1. Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavzu rejasi



Yüklə 394,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix15.06.2023
ölçüsü394,49 Kb.
#131071
1   2   3   4   5   6   7
1. Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavz

Morfologik kategoriyalar.
Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham 
oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos 
kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, 
tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi. 
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos 
morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos 
maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi 
soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy 
va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning 
mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki 
tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategoriyasi feʼl 
M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan 
"feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, 
zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi 
harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon 
shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir 
zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon 
shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq 
vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini 
bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon 
kategoriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid 
har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik 
tizimi yoritiladi. Morfologik kategoriyalar: 
1.Fe’llarda nisbat, zamon, shaxs-son, mayl va boshq. 
2.Otlarda egalik, kelishik, son kabilar. 
3. Sifat va ravishlarda daraja kategoriyalari va boshq. 
So‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari: 
1. So’z ma’nosini ko’chirish bilan. 
2. So’z yasash orqali: ishchi, aqlli, ishla, yashirinchoyquti, gultojixo’roz, sotib oldi, 
himoya qildi, bir oz, rahmdil, pat-pat (mototsikl), xola-xola (o’yin), manman, yo’l-
yo’l (rang), es-es (zo’rg’a)

Yüklə 394,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin