1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə75/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Aholining harakati. Tibbiyot fanlari doktori, ekstremal vaziyatlar bo‘yicha mutaxassis Vitaliy Volovich tavsiyalariga ko‘ra xavfning oldini olish uchun nishabligi 30 gradusdan ortiq bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarini chetlab o‘tish, qoyalarni yuqori balandlikda oshib o‘tish zarur.
Ammo, baribir, qor ko‘chkisiga duch kelib qolsangiz sizga yordam beruvchi muhofaza choralarini ko‘ring, ya’ni avvalo gorizontal holatni egallab, qor yuzasida qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni qor massasidan berkitishga intiling (bokschilarning himoya holatidagi kabi). Bu holat og‘iz va burningiz qor bilan to‘lib yuzingiz oldida havo bo‘shlig‘i bo‘lishiga yordam beradi. Ko‘chki to‘xtaganidan so‘ng yuzingiz va ko‘kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So‘ngra yuqori tomon qaerdayu, pastki tomon qaerdaligini aniqlab olish zarur. Buning uchun so‘lagingizni qo‘lingizga olib uni oqizib ko‘ring. So‘lak er qaerda ekanligini ko‘rsatib beradi va qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo‘ladi. Erinmay, ruhingizni tushirmay yuqoriga tirmashaversangiz, qutulib olishingiz tezlashadi. Har qanday holda ham sizni qidirishayotganligini yodingizdan chiqarmang.
Qor ko‘chkisi ostida qolganlarni bir necha kecha-kunduz o‘tib qutqarib olishgan hollar ham bo‘lgan. Avstriya tog‘-qutqaruv xizmati ma’lumotlarida keltirilishicha, qor ko‘chkisiga to‘qnash kelgan 283 kishidan 106 kishi qor iskanjasidan o‘zlari qutulib chiqishgan, 97 kishini esa o‘rtoqlari qutqarib qolishgan ekan.
Quruq qor ko‘chkisiga to‘qnash kelganda qutulib qolish uchun uchun imkoniyatlarimiz ko‘proq bo‘lsa, xo‘l ko‘chkida imkoniyatlar juda cheklangan bo‘ladi. Bunday vaziyatda har soniya g‘animatlik kasb etadi. CHo‘ntakdagi «SOS» deb nom berish mumkin bo‘lgan texnika vositasi tabiiy ofat bilan to‘qnash kelib kulfatga uchraganlarga o‘z vaqtida yordamga kelish imkonini beradi.
Elektron qutqaruv tizimi RECCO qutqaruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan detektor va sayyoh-chang‘ichilar kiyimiga o‘rnatiladigan passiv qurilma – reflektordan tashkil topgan. Reflektor o‘ziga xos mayoq rolini o‘ynaydi, uni oziqlantirib turish ham shart emas. Qutqaruvchi qo‘lidagi detektor reflektorga nisbatan o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Detektorning «o‘tish quvvati» erda foydalanganda bir necha o‘n metrga etadi. Vertolyotdan turib foydalanilganda esa u 200 metrgacha masofadan turib sezish kuchiga ega. Ammo bu tizim uchun maxsus qurilma talab etilib, u doimo qutqaruvchilar qo‘l ostida bo‘lishi lozim ekan.
Qor ostida qolganlarni qidirib topish va qutqarishning boshqa vositalari ham mavjud bo‘lib, ulardan biri bipper deb ataladi. Bipper sigareta qutisi kattaligidagi qurilma bo‘lib, og‘irligi atigi 300 g keladi. Qor ko‘chkisiga duch kelinganda bipper tovush chiqara boshlaydi yoki radiosignal tarqatadi.
Topshiriq :
1.Favqulodda vaziyat tufhunchasiga ta’rif bering ?
2. Favqulodda vaziyatlar tarqalish miqyosiga ko‘ra (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo‘qotishlar miqdoriga qarab) qanday guruhga bo‘linadi ?
3.Favqulodda vaziyatlar sababi va kelib chiqish manbaiga ko‘ra qanday tasniflanadi ?
4.Suv toshqinlari, yer ko’chkilari, qor ko’chkilaridan muhofazalanish tadbirlarini aytib bering.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin