1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


Maxalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə40/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Maxalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol o’ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to’yi, sunnat to’yi, muchal to’yi kabi marosimlar ham o’tkazilmoqda.
Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtiruv roli oshib ketadi. Bu avvalambor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo’ladi. Nizoli holatlar paydo bo’lganda xotin-qizlar qo’mitasi yoki mahalla oila vakillari bilan suhbat o’tkazadi va odatda vaziyatga oydinlik kiritadi va ajralishlar bo’lishiga olib keladi. Bundan tashqari mahalla ishsizlarga ishga joylashishlariga, militsiya xodimlariga tartibni saqlashda yordam beradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday jamoa o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o`rin tutmoqda. Hozirda mahalla bolalar bog’chalari va maktablar bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga ta’mirlash ishlarini olib borishda, ta’kim-tarbiya ishlarida yordam ko`rsatadi. Mahalla qo`mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko`rib chiqiladi. Yoshlarga ta’sir ko`rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko`chadagi yurish- turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ota- onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. Shuning uchun “mahalla sening ham otang, ham onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo’ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o’z-o’zini anglashni faollashtirish orqali bo’ladi. Sobiq Sovet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to’liq yo’qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o’ziga xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo’lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o’rta avlod, o’rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o’tkazishda ma’naviy o’z-o’zini ifodalashning keng imkoniyatlarini ko’zdatutadi.
Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida avvalo, oiladagi katta avlod, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televidenie katta o’rin tutadi.Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga xalaqit beradigan bir qancha holatlar ham kelib chiqmoqda. Yoshlarning yoshligidanoq savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho’g’ib ketishi ularning o’qishiga, bilim olishga bo’lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ba’zi hollarda muallimlar o’quvchilarni to’liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar, ya’ni ular boshqa faoliyat bilan ham shug’ullanadilar. Jamiyatni demokratiyalashtirishningmazkur osqichida yoshlar faoliyat turini tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo’lishdi. Biroq ular bulardan to’liq foydalana olmaydilar. So’nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susaydi, din ta’siri kuchaydi va bu natijada yoshlar mafkuraviy sohada o’z mo’ljallarini yo’qotishlariga olib keldi. Mahalla tarbiyaning an’anaviy usullaridan foydalanib, yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillar hosil qilishdan iborat.
Mahalla azaldan nafaqat o`sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo’shnilar o`rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, esa oilaviy janjallar mahalla qo’mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko’pincha qaynona-kelin, yosh kelin- kuyovlar orasida janjallar ko’p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo’mitasi suhbat o’tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo’lmasa, bu holat bilan mahalla qo’mitasi shug’ullanadi. Odatda o’sha joyning o’zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun ajralishlar soni ko’p emas. So’nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar, yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o’rgatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ishsizlarning ishga joylashishlariga ham ko’maklashmoqda. Harbiy qo’mitalar askarlikka olishga tanlov bo’lganda mahalla faolligigatayanishadi.
1999 yil 14 aprelda O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari haqida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unda yana bir marta fuqarolarning o’z-o’zini boshqarishi asosida tarixiy taraqqiy xususiyatlari, milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy odat va an’analar yotishi ta’kidlandi. Qonunda mahallaning vazifalari belgilab qo’yilgan. YUqorida sanab o’tilgan vazifalardan tashqari mahallaga yangi vazifalar-tijorat va maishiy xizmat ko’rsatishni, hududning tozalik holatini, aholidan soliqlarni o’z vaqtida topshirilishini nazorat qilish ham yuklatildi. Davlat mahallaga avval mahalliy kengashlar bajargan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa mahalla qo’mitalari davlat tuzilmalariga aylanayotganligidan guvohlik beradi.
Mahallaning ijtimoiy hayotida so`nggi o`n yillarda katta o’zgarishlarni boshdan kechirgan qo’shnichilik munosabatlari muhim o’rin tutmoqda. Oilaviy muhitning individuallashuv jarayoni ketmoqda. Shu bilan birga yaqin qo’shnichilik munosabatlari o’zbek oilasining qadriyatlaridan biri bo’lib qolaveradi. Bu avvalombor xo’jalik yordamida, bolalar tarbiyasida, qiyin vaziyatlarda yordam ko’rsatishda namoyon bo’lmoqda. SHuning asosida ma’naviy yaqinlik paydo bo’ladi, ya’ni kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi voqealar muhokamasi bo’lib o’tadi. Shu tarzda mahalladagi eng kichik guruhlardan biri- qo’shnichilik guruhi paydobo’ladi.
Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Ular hozirda avvalgidan ko’ra kamroq bo’lsada, uning a’zolarining faol o’zaro yordami bilan xarakterlidir. Qarindoshlik munosabatlari o’zbeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o’rinda turadi.
O’zbeklarning ijtimoiy hayotidagi muhim hodisalardan biri erkaklar birlashmalari-gap, gashtak, ziyofatdir va ularning maqsadi bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazishdir. Har bir yosh guruh o’zining muomala shakliga ega: Qadimda Toshkentda gaplar ommaviy xarakterga ega bo’lgan. Ular hosil yig’im terimi yakunlangan kuzgi-qishki davrda o’tkazilgan. To’qmada erkaklar har kuni bir- birlarining uyida to’planishgan va har kim qo’lidan kelganini olib kelgan. Buning hammasi “umumiy qozon”ga solingan. O’zlari taom tayyorlashgan, o’zlari uy yig’ishtirishgan, namoz o’qishgan, suhbatlashishgan, axborot almashishgan.
Tuqmadan farqli o’laroq, gap haftada bir marta odatda juma kunlari ishtirokchilardan birining uyida o’tkazilgan. Har bir gapda saylangan rahbar va ishtirok etish qoidalari bo’lgan. Qoidabuzarlar gapdan chetlashtirilgan. Ziyofat xarajatlarini mezbon ko’targan. Namoz va diniy adabiyotlar uchun odamlarni qamashgan XX asrning 30- yillarida gaplarda to’planish havfli bo’lgan. II jahon urushi davrida moddiy qiyinchiliklar ham gaplar o’tkazilmasligiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Biroq gaplar XX asrning 50-60 yillarida asta-sekin tiklana boshladi. Biroq bu gaplar biroz boshqacha edi. Avvalo, endi ayollar orasida ham gap tashkillashtirildi. Hozirda ayollar gaplari erkaklarnikidan ko’ra kengtarqalgan.
Oilaviy gaplar, avvalombor sinfdoshlar, kursdoshlar orasida, shuningdek kasbiy gaplar ham ommaboplashdi.
Gaplarning ijobiy xususiyatlari bilan birgalikda ularda salbiy jihatlar ham mavjud. Bu isrofgarchilik va ichkilik bilan bog’liq. Kitoblar mutolaasi, mazmunli suhbatlar tan olinmay kelindi. Avvalgilaridan farqli ravishda hozirgi gaplar yil davomida o’tkaziladi. To’y paytida gap ishtirokchilari to’y egasiga yordam ko’rsatishadi. Ular og’aynilarini qiyin kunlarda qo’llab-quvvatlashadi. Har bir gapning shuhrati bor. Insonni, ayniqsa yoshlarni qaysi gapga a’zo bo’lganidan u qanaqa tarbiya olganini aniqlasa bo’ladi.
Ayollar orasidagi gaplar XX asrning 60-70 yillarida keng rivojlana boshladi. Bu mahalladagi qo’shnilarning birlashmasi edi. Biroq ishtirokchining yoshi inobatga olingan. Har bir mahallada o’rta yosh ayollar, yosh ayollar (asosan kelinlar)ning birlashmalari mavjudbo’lgan.
Yaqin qarindoshlar orasidagi gaplar ham keng tarqalgan. Odatda bunda yoshi eng ulug’ ishtirokchi rahbar bo’ladi. Bunday gaplarga ayollar farzandlarini ham olib kelishgan.
Shuningdek oilaviy gaplar ham paydo bo’ldi. Ularda erkaklar o’z xotinlari bilan ishtirok etishadi. Bu gaplar sinfdoshlar yoki kursdoshlar gaplari sifatida boshlangan va keyinchalik har uylangan a’zo o’z xotinini ham olib kela boshlaydi. Bu gaplar umumiy qoidalar asosida mavjud bo’lib, nihoyatda kam uchraydi.
O’rta va katta avlod ayollari o’rtasida to’planishning boshqa shakllari ham mavjud. Bular mushkul kushod va mavlud kabi diniy marosimlar bo’lib, ular so’nggi yillarda Toshkent mahallalarida ochiq-oydin o’tkazilmoqda. Mavlud yoki mushkul kushodga to’planishgan ayollar nafaqat diniy marosimlarda ishtirok etishadi, balki muomalaga kirishish imkoniyatiga ham ega bo’lishadi. Hayotning eng yaxshi axloqiy me’yor va tamoyillarining tiklanishi fanda hayotning ba’zi eskirgan jihatlarini yangilashga, ayollar erkinligi va huquqlarini cheklashga ham urinishlar bo’ldi.
Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o’z o’rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada faol faoliyat yuritishiga yangi zaminlaryaratdi.
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib yetishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni yengib chiqishi mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi.
Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.
Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va salbiy ta'sirlar natijasida kamolga yetadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Xususan, pedagog-tarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi lozim.
Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil (irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi.Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o'tadi, go’yo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.
G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern yangi tug'ilgan bola hali inson emas, deb hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir.
Yarim yoshdan oshgandan so'ng u maymunga tenglashadi. Ikki yoshida bola
boshlang'ich insonlik holatiga etadi (yuradi, gapiradi). Besh yoshgacha bo'lgan
bolalarning ruhiy hususiyatlari ibtidoiy davr odamlari xususiyatlariga mos keladi.
o'smirlik yillarida kishi o'zida o'rta asr ongini aks ettiradi va yetuklik yoshidagina
mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi, deydi. Ya'ni, inson
17-18 yoshida mavjud jamiyatning a'zosi bo'ladi deb hisoblaydi.
Avstriyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi. Bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab o'zini o'rab
olgan muhitning ta'siri ostida o'sadi, ulg'ayadi. Ayrim pedagog va ruhshunoslar
orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning
kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi,
ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun o'zgarmasdir. Irsiyat bor va biologik
omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o'zgarmas deb ham
tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyatning ta'siri
deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va
fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak.
Inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning
ro’yobga chiqishi va rivojlanish manbai - layoqat bilan tug'iladi. Layoqat o'z
holicha emas, balki uning rivojlanishi uchun qulay muhit ta'sirida zarur. Muhit
deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Bunga
tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi va ular
bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir ko'rsatadi.
Agar bola o'z tug'ma layoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa, layoqat erta ko'rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo'lmasa,
yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Kishilarning o'zaro muloqotlari natijasida bolada
nutq paydo bo'ladi, shakllanadi. Boladagi irsiy belgilarning o'sishi, kamol topishi
insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Inson bolasi, agar
ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib
qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy
fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. Demak, inson biologik mavjudot sifatidagina
emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham taraqqiy etadi.
Odob, axloq, xulqiy sifatlar - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va
tarbiyaning o'zaro ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat
rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo'la olmaydi.
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har biri u uchun yangi
bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi. Ijtimoiylashuv jarayonida insonning “hammadek” bo‘lish ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada boshqa ehtiyoj - o‘zini o‘z individualligini ko‘rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini qidira boshlaydi, qaysidir ma’noda uni namoyon qiladi, natijada uning individuallashuvi sodir bo‘ladi. Bolaning individuallashuvi - u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay betakror, individuallik qirralarni egallaydi.
Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashuv
(mustaqil bo‘lish).
Agar bolani mikro muhitga kiritishda ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘ziga tegishli individualligini qo‘shsa, muhitda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi.
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi, bu esa shaxsni jiddiy
deformatsiyaga olib kelishi mumkin.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. SHu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek, irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi. Ma’lumki, bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli tug‘ilayotgan bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. SHu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga etishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir buladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi gan qadriyat, ijtimoiy me’yor hamda xul q-atvor namunasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. CHunki shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘alashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulaybulgan, uni yaxshi tushunadigan va unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. SHuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar, psixaloglar, pedagoglarning urganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar.

1



http://fayllar.org
Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin