1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


Hech qanaqa muammo yo‘q holat, bunda holat hech qanaqa qaror qabul qilishni talab qilmaydi; 2



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə35/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

1. Hech qanaqa muammo yo‘q holat, bunda holat hech qanaqa qaror qabul qilishni talab qilmaydi;
2. Muammo bor, biroq qiyinroq yoki osonroq bo‘lsa-da, uning yechimi ham ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan holat;
3. Mavjud muammoni sub’ekt ijtimoiy me’yorlar doirasida hal qila olmaydigan holat;
4. Muammoni hech qanaqasiga hal qilib bo‘lmaydigan holat.
Ushbu turlicha holatlar keng ko‘lamda biridan ikkinchisiga o‘tib turadi.Muammoli holatning mazmuni sub’ektning individual maqsadlari bilan jamiyat manfaatlari orasidagi maqsadlar va unga erishishning mumkin bo‘lgan vositalari orasidagi; faoliyatning kutilayotgan oqibatlari va uning qo‘shimcha natijasi (ijobiy yoki salbiy) orasidagi, shuningdek ijtimoiy me’yor talablari va shaxs xususiyatlari orasidagi ziddiyatlarning (ko‘pincha o‘ylab chiqarilgan) paydo bo‘lishidan iboratdir.Jamiyat a’zolari shaxsiy nuqnai nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining o‘rni va roli kattadir. «Ba’zilarga mumkin, boshqalarga mumkin emas», «hozir yaxshi, ertaga yomon» va shu kabi munosabat holatlarining ikkilamchi fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel standartlar yo‘nalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday holatlarda ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor me’yorlarini buzishi qat’iy qoralanadi.Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z-o‘zini o‘ldirishlar bilan bog‘liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va sotsial oqibatlariga ko‘ra mohiyatan farqli jihatlarga egadir.Birinchi farq, ijtimoiy zararli odatlarning uzoq davom etishi deviant xulqi turmush tarzining uzviy bo‘lagiga aylanib ketishidan iborat bo‘ladi. Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, uydagi tushunmovchiliklar va hokazolar — bularning barchasi sub’ekt ruhiyatini jarohatlaydi hamda u mavjud vaziyatni o‘zgartirishga urinadi. Bu o‘riqda ijtimoiy institutlardagi kamchiliklar, shu jumladan, ziddiyatlar rivojlanishining oldini oyauvchi va ularga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ham salbiy rol o‘ynaydi.Bularning ikkinchi farqli jihati yuqoridagi holatlarni hal qilishning ma’lum qiyinchiliklarga egaligidir. Ma’lumki, har qanday holatda ham, ko‘p «qurbon» berib. bo‘lsada, to‘g‘ri yechimga erishish mumkin. Lekin hamma gap shundaki, sub’ekt «qurbon» bera oladimi: xotini (yoki eri) bilan ajralib keta oladimi, yangi kasbga ega bo‘la oladimi yoki yo‘qmi. Qatiy qarorga kela olmay, ko‘pincha sub’ekt «o‘rinbosar» vositalarga, ichkilik va giyohvand moddalarga murojaat etadi.Bunday holatlarning keyingi farqi shundaki, ko‘pincha sub’ekt ularni hal qilishning noto‘g‘ri yo‘llarini tanlaydi. Oilaviy va ishdagi janjallar odatga aylanib qolganda bundan «qutulishning» noto‘g‘ri xayoliy yo‘llari, ichkilik, giyohvand vositalar va hokazolarga murojaat etiladi. Biroq bu yo‘l ziddiyatning chuqurlashuviga va turmush tarzini zararlantiruvchi omilga olib keladi.Statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekistondagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2002 yili 49173 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lsa, ulardan 2163tasi voyaga yetmaganlardir, bu esa 4,3%ni tashkil etadi. Bulardan 613tasi (28%) maktab o‘quvchilari, 644tasi (29%) litsey va kollej o‘quvchilari ekanligi aniqlangan.2003 yilning 9 oyida 49584 shaxsga nisbatan jinoiy ish ko‘rilgan bo‘lsa, ulardan 2049tasini (4,1%) voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Ularining 613tasi (29%) maktab o‘quvchilari, 160tasi (7,8%) litsey va kollej o‘quvchilaridir.Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar sodir etayotgan jinoyatlar kamayib bormoqda. Ayniqsa, maktab, litsey va kollejlarda ta’lim olayotganlar orasida jinoyatchilik kamligi o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini bexuda o‘tkazmayotganligidan darak beradi. Bu borada respublikada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilayotgan tadbirlar o‘z samaralarini berayotganligini ta’kidlash joizdir.

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin