Mavzu: Abu Nasr forobiy ilmiy ijodini o'rganilishi. Reja



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/4
tarix03.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#53357
  1   2   3   4
Abu Nasr forobiy ilmiy ijodini o\'rganilishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti 

Tarix fakulteti sirtqi ta’lim Arxivshunoslik yo’nalishi 4- bosqich talabasi Normo’minov Sirojiddinning tayyorlagan taqdimoti



Mavzu: Abu Nasr forobiy ilmiy ijodini o'rganilishi.

Reja:
  • Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li
  • Abu Nasr Forobiyning ilmiy me`rosi
  • Farobiy Fozil davlat haqida

Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li

Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi.

Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.

Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi.

Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.

Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi, vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonunqoidalari, usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan.

Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat qiladi.

Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda:



– fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida;

– inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l

ko‘rsatuvchi so‘z sifatida;

– olamni bilish uchun insonga in’om etilgan

ichki ruhiy kuch sifatida

tushunishgan

Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, uning paydo bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan.

Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari, Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va amallari, turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham keng o‘rin olgan.

Forobiy o‘z mantig‘ida sillogizmlar ta’limotiga katta e’tibor beradi.

Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa, dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at turlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi.

Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta

terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi.

Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning xizmati Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.

Farobiyning ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oylari alohida o’rin tutadi. Uning o’qtirishicha, insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish, uni baxt-saodatga eltish har qanday davlat jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor.

Farobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi lozim. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni- bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’i lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak.

Farobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi.

Farobiy insonni dunyo tarqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o’rinni egallashini qayd qiladi.




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin