xolatda qanday ish tutmoq lozim? Albatta, bu savolga ergonomika javob beradi.
Texnik-estetik muvofiklik–mashina va ish texnologiyasini texnik-estetik jihatdan ishchining talabini qanoatlantirishidir.Inson mashinada ish bajarganda yoki asbob va qurilmalardan foydalanganda o`zida ijobiy hissiyotlar hosil qilishi,yani,har qanday mashinaning tashqi ko`rinishi,shakli, qulayligi, rangi va boshqa ko`rsatkichlari ham ish jarayoniga, ham ishchining hissiyotiga mos kelishi lozim.Bu masalani yechishda ergonomika konstruktorlar,dizayenerlar,rassomlardan foydalanadi.
Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi-psixologik ilmning bir sohasidir.Ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga,mehnatga o‘qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o‘rganadi.Shuning uchun mehnat psixologiyasining o‘rganish obyekti nafaqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo‘lmasdan,balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman-uning kasbiy qobiliyatlari va mehnat faoliyati amalga munosabatlar,predmetlar,qurollar,mehnat ozuqalari ishlab chiqarishga o‘qitishning usullari hisoblanadi.Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi-mehnat faoliyatining yengil, xavfsiz bo‘lishiga,uning katta xursandchilik olib kelishiga, korxonalardagi insoniy munosabatlar garmonik va aktiv bo`lishiga yordam berishdir.
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tez-tez buzilish va jarohatlanishlar asosida injenerlik konstruktorlik nuqsonlar yotmaydi, balki tashkiliypsixologik sabablar: xavfsizlik masalalari bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikning past darajasi, yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni kuzatishga mutaxassislarni yetarli darajada qo‘ymaslik, jarohatlanishga xavfi baland shaxslarni xavfli ishlar turiga qo‘yish, odamlarning ishga charchagan va psixologi holatlarida kelishi. Halqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, bo‘ladigan jarohatning 60% dan 90% gachasi asosan jabrlanuvchilarning o‘z ayblari bilan sodir bo‘ladi. Bu borada Suqrotning quyidagi gapini eslaymiz: Men tirik bo‘lmagan tabiat bilan shug'ullanishni tugataman deb qaror qildim va tushunishga harakat qilaman, nimaga shunday bo‘ladi, odam biladi, nima yaxshi, biroq yomon ishni qiladi. Xavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta'minlash uchun psixologik bilimlarni qo‘llash tushuniladi.Xavfsizlik psixologiyasi psixologik jarayonlar va xususiyatlarni o‘rganadi va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixologikholatlarning har xil shakllarini, aynan to‘liq tahlil qiladi. Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruh komponentlarni ajratadi: psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkilqiladi. Bularsiz bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik jarayonlarning bilimli, emotsional va irodali turlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hokazo). Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati - bu uning muhim afzalliklari (xarakter, temperament yo‘nalishi). Shaxsning sifatlari ichida intellektuallik, emotsionallik, iroda, axloq, mehnat ajralib turadi.Yana barqarorlik va doimiylik xususiyatlari. Psixologik holatlar turli-tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilan ajraladi, u aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixologik jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik psixologiyasi muammolaridmuammolaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish jarohati halokatning oldini olishni tashkil qilishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish psixologik holatlari va maxsuspsixologik holatlarni ajratish maqsadga muvofiq.Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi.Psixik kuchlanish ma'lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiyta'sir qiladi.Aktivlashishning kritik darajagacha ko‘tarilishj, mehnat natijalarining pasayishiga, ba'zan ishchanlikning to‘liq yo‘qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me'yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi. Insonning normal yuklanishi maksimal yuklanishga nisbatan 40-60% dan oshmasligi kerak, ya'ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Psixik kuchlanishning chegaradan chiqqan shakllari psixik faoliyatning har xil qiyofada dezintegralsiyalanishiga olib keladi, birinchi navbatda insonga xos yakka psixik ish qobiliyati darajasining pasayishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning juda aniq ifodalangan shakllaridaharakat koordindfeiyasi va chaqqonligi yo‘qoladi, balki harakatning samarasiz shakllari va boshqa salbiy holatlar paydo boladi. Ishchilarning xatti-harakatini to‘g'ri tashkil qilishda, ish xavfsizligi tajribasini ishlabchiqarishda, yaxshi psixologik sharoitlarni yartishda katta rolq(ahamiyat) mehnat psixofiziologiyasi va alohida mehnat xavfsizligi psixologiyasiga tegishlidir. Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yoritilmagan. Shuning uchun bu masalalarga to‘liq to‘htalib o‘tamiz. Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror ko‘taruvchi omillar va ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha ko‘taruvchi omillar.Birinchi guruh omillariga quyidagilar kiradi:Insonning asab tizimida yoki boshqa a'zolarida doirniy funksional o‘zgarishlar, kasallik fe'li yoki shunga yaqin holatga ega bo‘lganda. Bularning ichida bir qator qattiq patologik o‘zgarishlar ajratiladi, vaholanki bular ish qobiliyatining to‘la yo‘qolishiga olib kelmasada, xulq-atvorga ta'sir qiladi va xavf ostida qolishni kuchaytiradi. Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi. Nerv tizimi oliy bo‘limlari harakatlanuvchi markazlari bilan sensori o‘rtasidagi aloqalarning buzilishu Sunday o‘zgarishlar oqibatida inson sezish organlari bilan qabul qiladigan tashqi ta'sirni aniq va tez fahmlashga loyiq emas, ya'ni ko‘pchilikbaxtsiz hodisalar sodir bo‘lishida funksional buzilishlar bosh rol o‘ynaydi. Harakat koordinatalarining kelishishida sodir bo‘ladigan nuqsonlar. U yoki bu harakatni bajaruvchi muskullar bosh miyaning har xif harakatlanuvchi markazlaridan boshqariladi. Ko‘pchilik odamlarda bitmarkazlarning faoliyati yetarsiz darajada kelishilmasdan kechadi, natijada murakkab kombinatsiyalashgan harakatlardan tashkil topgan ishchi usul va operatsiyalarni bajarishda ayrim uzilishlarni kuzatish mumkin: Vaqti-vaqti bilan ishchi o‘zini yo‘qotadi, ayrim harakatlarni qo‘yib yuboradi.Bunday holatlarda harakatlarning kelishilmaganligi emotsional uyalishdagi e'tibor va holat nuqsonlari bilan qo‘shiladi. Koordinatsiyaga ega bo‘lmagan harakatdagi odamlarni baxtsiz hodisa xavfi bo‘lgan ishlarda iloji boricha ishlatmaslik maqsadga muvofiqdir, ayrim hollarda ularni boshqa ishga o‘tkazish lozim.Arzimas tashqi qo‘zgatuvchiga nisbatan o‘tkir emotsional reaksiya. Yengiltaklik, oqibatlarini o‘ylamaslik, bajarishdagi sxoshmasxosharlik, o‘ylash jarayonlarining yuzaki xarakteri, fikrlash doirasining yo‘qligi ishda xatoning bo‘lishiga olib keladi. Bunday ishchilarning xavfsizligi uchun maxsus kuzatuv lozim, qayerda himoyalanish tez va aniq harakatlanish qobiliyati bilan ta'minlanadigan bo‘lsa, ularni jo‘natish mumkin bo‘lmaydi.Ichkilikka, chekuvchilikka moyillik (qiziqish). Ishdan qoniqmaslik, unga nisbatan qiziqishning yo‘qligi. Odam ish bilan qiziqmasa, qoniqish qabul qilmasa, harakat va usullarni aniq bajarishga psixologik to‘g'ri moslashishga va o‘z e'tiborini jipslashtirishga noloyiq bo‘lganda uning xulqi ishonchsiz xarakterlanadi, e'tibori esa parishon bo‘ladi. Shuning uchun mehnat xavfsizligi nuqtayi nazaridan, bir tomonidan, inson o‘zining qiziqishi va moyilligini qanoatlantiradigan ish turini qabul qilishi juda muhim. Boshqa tomondan, jamoadagi butun vaziyat o‘z faoliyatida keraklicha qiziqish namoyish qilmaydiganlarga yaxshi ta'sir qilishini kuzatish kerak.Ikkinchi guruhga kiruvchi psixologik omillarga: ish jarayonining ma'lum davrida paydo bo‘ladigan va bir necha soat yoki minutlarda hisoblangan qisqa vaqt ichida odam xulq-atvoriga ta'sir qiladigan omillar kiradi. Bularga tajribasizlik, ehtiyotsizlik va charchash kabi omillar kiradi. Tajribasizlik - ish joyida ishchining butun xulqiga ta'sir qiladi va Ish jadalligi, sur'ati va bir maqomligi bilan ifodalanadi. Tajribasiz ishchi texnikaning bar xif kamchiliklardan paydo bo‘lgan ishdagi uzilishlarga, atrof-muhitning yomon ta'siriga tez moslashishga yo‘l topa olmaydi, ko‘p charchaydi va buning bilan o‘z ishining xavfsizligini kamaytiradi.
Inson faoliyatini tashkil qilishning psixologik jihatlari.
Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta'minlash maqsadga muvofiq:
- operatorning ma'qul ishchi holati (tik yoki o‘tirgan holda);
- muhimligi va ko‘rish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga
qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish;
-operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi;
- ish joyi elementlarining eng yaxshi ko‘rinishi;
-insonning antropometrik,fiziologik va psixologik tavsiflarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi;
- mashinadan kefayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tononidan qabul qilish va ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi;
-operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchunf sharoit bo‘lishi;
- ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.
Ish joyi o‘zida ma'lumot (MAAV joylashgan bo‘shliq) va motor (boshqarish qismlari joylashgan bo‘shliq) maydonlarini tashkil qiladi.Ma'lumot maydonida bir-biridan farqli uchta zona mavjud; birinchi zonada - ko‘rsatkichlarni aniq va tez hisoblash talab qilingan MAAV joylashgan (rasmga qarang); ikkinchi zonada ko‘rsatkichlarni kamroqi aniqlik va tezlikda hisoblash talab qilingan MAAV joylashgan; uchinchi zonada juda kam ishlatiladigan vositalar joylashadi.Motor maydoni ham 3 ta zonadan iborat: juda tez foydalaniladigan (bir minutda kamida 2 marta) va optimal yeta oladigan juda muhim: boshqarish qismlari joylashgan - birinchi zona; tez ishlatiladigan boshqarish qismlari (1 soatda 2 martadan ko‘pj va yengil eta oladigan kam muhim vositalar joylashgan - ikkinchi zona; kam ishlatiladigan (1 soatda 2m martadan kam) vositalar joylashgan -uchinchi zonalardan iborat.Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o‘rindig'i) hisoblanadi. U operatorga fiziologik jihatidan mehnat xarakteri va sharoitiga binoan ratsional ishchi holat (poza)ni ta'minlash va funksional shinamlikni ta'minlash mezoni bo‘lishi lozim. Kreslo o‘z ichiga o‘tirgich,suyanchiq va tirsak qo‘ygichlar hamda qo‘shimcha elementlar – bosh qo‘ygich va oyoq qo‘ygichlardan iborat bo‘ladi. Kresloning hamma qismlari vertikal va gorizontal tekislikda, hamda ma'lum burchakka sozlanadigan bo‘lishi kerak. Yana u polga nisbatan fiksatsiyalanadigan moslama, hamda zarur bo‘lgan hollarda vertikal o‘q bo‘yicha 180-360° buraladigan moslamaga ega bo‘lishi lozim. Harakatlanadigan texnikada kreslo xavfsizlik tasmasi bilan jihozlanishi lozim.
1.Psixologik yuklanishni kamaytirish,
-nazorat tizimlarini avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish
- ish xavfsizligini ta'minlash:
- jihozlar ishining ishonchliligini ta'minlash;
- me'yoriy darajagacha ma'lumotlar hajmini kamaytirish;
- sozlash va nazoratning qulay (ratsional) tizimlarini tashkil qil
- nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtnrish.
2,Shinam ishchi muhitini ta' minlash
- ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash.
3.Ishning qulayligini ta’minlash-bunda qulay bo‘lgan jihoz,mebel,asbob,maxsus kiyimlarni yaratish va ishiatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini kiradi.
4. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish
- jihozlarni ratsional joylashtirish;
- ishchi zonani to‘g'ri tashkil qilish:
- tashish va o^tish ishlarini kamaytirish;
- ishlash va dam olishni to‘ g' ri tashkil qilish;
- maishiy xizmat qilishni to‘ g’ ri tashkil qilish.
5. Kadrlar bilai ishlash
- bunga kasbiy tanlash, instruktaj o‘tkazish, tajriba almashish,kasbiy o‘qitish va malaka oshirish kiradi.
6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish
- shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish;
- shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari;
- iarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish;
- ish joyini to‘g’ri tashkil qilish;
- ishchi zonani to‘g'ri ta'minlash;
- ratsional harakatlanishni tanlash;
- boshqarish qismlarini to‘g'ri tanlash va jojfjashtirish;
- boshqarishni markazlashtirish.
Ish joylarini estetik jihatdan jihozlash.
Ma’lumotlani aks ettiruvchi vositalar (MAAV) ishlab chiqarish jarayonining, hamda alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida ma’lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar texnologik jarayonni bevosita o‘zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va sifatli holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi. Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAAV quyidagi:vizual, akustik va taktik turlarga bo‘linadi.
MAAV larga quyidagilar:
1.yozuvli yoki simvolli tahtani yorituvchi cho‘g’lanuvchi lampalar,2. strelkali-shkalali o‘lchov asboblari,3. har xil ko‘rsatkichlar,4. hisoblagichlar, 5.ovozli ohanglar,
6.ekranlar,sxemalar va hokazolar kiradi.
Ular o‘z prinsipiga ko‘ra quyidagi ‘hayoq’ degan ma’lumotniberishi mumkin (ya’ni mashina ishlayapti yoki yo‘q; birorta o‘lcham me’yorida yoki yo‘q), ba’zan o‘lchamning sonli o‘zgarishini ko‘rsatadi.Tovush signallari avariya (800-5000Gs chastota, tovush bosimidarajasi 90-100 dB oraliqlarda), ogohlantiruvchi (200-80 Gs, 80-90 dB) vaxabar beruvchi (200-400Gs,3080dB)signallarniberishuchunishlatiladi.Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalgaoshiriladi va alohida signallarning eshitilish uzunligiga teng va ularoralig’idagi interval kamida 0,2 sekundgacha bo‘ladi. Signal tovushini bosimining darajasi ishlab chiqarish jarayoni shovqin darajasidan kamida 10-16 dB ga baland bo‘lishi lozim. Traktorlarda tovush signalining darajasi traktor shovqinidan kamida 6 dB ga kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo‘ lishi kerak.
Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini ratsional tashkilqilishning umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo‘shimcha jihozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masaladar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo‘yalishi) psixologik,fizologik - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi.Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy elementiga panel kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorni qarash chizig’iga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo‘l yetadigan bo‘lishi lozim.Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko‘pi bilan 120 sm balandlikda bo‘lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o‘lchamdagi tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi - 63 sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo‘Igan bo‘shliq ko‘zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi.Boshqaruv qism (organ)lari boshqarilayotgan ta'sirni insondan mashinaga uzatish: uni harakatga keltirish, ishchi qismlarni to‘xtatish,talab qilingan ish rejimini belgilash, ma’lumotlarni kiritish yoki olish va hokazo vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Boshqarish qismlari yurituvchi element va ijro qiluvchi qismlardan iborat, shundan yurituvchi elementlarga eng qattiq ergonomik talablar qo‘yiladi.Boshqarish qismlarining konstruksiyasi insonning harakatlanuvchi apparatiga mos bo‘lgan ruxsat qilingan me'yoriy yuklanishteva uning antropometrik tavsiflariga binoan boshqarishni amalga oshirishda zarur aniqlik va harakat tezligini tez aniqlashni ta'minlashi lozim. Boshqarish qismlari qoxl va oyoq orqali bajariladigan qilib ishlanadi. Qo‘l bilan boshqarish ancha aniq bolib, oyoq orqali boshqarishga nisbatan ustun turadi.Boshqarish qismlari ko‘p bo‘lganda yoki ularni katta kuch bilari ishlatganda, qo‘llarni ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qollaniladi. Boshqarishni qismlarining yurituvchi elementlari shakli va o‘lchamlari qo‘l bilan ushlaganda, ishonchli va toymaydigan bolishi, ularning materiallari zaharsiz hamda zarur holatlarda issiqlik, elektr o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.Qo‘l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bunda operator qo‘llari 90-135° burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish pedallari operator gavdasining ko‘ndalang o‘qiga yaqin joylashtiriladi (100 mm dan katta bo‘lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo‘lishi hamda toymaydigan qilib yasalgan bo‘lishi kerak.Boshqarish qismlari qo‘l yoki oyoq og'irligi ostida tasodifan qo‘shilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo‘lishi kerak.Boshqarish qismlarini harakatga keltirishga sarflanadigan kuch haddan tashqari ko‘p yoki kam bo‘lmasligi lozim, aks holda u operatorning jismoniy toliqishiga yoki harakat aniqligining yo‘qolishiga olib keladi. Qo‘lda ko‘p ishlatiladigan qismlar minimal kam kuch bilan boshqarilishi kerak. Quyidagi jadvalda boshqaruv qism (organ)lariga qo‘yiladigan optimal kuch qiymatlari keltirilgan. Boshqarish qismlari va ma'lumotlarni aks ettiruvchi vositalar bar xil seziladigan va tez topiladigan joyda o‘rnatilgan bolishi lozim. Buning uchun ularga yoki ular joylashgan yerda tushuntirish yozuvlari yoki ma’noli simvollar keltirilishi hamda ularni bar xil olcham, shakl va ranglaida ishlanishi lozim.
Ish joyi - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “insonmashina ishlab chiqarish muhiti” tizimida ma'lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jihozlar bilan jihozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo‘linib, tikka, o‘tirib va “tikka-o‘tirib” ishlashga mo‘ljallanadi. Egronomika ish joylarini loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo‘shimcha harakat zonalarni aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo‘yicha, simmetriya o‘qidan front bo‘yicha jihozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi. Odam har xil ishchi holat (tik, o‘tirgan, yotgan va engashgan)larining optimal va chegaraviy o‘lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Ishning va ishchi holatlarning xarakteriga bogliq hamda har xil turdagi ishchi stollar va o‘rindiqlarni konstruksiyalash bo‘yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi. Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to‘liq rejalashtirish, key in qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish. Ish joyini loyihalashda antropometriya ma'lumotlarini hisobga olish muhimdir.
Ergonomika bo‘yicha manbaalarda maxsus ta'kidlanadiki, konstruktor o‘zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.Faqat inson tanasi o‘lchamlari va a'zolari haqida, uning yoshi va jinsi o‘rganilgan holda keng to‘plangan tizimli tanlangan ma'lumotlarni jalb qilganda olcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo‘lishi mumkin.
Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali:
- harakat trayektoriyasi va sonini minimumgacha ;
- harakatning oddiy va ritmik bo‘lishi;
- har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay holda tugashi;
-o‘tgan va bo‘lajak harakatlar bir-biri bilan tekis bog'langan bo‘lishi;
-harakatni boshlash va tugatish uchun zarur bo‘lgan vaqt taxminan doimiy va yo‘l uzunligiga bog’liq bo‘lmasligi;
-qo‘lning egri chiziqli uzluksiz harakati to‘satdan yo‘nalishini o‘zgartirgan yakka harakatdan tez bo‘lishi;
- aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo‘lishi:
-qo‘lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo‘lishi;
-agar harakatda ikkala qo‘l qatnashsa, ular vaqt bo‘yicha simmetrik va sinxron (tekis) bo‘lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
- aniq harakatlarni hardoim o‘tirib amalga oshirish lozim.
Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta'minlash uchun ergonomika sohasidagi mutaxassisllar uni 5 xil jihati (moslik)ka ajratadilar:1.ma'lumot,2.biofizik,3energetik, 4.fazoviy - antropometrik va 5.texnikaviy estetik jihatlar. Ma'lumot jihatining maqsadi - mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va operatorning bu maMumotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo‘riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi ta'minlanadi. Biofizik jihatiida - shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziologik holat va zarur ish qobiliyati ta'minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug’lik va havo muhitining ko‘rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo‘ladi. Energetik jihatidan mohiyati- mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko‘riladi. Bunda operator tomonidan qo‘yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi. Fazoviy-antropometrik jihatida - ish jarayonida odam tanasining o‘lchamlarini, tashqi fazoning ko‘rinish imkoniyati va operatorning holatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo‘lgan masofasi va.boshqalar aniqlanadi.
Xulosa
Tajriba-tadqiqot qiziqishlariga xavfsizligi ta'sirchanligini tekshirish. McSween ko‘ra, tadqiqot topilmalar qiymatini namoyish qiziqishlariga xavfsizlik:
Isbotlangan xavfsizligini yaxshilash uchun faqat empirik yondashuv samarali bo‘lishi uchun qiziqishlariga xavfsizlik jarayon. Qiziqishlariga xavfsizlik hisoblanadi muntazam ravishda muhim pasaytirish ishlab chiqarilgan faqat yondashuv yaxshi mo‘ljallangan tadqiqot faoliyatlari voqealar. yondashuv o‘z ichiga oladi xodimlari uchun asos sifatida muntazam ishlab varag'i yordamida ish joylarida (1998, p 49)kuzatilgan muhim xavfsizlik amaliyotlari haqida fikringiz.
Savollar
1.Nima uchun insonlar xavfsizlik dastur emas,balki jarayon deb ko‘radi?
2. ishchining ish joyidagi xavfsizlikni ta’minlash uchun fotdalanigan usullarga misol keltiring.
3.Xavfsizlik deganda nimani tushunasiz?
4. Maxsus xavfsizlik belgilariga misollar keltiring?
5. Xavfsiz faoliyatga bo‘ladigan qanday asosiy to‘siqlar mavjud? Ularni qanday engish mumkin?
6. Xavfsiz faoliyatga tegishli beshta ko‘rsatgichlarni keltiring.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin