1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


O'quvchilarga yozuv texnikasini o'rgatish



Yüklə 331 Kb.
səhifə11/31
tarix20.03.2023
ölçüsü331 Kb.
#88803
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
O'quvchilarga yozuv texnikasini o'rgatish.
Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilishni o'rgatilgandan so'ng, o'qituvchining navbatdagi vazifasi o'quvchilarni yozuv texnikasi qoidalari bilan tanishtirishdan iborat bo'lishi kerak. Yozuv texnikasi qoidalariga asosan, harflar qiyaligini to'g'ri saqlash, bosimsiz bir xil qalinlikda yozish, bog'lanishlarni to'g'ri ifodalash kabi vazifalar kiradi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilar uchun eng muhim yozuv qoidalari ham eslatib o'tiladi.
O'quvchilarni assoiy yozuv qoidalari bilan tanishtirmasdan turib, chiroyli yozuvga o'rgatib bo'lmaydi. Shuning uchun qo'lida asosiy yozuv qoidalari bilan tanishtirib o'tamiz.
Harflarni bosimsiz bir tekis yozish.
Yuqorida eslatib o'tkanimizdek avtoruchkada, asosan, bosimsiz yozdiriladi.
Avtoruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo'sh ushlash kerak. Matnda uchragan nuqta va tayoqchalarni qo'yishda avtoruchkan bosmasdan sekin va erkin harakat qildirish lozim.
Bosimsiz yozishning afzalligi shundaki, harflarning umumiy ko'rinishi bir tekisda chiroyli bo'lib, tez yozish malakasini shakllantirishda va bog'lab yozishga o'rgatishda osonlik tug'diradi.
O'qituvchi ham doskaga yozib ko'rsatganda bo'rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishga harakat qilish kerak.
O'quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko'chirib yozishga ruxsat etmaslik kerak.
O'qituvchi o'quvchilarni birinchi kundan boshlab bosimsiz, bir tekis yozishga odatlatirib borsa, bolalarning qo'li tolmaydi.
Harflarni elementlarga ajratmay yozish.
Birinchi sinfda o'quvchilar harflarning shaklini yozib tugatganlaridan keyin o'qituvchining navbatdagi vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo'shib yozishga o'rgatishdan iborat bo'ladi.
Boshlang'ich sinflarning o'quv dasturida o'quvchilardan harflarni elementlarga ajratmay, bog'lab yozishlari talab etiladi. Harflarning qo'shib yozilishini ta'minlash uchun ayrim chiziqlar o'z harakati bo'yicha orqaga qaytadi, bu narsa, ayniqsa, cho'zinchoq doira shaklidagi harflarda uchraydi, chunonchi sha, ma, na, lo kabi bo'g'inlar shunday yoziladi:
Bunday qo'shib yozishni ayrim bot harflarda ham uchratish mumkin. Masalan, K bosh harfining yozilishini ko'raylik:
Ko'pchilik bosh harflar kichik harflar bilan qo'l harakatni uzmay, ulab yoziladi. O'quvchilarga harflarni bir-biriga ulab yozish qaytarish namuna sifatida quyidagi tartibda tushuntirish mumkin:
- Bolalar, qarang. Men kichik 1 harfini kichik o harfiga qo'shib
yozishni ko'rsataman. Siz mening qo'limning harakatiga qarab turing.
- Kichk d harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina
pastga burib, yana orqaga qaytamiz va kichik o harfini hosil qilamiz.
- Qani, o'quvchilar, kim ko'rsatadi, bu ikkala harfni men qanday
qilib qo'shib yozdim?
Bir o'quvchi doskaga chiqib, o'qituvchi yozgan harflar ustidan qo'lni yurgizib ko'rsatadi, qolgan o'quvchilar esa diqqat bilan qarab turadilar. Agar o'quvchi yanglishib qolsa, boshqa o'quvchini chiqarib uning yo'l qo'yogan xatosi tuzatiladi.
- Qani endi bolalar, bu harflarning qo'shilishi harakatini havoda
hammamiz birga qaytaramiz. Hammangiz ruchkangizni oling, boshladik
(o'qituvchining o'zi ham bir qaytaradi).
O'quvchilar doskadagi d va o harflarining yozilishiga qarab havoda harakat bajaradilar.
- Endi bolalar bu harflarni daftaringizga ko'chirib yozing. Bir qator
ko'chirib yozganingizdan so'ng o'zingizni tekshirib ko'ring. Agar
yozayotganingizda qo'l harakati uzilmagan bo'lsa, demak to'g'ri
yozayapsiz.
- Endi bu ikkala harfni qo'shib, bir necha qator yozamiz.
O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, noto'g'ri yozayotgan o'quvchilarga
yordam berishi lozim. Boshqa harf va so'zlarni qo'shib yozishda ham shunday yo'l bilan tushuntirish zarur.
Birinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab o'quvchilar 4-5 harfdan tashkil topgan so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yoza

oladilar. Ikkinchi sinfdan boshlab esa har qanday murakkab so'zlarni


ham bog'lab yozishlari lozim. Ammo ayrim harflar esa qo'l harakatini
uzib yozishni talab etadi. Masalan, kichik b harfi o'zidan keyingi harflar
bilan bog'lanishda qo'l harakatini uzib yozishni talab etadi. Kichik o
harfi ham kichik 1, m, ya harflari bilan bog'lanishda qo'l xarakatini uzib
yozishni talab etadi. Bunday harflarning bog'lanishiga o'qituvchi
alohida e'tibor berishi kerak. Masalan, o'qituvchi doskada shu harflarning bog'lanishiga xos bo'lgan lola, bobo so'zlarini yozib ko'rsatishi mumkin:
Bu harflarning bog'lanishini quyidagi tartibda tushuntirish lozim.
-Qani bolalar, diqqat bilan qarang, bu so'zlarni yozishda qo'l harakatni qayerlarda uzib yozdim?
-Siz kichik o harfidan keyin va kichik b harfidan keyin qo'l
harakatini uzib yozdingiz.

  • Birinchi o harfidan keyin va qaysi b harfidan keyin qo'l harakatini uzib yozdim?

  • Birinchi 1 harfidan na bobo so'zidagi ikkala b harfidan keyin qo'l harakatini uzib yozdingiz.

  • To'g'ri, Agar kichik o harfi boshqa harflar bilan yuqori tomondan ulansa qo'l harakati uzilmaydi, past tomondan ulansa, unda qo'l harakatini uzib yozish kerak kichik b harfi ham o'zidan keyin yoziladigan har qanday harf bilan bog'lanishida qo'l harakatini uzib yozishni talab etadi. Yozma harflarda boshqa bunday qo'l harakatini uzib yozishni talab etadigan harflar uchramaydi.

Dastlabki vaqtlarda bog'lab yozilgan harflar ko'zga uncha tashlanmaydi, go'yo ular chalkashib ketayotganga o'xshaydi, ammo asta-sekin ularni to'g'ri bog'lab yozish ishning unumli bo'lishiga yordam beradi. Qo'l harakatini uzmasdan harflarni bog'lab yozish qiyalikni bir hilda saqlashga ham imkon beradi.
Qo'l harakatini uzmasdan harflarni bir-biriga qo'shib yozish qoidalarini har bir sinfda eslatib turish lozim, shundagina boshlang'ich sifnlarda tez yozish malakasini o'stirish mumkin.

Yüklə 331 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin