1-Mavzu: Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig‘i (4-soat) Reja: «Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari»



Yüklə 57,87 Kb.
səhifə1/12
tarix11.05.2023
ölçüsü57,87 Kb.
#111161
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1.1-mavzu. Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig’i


1-Mavzu: Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig‘i (4-soat)
Reja:

  1. «Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari» fanining maqsadi va vazifalari.

  2. “Metod” va “metodologiya” tushunchalari.

  3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari

  4. Tadqiqot dasturi tushunchasi va ularni rasmiylashtirish.

  5. Tadqiqotning predmeti va obyekti



  1. «Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari» fanining maqsadi va vazifalari.

«Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari» fanining maqsadi – talabalarga ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta’riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ushbu fanni o’zlashtirgan talaba o’z ilmiy sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, bitiruv malakaviy ish mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlarni olib borish metodlarini, tajriba natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni, amaliyotga tadbiq etishni, o’rganilayotgan ob’ektning matematik modelini tuzishni o’zlashtirib oladi.
Fan - inson faoliyati sohasi bo’lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish hisoblanadi.
Bu soha quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ilmiy tushunchalar, postulatlar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar, emperik ilmiy dalillar, uslublar, usullar va tadqiqot yo’llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini;

  • bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan insonlarning ilmiy faoliyatini va ijodini;

  • insonlar ijodini ilmiy mehnat ob’ektlari, vositalari va ilmiy faoliyat sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani.

Fanning asosiy maqsadi – xolis dunyoni ya’ni borliqning nazariy aksini bilish va insonga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta’sir ko’rsatishdan iboratdir.
Postulatlar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang’ich holati hisoblanadi, ular tizimlashtirishning boshlang’ich shakli bo’lib, ta’limot, nazariya va h.k. larning asosini tashkil qiladi.
Ta’rif ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U mavjud ob’ektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi ob’ektiv ichki bog’liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar va kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi dalil materiallari yetarlicha bo’lmasa, unda faraz (gipoteza)dan foydalanadi. Faraz ilmiy taxmin bo’lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo’lishi uchun asoslanishi lozim.
Faraz o’zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o’tadi:

  • Dalilli materialning to’planishi.

  • Farazning shakllanishi.

  • Amalda sinalishi va tasdiqlanishi.

Shu tarzda faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Oddiy farazda ob’ektning fizik xossalari xaqida taxminlar qilinadi, keyin esa uning matematik nazariyasi beriladi.
Faraz ushbu xollarda asosli hisoblanadi:

  • Bilish tamoyillariga zid bo’lmasa.

  • Avvaldan fanga ma’lum bo’lgan qonunlarni e’tiborga olsa, ammo yangilarini ularga yaqinlashtirib qurmagan bo’lsa.

  • Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa.

  • Uni tekshirish mumkin bo’lsa.

  • U mumkin qadar soddalik asosida qurilgan bo’lsa, (ya’ni o’zida kerak bo’lmagan elementlarni saqlamasa).

  • Mantiqqa zid bo’lmasa.

Ma’lumki, bitta xodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta farazlar ilgari suriladi. Ayrim xolarda ularning ba’zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush xolat hisoblanmaydi, chunki turli farazlarning mavjudligi turli sohalar bo’yicha tahlil qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Ma’lumki ma’lum bir narsani isbotlab yoki inkor etib, olim yangilikni qidiradi. Faraz tasdiqlanadimi yoki yo’qmi, bunga bog’liq bo’lmagan xolda, u xaqiqatni izlanishiga yordam ko’rsatadi. To’g’ri bo’lmagan faraz ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida xaqiqatga olib boruvchi yo’llar torayadi va qisqaradi. Agar faraz tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga aylanadi.
Har qanday bilim ham ilmiy bo’lmaydi. Ilmiy bilim xodisalarning o’zaro bog’lanish va sodir bo’lish qonunlarini ochib beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi.
Ilmiy nazariya deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga aytiladi. U ma’lum bir sohadagi asosiy g’oya va gipotezalarni yagona bir tizimga birlashtiradi.
Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir. Tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida kelgusida vujudga keladigan xodisalarni oldindan ko’ra olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy nazariya – bu ma’lum bir xodisalar yig’indisini tushuntirib beruvchi va ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu soxada ochilgan qonunlarni yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir. Masalan: nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi, davlat va xuquq nazariyasi va x.k.
Ilmiy nazariyaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:

  • Ilmiy nazariya-ma’lum bir predmet yoki juda aniq va organik tarzda bir-biriga bog’langan xodisalar guruhi haqidagi bilimlardir;

  • Nazariyaning asosiy belgisi sifatida dalillarning ma’lum yig’indisini tushuntirish, uni oddiy tarzda tasvirlash emas, balki undagi qonuniyatlarning kechishi va rivojlanishini ochib berish xisoblanadi;

  • Nazariya bashorat qilish kuchiga ega bo’lishi, jarayonlarning kechishini oldindan aytib berishi kerak;

  • Rivojlangan nazariyada uning barcha bosh qonuniyatlari yagona bir muqaddimaga birlashtirilishi, yagona asosga ega bo’lishi kerak.

  • Nazariya tarkibiga kiruvchi barcha qonuniyatlar asoslanishi kerak.

Ilmiy nazariyaning strukturasi nazariyaning asosidan, uning yakuni hisoblangan qonunlardan, nazariyaning asosiy mazmunini ochib beradigan tushunchalardan va ob’ektiv borliq tasviri bilan insonlar oldida turgan amaliy vazifalarni birlashtiruvchi g’oyadan tashkil topadi.



  1. Metod” va “metodologiya” tushunchalari

Metod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi.
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak.

Yüklə 57,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin