1-Mavzu: Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig‘i (4-soat) Reja: «Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari»


Tadqiqot loyihalari tushunchasi va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 57,87 Kb.
səhifə10/12
tarix11.05.2023
ölçüsü57,87 Kb.
#111161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1.1-mavzu. Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig’i

Tadqiqot loyihalari tushunchasi va ularni rasmiylashtirish.

Tadqiqot loyihalari - innovatsion loyihaning bir shakli hisoblanadi. Tadqiqot loyihalari deganda, dolzarb nazariy va amaliy vazifalarni bajarishga qaratilgan tadqiqotlar rejasi tu­shuniladi. Bu ishlab chiqiladigan rejalar ijtimoiy - madaniy, xalk xujalik va siyosiy axamiyatga ega va ularda ilmiy asoslangan qa­rorlar keltiriladi. Ko’p loyihalar xar kungi faoliyat bilan bir qatorda amalga oshiriladi. Lekin ba’zan loyihani amalga oshirish ishchi guruhlarni tashkil etishni talab qiladi. Xar bir loyiha ku­yidagi zarur elementlarni o’z ichiga olishi kerak:
- aniq nomlanishi;
- qisqa anatatsiya (ish xaqida qisqacha ma’lumot);
- bajaruvchilar soni;
- bajarish muddatlari;
- bir yilga mo’ljallangan moliyalashtirish xajmi.
Loyihani amalga oshiradigan tashkilotning rahbari va uni amalga oshiruvchilar tug’risidagi ma’lumot muhim axamiyat kasb eta­di.
Agar loyiha konkursga beriladigan bo’lsa, qatnashish uchun ta­labnoma rasmiylashtiriladi.
Loyihalar grantlar olish yo’li bilan xam moliyalashtirilishi mumkin.
Loyiha uni bajarishga sarflanadigan asoslangan xarajatlar smetasini o’z ichiga olishi kerak. Xarajatlar smetasi umumiy ko’ri­nishda bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linib tuzilishi mum­kin.
Bevosita xarajatlar: ish xaqi va undan ajratmalar bilan, ma­teriallar va jihozlar sotib olish, xizmat safarlari, boshqa tash­kilotlar xizmatini to’lash va boshqalar.
Bilvosita xarajatlar (loyiha qiymatining 20 foizigacha) - loyihani bajarish uchun sharoit yaratishga sarflanadigan xarajatlar.
Loyihaning zarur elementi texnik topshiriq hisoblanadi. Lo­yiha bo’yicha ish tugatish aktlari bilan yakunlanadi:
1. Qabul qilish va topshirish akti. Bunda ish o’z vaqtida baja­rilganligi va natija olinganligi yoziladi.
2. Joriy etish akti. Joriy qilish aktida olinadigan samara ko’rsatiladi.
Innovatsion loyihalarni boshqarish. Innovatsion loyihani bajaruvchi guruxning xar bir a’zosi ikki raxbarga ega: gurux raxbariga va funktsional bo’linma rah­bariga. Loyihani boshqarish uchun maxsus raxbarlar biriktirilishi xam mumkin.
Loyiha bo’yicha guruhning tuzilishi loyihaning murakkabligiga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 57,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin