1-Mavzu: Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig‘i (4-soat) Reja: «Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari»



Yüklə 57,87 Kb.
səhifə12/12
tarix11.05.2023
ölçüsü57,87 Kb.
#111161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1.1-mavzu. Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig’i

Glossary
Postulat (lot. postulatum - talab) — biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi boʻlgan prinsip yoki qoida. Postulat, odatda, biror mulohazaga koʻra asoslanadi, ana shu asoslash uning kabul qilinishiga sabab boʻladi. Postulat tushunchasi aksioma tushunchasining sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi.
Postulat tushunchasi qanday hollarda qoʻllanilishiga qarab turlicha maʼnoni bildiradi. Mas, birinchi marta geomet-riyaning izchil aksiomatik bayonini yaratgan Yevklid aksiomalar deb isbotsiz qabul qilingan sof mantiqiy (no-geometrik) qoidalarni (mas, kiyem bu-tundan kichik), postulat deb esa baʼzi geometrik yasashlarning mumkinligini tasdiqlovchi daʼvolarni tushungan. Gilbert aksiomatikasida esa Yevklidning mashhur V (parallel chiziqlar haqidagi) postulati "parallellik ak-siomasi" deb nomlangan. 
Aksioma (yun. axioma) – oʻz-oʻzidan ravshanligi, ayonligi sababli is-botsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlangʻich xossalari. A.lar tizimi bilan kiritiladi va boshqa hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foyda-lanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy A. hisoblanadi. A.ga misol sifatida Yevklid geometriyasiiat parallellik A.sini keltirish mumkin: "Tekislikda a toʻgʻri chiziqqa tegish-li boʻlmagan O nuqta orqali shu toʻgʻri chiziqqa bittadan ortiq parallel toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin emas". Arximed aksiomasi, Sermelo aksio-masi va boshqa A. atamasi Yunonistonda paydo bulgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va boshqa allomalar ham A.ni atroflicha tekshirishgan.
Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot.
Metod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi.


Yüklə 57,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin