Tadqiqot loyihalari tushunchasi va ularni rasmiylashtirish.
Tadqiqot loyihalari - innovatsion loyihaning bir shakli hisoblanadi. Tadqiqot loyihalari deganda, dolzarb nazariy va amaliy vazifalarni bajarishga qaratilgan tadqiqotlar rejasi tushuniladi. Bu ishlab chiqiladigan rejalar ijtimoiy - madaniy, xalk xujalik va siyosiy axamiyatga ega va ularda ilmiy asoslangan qarorlar keltiriladi. Ko’p loyihalar xar kungi faoliyat bilan bir qatorda amalga oshiriladi. Lekin ba’zan loyihani amalga oshirish ishchi guruhlarni tashkil etishni talab qiladi. Xar bir loyiha kuyidagi zarur elementlarni o’z ichiga olishi kerak:
- aniq nomlanishi;
- qisqa anatatsiya (ish xaqida qisqacha ma’lumot);
- bajaruvchilar soni;
- bajarish muddatlari;
- bir yilga mo’ljallangan moliyalashtirish xajmi.
Loyihani amalga oshiradigan tashkilotning rahbari va uni amalga oshiruvchilar tug’risidagi ma’lumot muhim axamiyat kasb etadi.
Agar loyiha konkursga beriladigan bo’lsa, qatnashish uchun talabnoma rasmiylashtiriladi.
Loyihalar grantlar olish yo’li bilan xam moliyalashtirilishi mumkin.
Loyiha uni bajarishga sarflanadigan asoslangan xarajatlar smetasini o’z ichiga olishi kerak. Xarajatlar smetasi umumiy ko’rinishda bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linib tuzilishi mumkin.
Bevosita xarajatlar: ish xaqi va undan ajratmalar bilan, materiallar va jihozlar sotib olish, xizmat safarlari, boshqa tashkilotlar xizmatini to’lash va boshqalar.
Bilvosita xarajatlar (loyiha qiymatining 20 foizigacha) - loyihani bajarish uchun sharoit yaratishga sarflanadigan xarajatlar.
Loyihaning zarur elementi texnik topshiriq hisoblanadi. Loyiha bo’yicha ish tugatish aktlari bilan yakunlanadi:
1. Qabul qilish va topshirish akti. Bunda ish o’z vaqtida bajarilganligi va natija olinganligi yoziladi.
2. Joriy etish akti. Joriy qilish aktida olinadigan samara ko’rsatiladi.
Innovatsion loyihalarni boshqarish. Innovatsion loyihani bajaruvchi guruxning xar bir a’zosi ikki raxbarga ega: gurux raxbariga va funktsional bo’linma rahbariga. Loyihani boshqarish uchun maxsus raxbarlar biriktirilishi xam mumkin.
Loyiha bo’yicha guruhning tuzilishi loyihaning murakkabligiga bog’liq bo’ladi.