1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Xavflar identifikatsiyasi. Identifikatsiya –



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə11/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Xavflar identifikatsiyasi. Identifikatsiya – o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi – uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identfikatsiyasi biroz mushkulroq. Bunda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Chunki har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi. Mana shu ko‘rsatkichlar aniqlangandan keyingina xavfning nomini ayta olamiz. Masalan: termik yoki radiatsiya xavflari, yoki oqsil va yashur kasalligi, yoki gerbitsid, zahar xavflari va hokazolar.
Xavflarni identifikatsiya qilishda, albatta, xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Chunki xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Demak, xavflarni o‘rganishdan xulosa qilsak, xavf-sabab-oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Uchala tushuncha ham ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Masalan: havo transporti – transport – yerga qulashi
(xavf) elementining (oqibati)
ishlamay qolishi
(sabab)
Misolda oqibat – havo transportining yaroqsiz holga kelishi, odamlarning turli darajada jarohat olishi, o‘lim bo‘lishi, yong‘in chiqishi, portlash yuz berishi, buzilishlar, atrof muhit zararlanishi va boshqa holatlar kuzatilishi mumkin.


Masalan: Zahar – ichib qo‘yish – zaharlanish;
(xavf) (sabab) (oqibat)
yoki elektr toki – simlarining qisqa tutashuvi – tok urishi, kuyish.
(xavf) (sabab) (oqibat)
2.Xavflar, ularning tasnifi.
Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogenik va ekologik.
2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.
3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushga, sportga, yo‘l transportiga, ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ofatga oid xavflar.
6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).
7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin