1-Mavzu: Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig‘i (4-soat) Reja: «Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari»



Yüklə 57,87 Kb.
səhifə4/12
tarix11.05.2023
ölçüsü57,87 Kb.
#111161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1.1-mavzu. Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig’i

Fanlararo tadqiqot metodlari asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi 
Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. Metodologiya metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrgatuvchi metodologiyaga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan metodologiyaga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.
Metodologiyaga ilmiy bilishning , voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim metodologiya deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk metodologiya vazifasini oʻtagan. Metodologiya taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda metodologiya boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. Metodologiya haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, metodologiya rivojiga Kant, Fixte, Shelling , Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik metodologiyaning asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik metodologiyalar falsafada eng obroʻli falsafiy metodologiyalar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish metodologiyalari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.
Bugungi kunda sinergetika metodologiyasi olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohiyatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.
Ixtiyoriy fanning asosi metodologiyadir. Metodologiya termini orqali faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi ta’limot tushuniladi. Maxsus-ilmiy va falsafiy metodologiyalar mavjud bo’lib, maxsus–ilmiy metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi:

  • umumiy va ilmiy metodologik kontseptsiyalar,

  • alohidagi maxsus fanlar metodologiyasi,

  • tadqiqotlar metodikasi.

Kimki metodologiyani yaxshi bilsa, u yoki muammolarni yechish uchun eng maqbul tadqiqot metodlarini tanlay oladi, avvalgi tadqiqotlarning natijalari asosida yangi ilmiy nazariyani yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning yig’indisi esa ushbu fanning tadqiqot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy metodologiyaning ma’lum bir pog’onasi hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to’g’ri tanlab olish va metodikani ilmiy jixatdan asoslash lozim.


  1. Yüklə 57,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin