1-Mavzu: Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig‘i (4-soat) Reja: «Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari»



Yüklə 57,87 Kb.
səhifə11/12
tarix11.05.2023
ölçüsü57,87 Kb.
#111161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1.1-mavzu. Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig’i

Raharlar koordinatsion guruh tuzadilar va uning vazifalari­ga quyidagilar kiradi:
- loyihaning maqsadlarini aniqash;
- ishchi guruhlar rahbarlarini tayinlash;
- ishchi guruhlarni tuzish;
- vazifani belgilash;
- loyihani amalga oshirishni nazorat qilish (sifatli, muddati­da va smetadan chetga chiqmagan xarajatlar bilan bajarish);
- loyiha bo’yicha ishni davom ettirish tug’risida qaror qabul qilish;
- ishchi guruhlarni tarqatib yuborish.
Ishchi guruhga nomzodlarni tanlashda quyidagi me’zonlarga e’­tibor beriladi:
- ishni bajarishga qobiliyati va tajribasi;
- maxsus bilimlarning borligi;
- ishga jalb qilishga imkoniyat borligi;
- tashkilotdagi obrusi;
- nizolarni xal qilish qobiliyati;
- ishga munosabati;
- shaxsiy manfaat va motivatsiya.
Loyihani boshqarishning maxsus dastaklariga quyidagilar kira­di:
1. Muammoni aniqlash va vazifani qo’yish.
2. Oraliq bosqichlarini o’rnatish (loyiqani aloxida fazalarga bo’lish).
Ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqishlar bilan band bo’lgan per­sonal tarkibi to’rt kategoriyaga bo’linadi: tadqiqotchilar, texnik­lar, yordamchi va boshqa personal.
Ilmiy faoliyat bilan band shaxslar uchun motivlashtirish savol­lari boshqa ishlovchilarga nisbattan ko’proq rol o’ynaydi. Fanga ko’p e’tibor beradigan firmalarda ilmiy-texnik personal uchun turli lavozimlar va martabalar sistemasi ishlab chiqilgan. Kadrlarni rejalashtirishga va ilmiy tashkilotlarda ishni bajarishning optimal jadvalini tanlashga e’tibor berish kerak: o’zgaruvchan ish grafikla­rini qo’llash, qisqartirilgan ish xaftasi, qisman bandlik.
Javobgarlikni taqsimlash va ustivorlikni tanlash muxim axami­yatga ega.

  1. Tadqiqotning predmeti va obyekti

Fan yoki kurs borliqdagi ob’yektlarni o‘rganish uchun harakat qiladi. O‘z ob’yektini, predmetini, muammosini tanlaydi. O‘qitiladigan barcha fan va kurslar ushbu jarayonsiz o‘z mavqeiga ega bo‘laolmaydi. Ilmiy tadqiqot metodlari ham bundan istisno emas. Boz ustiga shiddat bilan o‘tayotgan zamon falsafiy fanlarni qayta-qayta o‘rganishga majbur qilayotir. Ayniqsa, uning metodologik va nazariy jihatlariga zamon talablari asosida yondashishga undamoqda. Shu munosobat bilan ijtimoiy ish ta’lim yo’nalishiga kiritilgan ilmiy tadqiqotni falsafiy tushunishga, uning mohiyatini, mazmunini chuqur anglashga jalb etadi. Ijod turlari, ayniqsa ilmiy ijod turlari serqirradir.
Ma’lumki, falsafa va fanda, ularning tarixida ijod muhim o‘rin tutgan. Tadqiqotchi o‘z faoliyatida o‘zi tanlagan mavzu, muammoning tarixini bilmay turib, yangi fikrni berolmasligi tabiiy yoki ijodda nazariy va amaliy muammolarni tushunmasdan turib izlanishga kirishish, kelajakda tadqiqotchini boshi berk ko‘chaga olib kirishi ehtimoldan uzoq emas. Jumladan, buyuk mutaffakirlar tomonidan ijodning nazariy jihatlarini ishlab chiqilganligini o‘rganish va zamonaviy ijodlar bilan taqqoslash, albatta zarur. Bu o‘z navbatida turli kamchiliklardan xoli qiladi.
Ilmiy ijodda usullar muammosi mavjud. Ilmiy tadqiqotda prognozlashtirish, ilmiy bashorat qilish, dalil va dalillash, ijodda dialektika va sinergetika, tilning o‘rni, tilni formallashtirish, mantiq, axborot tizimlarining globallashishi va ijod, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda ilmiy ijod metodologiyasining o‘rni, ilmiy ijodning xususiy uslubdagi texnologik usullar va boshqa shu kabi mavzulari borki, bular ilmiy tadqiqot metodlarining predmetini tashkil qiladi.
Predmetga kiritilgan mazkur muammolar tabiiy–mexanik, moliyaviy, iqtisodiy sohalarning barchasiga taalluqli bo‘lsa-da, ushbu kurs uchun tayyorlangan qo‘llanma ko‘proq ijtimoiy-gumanitar jarayonlarga diqqatni jalb etadi. Mazkur sohadagi mutaxassisliklar uchun tayyorlanadigan xodimlarni ilmiy ijodning mohiyati va mazmuni bilan tanishtiradi. Shulardan kelib chiqib, o‘z maqsadini amalga oshiradi. Bu maqsadlar asosan quyidagilar bo‘lib, ularga talabalar asosiy e’tiborni qaratishlari kerak: kursning predmeti, tuzilmasi, vazifalarini, ilmiy bilish va ilmiy ijodning dunyoni tushunishga doir umumfalsafiy, umumilmiy va xususiy ilmiy uslublarni hamda vositalarni bilish; ilmiy ijoddagi empirik, nazariy va intuitiv bosqichlarni, fanning rivojlanishida falsafa fanining umummetodologik o‘rnini mavhumlashtirish, tasavvurlar va o‘zgarishlarni ishlab chiqishda umumilmiy shakl va uslublarni tahlil qilish; dialektika, sinergetika qonun va kategoriyalaridan, tamoyillaridan o‘z ilmiy tadqiqotlari ijodida foydalanishni bilish; o‘z fikrlarini dalillay olish va metodologik tartibni ijodiy tortishuvlarida himoya qila olish; iqtisodiy tadqiqotlarda tizimli tartibiy yondashuvni ham ularda modellashtirishning ilmiy jihatlarini o‘zlashtirish va boshqa shu kabi muammolardir.
Demak, ilmiy ijod metodologiyasi kursining vazifalari yuqoridagi xulosalardan kelib chiqishi tabiiydir. Bu vazifalar avvalo, magistrantlar oldin olgan bilimlarini ilmiy ijod va tadqiqotlarda foydalanish malakalarini singdirish, ilmiy fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish; falsafiy va iqtisodiy nazariyalarning dialektik munosobatlarini aniqlay bilish va chuqurroq o‘zlashtirish; ijoddagi yangi zamonaviy usullardan xabardor bo‘lish va ularni hayotga tatbiq etish; ilmiy materiallar to‘plashni o‘rgatish; taniqli olimlarning ilmiy ijod haqidagi ta’limotlari bilan tanishtirish kabilaridir.

Yüklə 57,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin