Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar,o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonlishart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi.Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozirchaularning hammasi ham anik^anmagan bo‘lib, ular haqidagibilimlar etarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi:Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, er shari vaplanetar jarayonlar.Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat,shuningdek, bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik,ya’ni erning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir
ko‘rsatadigan omillar kiritiladi.Mezoomillar (mezo — o‘rta) — hudud va yashash joyidagiommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatgategish liligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarningijtimoiylashuvining shart-sharoitlari. Mezoomillar etnikqurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga hamda shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
Mikro omillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar bulib, bunga oila, qo‘shnilar, tengdoshlar gurux tugari,tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. SHaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadi gan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. SHu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning utishi tushuniladi. Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. SHuningdek, irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida mu ayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiyajarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud.Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi. Ma’lumki, bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli tug‘ilayotgan bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. SHu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga etishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham bunday bolalarbilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan o‘rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot ob’ektlari doirasida o‘rganganlar. Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari), sotsiolog M.B.Bekmurodov (ijtimoiy me’yorlarga jamoatchilik fikrining ta’siri jarayonlari), huquqshunoslar A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonaliev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G‘.B.Shoumarov, N.A.Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o‘z joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin. Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir.Jamiyat a’zolarini mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi.Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy talablarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi.Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi.Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu — oiladir: Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining o‘rni kattadir.«Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.Afsuski, oramizda shunday insonlar ham uchraydiki, ular jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish holatlarini yuzaga keltiradilar.
Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlari sotsiologiyada «deviantlik holatlari», undan tug‘iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvor» deb nomlanadi.