O‘zbekistonda ko‘p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari. O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi quiidagi mintaqaviy omillar bilan izoxlanadi:
— inson organizmiga geofafik va iklim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi;
— erta nikohdan o‘tish an’anasi;
— ijtimoiy omillar;
— ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni.
Hozirgi kungacha, oilaviy tarbiya amaliyotida kupbolalilikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqsa. Sababi, muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu masala hali etarli darajada o‘rganilmagan. Ko‘p bolali oila kattalar va bolalardan iborat uziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadir. Ularning ba’zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to‘playdi, deyishadi,chunki kup bolali oila tarbiya uchun kulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg‘urishlari teng taqsimlangan buladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha, ko‘p bolali oilada bola har tomonlama etarli rivojaanmaydi, deb qisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, buning uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz.Kup bolali oilada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu erda tarbiya jarayonining kup tamonlamaliligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi?
Individual yondashuv uchun, avvalo, psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek, tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik taxlil o‘tkazish kerak.
Ba’zi tarbiyaviy omillar uzbek oilasida, xususan, kup bolali uzbek oilasida uy xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq. Ko‘pchilik uzbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod qilinganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zan bolalar uy yumushlariga xdpdan ortiq vaqg ajratishadi. Bu ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi o‘zbek oilalarida ota-onalar bolalariningo‘qishiga befarq bo‘lish adi, ularga uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda amaliy yordam berishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun barcha oila a’zolari to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham paydo bo‘ladi: televizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi, uy yumushlarini bajarish va h.k. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun sharoitlar mavjud, biroq ular qar doim yaxshi jihozlangan bo‘lavermaydi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga extiyoj sezadilar. SHunday hollarda ota-onalarni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim. O‘zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuviga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mexnat, kasb uchun tayyorlashni kiritishimiz mumkin. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi, hozirgi kunda an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan dalolat beradi. Bunday salbiy omillarning ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bumasalaning muhimligi “Kadrlartayyorlash milliy dasturi ”da ilgari surilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabga, balki oilaga ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
SHu bilan birga, bir qator o‘zbek pedagog-olimlari aynan ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘p bolali oila pedagogik munosabatga kirishish uchun kulay bulgan yosh xususiyatlariga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida ota-onalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik bolalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar shakllanadi.Kupgina ota-onalar kup bolali oilalarda bolalarni tarbiyalash
oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi, deyishadi.
Ko‘p bolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari:
muomala muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunday oilalar
farzandlari axloqiy xi slatlar in in g sh akllanganligi m ehn atsev arl i gi ,mehribonligi, to‘g‘riso‘zligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, oilaning boshqa a’zolari oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.SHunday qilib, o‘zbek oilasining ko‘p bolalilik omili bolatarbiyasiga,umuman olganda, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oilaning ijtimoiy maqomi. Oilaning j amiyatda moslashuvining ko‘rsatkichi uning ijtimoiy maqomi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati hisoblanadi. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to‘rtta ijtimoiy maqomi mavjuddir.
Ular: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiymadaniy hamda vaziyatli-rolli maqomlardir.Ijtimoiy-iqtisodiy maqom oilaning moddiy xolatini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi moddiy ta’minlanganlikdir. Daromadlar yuqori,o‘rta va past bulishi mumkin.
Yuqori daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.O‘rta daromad va yashash sharoitlari, minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bir qatorda, dam olish,kushimcha ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga xam zamin yaratadi.Past daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to‘lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik maqom — bu oiladagi psixologik ikushm. YAxshi emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huqug‘ushlik bilan tavsiflanadi. YOmon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko‘pligida, emotsional noqulayliklarda namoyon buladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom — ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni sakdab qolish va o‘tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari bilan tavsiflanadi.Oilaning ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish
uchun ijtimoiy pedagogika va uning xususiyatlarini bilish,ularga baho berish lozim. A. Q. Munavvarovning1 fikricha,oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uning uch yo‘nalishda bo‘luvchi tuzilmasiga bog‘liq.
Bu yunalishlar demografik: kup bolalilik, kam bolalilik,ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasining xam bulishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila
tarbiyasining uziga xosligi, shuningdek, oilaning milliy xususiyatlarini uz ichiga oladi.Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo‘yicha farq
qiluvchi to‘rtta kategoriya asosida shakllanadi:
Tinch, baxtli oilalar uz vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshiradilar, o‘z bolalarining ehtiyojlariga tez ko‘nikadilar. Muammo paydo bo‘lib qolsa, ularga bir karra yordam ko‘rsatish kifoya.
Xavfi bor oilalarda adaptativ qobiliyatlar birmuncha pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan eplaydilar va ijtimoiy pedagog yordami hamda nazoratiga extiyoj sezadilar.Notinch oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar. Bunday oilalarning adaptativ imkoniyatlari past bo‘lib, ularda bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib, pedagog ularga pedagogik yoki psixologik yordamlar ko‘rsatadi. Assotsial oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda tarbiya effektivligini oshiradi.
— ota-onalar g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-gigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan, albatta, hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan ishlaganida huquqni muhofaza qilish organlari bilan yakin hamkorlik asosida ish yuritishi zarur Ijtimoiy pedagogiing oila bilan ish yuritishi. Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o‘rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o‘rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan keyin, ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o‘rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar,maslahatlar, maishiy birlashmalar, bog‘, tomorqadagi ishlarga jalb qilish yo‘li bilan hal ish mumkin.Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng, ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni tuzish ham mumkin. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi beriladi. SHuningdek, oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi.
“Xarita”ning ilovasida “oilada bola tarbiyasi ni urganish” deb nomlangan qism ham mavjud bo‘lib, unda ota-onalar bola bilan qancha va qanday vaqt o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratliligi, ota-onalar uz farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar bilan do‘stlashgan, uning sog‘ligi qanaqa va h.k.
Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniklash juda muhimdir.Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar kattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i asosida quriladimi? Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kimga qanday murojaat qilishi, unga nima yoqish-yoqmasligini anikdashi lozim. Ijtimoiy pedagog, birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bulgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar mavaffaqiyatsiz oilalar qatoriga ishsiz oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari (kasal bolalar, nogironlar, o‘qnshni qoqlamaydigan bolalar nafaqaxo‘rlar, qariyalar, fohishabozlik, giyoqvandlik, daydi bolalar, ota-onalarning ajralishlari) bilan duch keladi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi — inqirozli vaziyatlarni hal qilish.
Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda quyidagi asosiy rollarni bajaradi: Maslahatchi — oilaga ota-onalar va bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant — oila qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi — bola ota-onalari tomonidan (giyohvand, aroqxo‘r, bolalarga yomon munosabat) to‘liq degratatsiyaga duch kelganda, bolani himoya qiladi. Ijtimoiy pedagogning oiladagi asosiy faoliyatini ijtimoiy pedagogik yordam tashkil qilib, bu yordam ta’limiy, psixologik va vositachilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-pedagogik yondashuv. Uning mohiyati bola rivojlanishini boshqara olinadigan jarayon bo’lib, insoniyat tajribasini o’zlashtirishni ta’minlashdan iborat. Mazkur yondashuv o’qitish jarayonining pirovard natijasiga – bola shaxsi ijtimoiylashuviga qaratilgan. Uning mazmuni – bola jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini egallashi, ularni qayta tuzish va o’zgartirishdan iborat. Bunday yondashuvda o’qitish tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Akmeologik yondashuv ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning mohiyati shundaki, ta’lim shaxs hayotiy olami, pedagog va bolaning mazmuniy reallik yuzasiga o’tadi. Ta’lim pedagog va bolaning nafaqat fikr va munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta’sir sub’ektining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitishga, ya’ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat qiladi. Bunda ta’lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta’limni ideal shaklga olib kelish uchun ta’lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning real hayotiy pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta’limning yakuniy natijasiga erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ijtimoiypedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat o‘quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylanishigacha bulgan murakkab davrni uz ichiga oladi.
Sungti yillarda Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish yanada keng rivojlanmoeda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik, tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya masalalari, balki o‘quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham hal qilinmoqda.
Davlatimizdagi o‘zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Chunki ta’lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar aks etmasligi mumkin emas.
Umumta’lim maktabi o‘ziningo‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko‘rib chiqib,birinchi o‘ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda:
— ta’limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil qilish;
— maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish;
— maktab faoliyatini qayta yo‘naltirish;
— maktab ishini takomillashtirish;
— o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, turli to‘garaklar tashkil etish.
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’limtarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi.
Xozirgi paytda bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshirilmoqda:
Maktab ma’muriyati tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam berilmoqda hamda bepulovqatlanish tashkil qilinyapti. Sinf rahbarlari tomonidan bolaning oiladagi holatini o‘rganilib, “tarbiyasi og‘ir bolalar”bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Maktab psixologi bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o‘rganadi, ota-onalar va bolalarga maslahat beradi.Maktabda mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmati maktabo‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, jismoniy tarbiya guruxlari tuzadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qiladi hamda karantin sinflarini nazorat qiladi.
Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori o‘rinbosarlaridan biri rahbarlik qilib, maktabning ta’lim muassasalari, turli davlat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi. Ota-onalar qo‘mitasi ham o‘z o‘rnida tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki xil yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli hodimi hisoblanadi.
Maktab bilan hamkorlik jarayonida ijtimoiy pedagog teztez maktabga borib turadi, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniklaydi. U bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan oilalarni hamda jismoniy va ruhiy nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi. Ijtimoiy pedagog bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, o‘qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada aloxida mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bola tarbiyasidagi muammolarni hal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya qodimlari xizmatidan foydalanadi.
Ko‘pgina G‘arbiy Evropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishga qobiliyati etmaydigan bolalardir. Ular maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishgan bo‘lishi ham mumkin. Odatda, bu toifadagi bolalar voyaga etmaganlar ishlari bo‘iicha komissiya ro‘yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrof dagilar bilan m un osabatlar i n i oydinlashtirishning o‘zi ham etarlicha yordam berishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog o‘quvchining maktabdan tashqari vaklini tashkillashtirib, o‘z tarbiyaviy ishini sshibborishda ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar,turli mehnat va turistik bo‘linmalar uyushtiriladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishtashkil kdlishi va olib borishini rejalashtiradi va tartibga soladi. U doimiy tarzda sinflardagi psixologik muhitni monitoring qiladi va natijalar yuzasidan maktab pedagogik jamoasiga axborot berib turadi. Aynan shu xolat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan yoki ixtiyoriy ravishda boshqa maktabga o‘tgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi, ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko‘nikishlariga yordam ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy pedagog o‘qish vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, muammolarini o‘rganadi va ularning o‘qishlari masalasini hal qiladi. U ko‘p bolali oilalarning barcha imtiyozlardan foydalanishlari ni, bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor beradi, tarbiyasi og‘ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordamlashadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘riibosari o‘z faoliyatida to‘garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o‘tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni rejalashtiradi, boshqaradi va nazorat qiladi.
Alohida fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o‘rganib chiqib, ularni turli to‘garak va seksiyalarga jalb qilishadi, maktabda xilma-xil tadbirAdaptatsiya tushunchasi. Adaptatsiya — organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati.SHuningdek, adaptatsiya organizm faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish qobiliyati hamdir.Barchatirik mavjudotlar o‘zgaruvchan atrof-muhitga doimi adaptatsiyani ta’minlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro‘y beradi. Biroqatrof-muhitning bunday o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va unga ko‘nika olishi faqat insonga xosdir