1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Xavflarning nomenklaturasi. Nomenklatura –



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə16/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Xavflarning nomenklaturasi. Nomenklatura – muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, trimol, sefozolin, sefamizin va boshqalar kiradi.
Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi, xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra tuzilishi lozim. Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo‘yicha tuzilgan. Masalan, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yomg‘ir, yong‘in, zo‘riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kasallik, kuyish, lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish, toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xatar, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxlash, yadro zaryadi, yashur kasalligi va boshqalar.
Umuman, xavflarning nomenklaturasi har bir obyekt, ishlab chiqarish jarayoni, sexlar, ish o‘rinlari, texnologik jarayonlar, kasblar va boshqa faoliyat o‘rinlari uchun tuzilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Xavflar kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya – murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir.
Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, yer silkinishining kvantifikatsiyasi – ballda yoki magnitudada, shamollar – m/s, yer ko‘chkilari–m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar – darajali usullari qo‘llaniladi. Xavflarni baholashda esa «tavakkal» qo‘llaniladi.
Tavakkal – xavflarni son jihatidan baholashdir. Xavflarni sonli baholashda u yoki bu ko‘ngilsiz oqibatlar sonining ma’lum davr (chegara, vaqt, hudud)da bo‘lishi mumkin bo‘lgan songa nisbatidir.
Masalan, 1-misol: biror ishlab chiqarishda, agar har yili 15 000 odam bo‘lsa, o‘rtacha ishlaydiganlar soni 15 mln. bo‘lsa, u holda inson o‘lim tavakkali quyidagicha topiladi:
O‘lim tavakkali =


2-misol: biror mamlakat aholisi 200 mln. bo‘lsa, turli xavf-xatarlar oqibatida 500 ming odam o‘lsa, u holda mamlakatdagi aholining o‘lim tavakkali quyidagicha bo‘ladi.

O‘lim tavakkali = bo‘ladi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin