6-MAVZU: BIRINCHI SINFLARDA YOZUV TEXNIKASI QOIDALARINI O'RGATISH. REJA: O'quvchilarga eng asosiy yozuv texnikasi qoidalari haqida ma'lumot berish.
Harflarni bosimsiz bir tekis yozish.
Harflarni elementlarga ajratmay bog'lab yozish.
Harf va so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirish.
Hardlarning qiyaligini to'g'ri saqlash.
Harflarni bir hil balandlikda yozish.
Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozish.
Tez va ravon yozishga o'rgatish.
Tayanch so'zlar: Yozuv mashg'ulotlari asosan boshlang'ich sinflarda sharikli ruchkada bosimsiz yozdirishga o'rgatilishi va bosimsiz yozishning afzalliklari.
Birinchi sinfda o'quvchilar harflarni bir- biriga ulab qo'shib elementlami ajratmay bog'lab yozishni o'rganishlari.
O'quvchilar tayyorgarlik mashqlarida harf elementlarini qatorlarga to'gri joylashtirishlari.
Harf elementlarining o'ng tomonga 65 gradus qiyalikda yozishga o'rgatilishi.
Bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm balandlikda bosh harflarni 6 mm balandlikda yozdirishga o'rgatish
ADABIYOTLAR. G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970
G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992 3.G'apporovavaboshq. "Alifbe" T. 1999
7. G'apporova va boshq. "1-2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999 6.Husnixat daftari. 1 -sinf uchun.T-1999 7.Husnixat daftari.2-sinf uchun.T-1999 8.Husnixat daftari.3-sinf uchun.T-1999 9. Abdullayev Y. "Hamrohim" T. 1997
Shundan so'ng noto'g'ri yozilgan harf tezda o'chirib tashlanadi va kichik u harfi qoida bo'yicha mashq qildiriladi.
Agar o'quvchilar tomonidan harf laming qiyaligini to'g'ri saqlashda xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, ular quyidagicha o'xshash yordamchi chiziqlar orqali o'z-o'zini boshqarishga o'rgatiladi:
Bunday mashqlarni 3-4 sinflarda ko'proq o'tkazish kerak.
Bolalar o'z xato va kamchiliklaridan ko'ra, yonlarida o'tirgan o'rtoqlarining xatosini ko'rsatib boradilar. Shuning uchun o'zaro bir-birlarining xatolarini topish ustida ham mashq olib borish mumkin.
O'zaro bir-birlarining xatolarini topish ustida mashq olib borganda o'quvchilarga mashq, topshiriq va savollar berish kerak ya'ni «harf elementlari qanday yozilgan? Harf va so'zlar orasidagi masofa to'g'ri saqlanganmi? Harflarning qiyaligi to'g'rimi?» va hokazo.
Sinflardan sinfga ko'chgan sari bu mashqlarning savollarini murakkablashtirib borish mumkin.
Biz yuqorida chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan usullarni ko'rsatib undan bulardan tashqari, har bir o'qituvchi o'zi mustaqil ravishda o'zuv malakasini o'stirish uchun yordam beradigan usullarni topishi va uni amalda qo'llashi mumkin.