tilning o‘zaro boglangan bo‘laklarning yaxlitligidan iborat bo‘lishi grammatikaning
fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini anglatib turadi. Kelib chiqadiki,
tilning xamma tomonlari o‘zaro bog‘langan, o‘zaro shartlangan bo‘lib, grammatik
qurilish til sistemasining bir qismidir. Grammatika so‘zlarni shakllantiradi,
biriktiradi, ularning fikr anglatish vositasi sifatidagi vazifasini belgilaydi. Har bir
tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorlarga, qonun-qoidalarga ega. Masalan,
o‘zbek tilida sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, ergash gapning, klincha,
bosh gapdan yoki bosh gapdagi hokim (shu ergash gapni o‘ziga qaram qilgan)
elementdan avval kelishni, qaratqich va qaralmishning shaxs jihatidan moslashishi
va boshqalar. Ko‘pgina tillarning grammatik qurilishida o‘xshashliklar bor, lekin,
ikkinchi tomondan, bir oilaga kiradigan tillarning orasida ham ma’lum farvushr bor.
Tillarning grammatik qurilishidagi o‘xshashlik nisbatan sintaksisda kuchli (ayniqsa,
kqo‘shma gaplarning strukturasida), farqlanish, noo‘xshashlik esa so‘z shakllarida
kuchlidir. Grammatika tilning grammatik tuzilishiga xos bo‘lgan qonun-qoidalarni,
normalarni tasvirlaydi, uning turli xususiyatlarini tekshiradi.
Misol uchun, o‘zbek
tilining grammatik turizishiga doir ayrim hodisalarni eslab o‘tamiz: eganing bosh
kelishikda bulishi, shaxs jihatidan moslanish
(M e n boraman. Sen borasan kabi),
so‘zlarning birikishidagi ichki moslik - muvofiqlik. Masalan,
-inqira affiksini olgan
so‘z harakatning yuzaga kelishidagi «kuchsizlik, kamlik, me’yordan pastlik»
ma’nosini bildiradi, shunga ko‘ra bu so‘z semantik jihatdan mos ravishda «sal», «
bir o z » so‘zlari bilan birika oladi
(ranggi sal oqarinqiradi kabi), -
roq affiksini olgan
so‘z dam shunday
(sal oqarganroq kabi), bular «juda» tipidagi kuchaytiruvchi vosita
bilan qo‘shila olmaydi, chunki ichki tomoni, mazmuni to‘gri kelmaydi,
moslashmaydi.
Morfologiya va sintaksis Grammatika ikki qismga - morfologiya va sintaksist
bulinadi. Morfologiya dam, sintaksis dam uz tekshirish ob’ektiga ega bulib, ular bir-
biri bilan uzviy ravishda boglangan.
Morfologiya (grekcha morphe - «shakl», logos - «ta’limot») so‘zlarning grammatik
xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning o‘zgarishi
va shu
o‘zgarish bilan bog‘lik; bo‘lgan ma’nolar, so‘zning tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi.
So‘zlarning o‘zgarishi umumiy struktura belgilariga ega bo‘lgan suz guruhlari bilan
bog‘langan, shuning uchun morfologiya ma’lum belgilari asosida bir-biridan farq
qilgan so‘z guruhlarini - so‘z turkumlarini ham tekshiradi.
Sintaksis (grekcha syntaxis - “tuzish”) gapning grammatik xususiyatlarini,
gap qurilishi va turlarini tekshiradi. Gap tuzilishi uchun ohang, so‘zlarning birikishi,
predikativlik va so‘z tartibi kabi sintaktik vositalar muhimdir. Morfologiya bilan
sintaksisning bir-biridan farqi shundaki, morfologiyaning tekshirish ob’ekta - so‘z.
Unda so‘zning
u yoki bu shakllari, xususiyatlari tahlil qilinadi. Sintaksisning
tekshirish ob’ekta gap bulib, ran tuzilishi, so‘z birikmalari va so‘zlarning bog‘lanish
yo‘llari tahlil etiladi. Morfologiya so‘zni til sistemasida olib qaraydi, alohida so‘z
shakllari va ularning qanday bog‘langanligini aniqlaydi. Masalan, bosh kelishikdagi
shahar, paxta so‘zlari qaratqich kelishigida
shaharning, paxtaning, chiqish
kelishigida
shahardan, paxtadan, tushum kelishigida
shaharni, paxtami kabi
shakllar bilan bog‘langan. SHuningdek,
ko‘rdim, ko‘rganman, ko‘raman,
ko‘rarman; terding, terasan, tergansan, terarsan kabi shakllar xam o‘zaro
bog‘langan. Demak, morfologiya turlanish va tuslanishning
xususiyatlarini
tekshiradi, so‘zning morfologik tarkibi, uning shakllari va grammatik ma’nolari,
so‘z turkumlari va ularga xos so‘z yasash yo‘llarini o‘rgatadi. Sintaksisda fikrni
ifodalash uchun so‘zlarning bog‘lanishi, gap tuzilishi va turlicha sintaktik
munosabatlar tekshirilar ekan, demak, morfologiyadagi turlicha so‘z shakllarining
gapda boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasi, gap kurilishida shu shakllarning qanday
vazifada kelganligi kabilar aniqlanadi. Masalan,
shaharning ~ turdosh ot, qaratqich
kelishigi, birlik, qaratqich aniqlovchi;
o‘qiydi - fe’l, yaqin o‘tgan zamon, bo‘lishli,
xabar mayli, III shaxs, birlik, kesim kabi.
Dostları ilə paylaş: