Mavzu: Abu Nasr forobiy ilmiy ijodini o'rganilishi. Reja



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/4
tarix03.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#53357
1   2   3   4
Abu Nasr forobiy ilmiy ijodini o\'rganilishi

Farobiy davlatni:
  • Yetuk shaxslar (monarxiya).
  • Yetuk hislatlarga ega bo`lgan bir necha shaxslar (aristokratiya).
  • Saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi.

Farobiy “Fozil jamiyat va fozil shaxarlar (davlat) shunday bo`ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo`lgan har biro dam kasb-hunar bilan shug`ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo`ladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo`ladi”, deydi. Farobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podsho, rahbarlarga ham ma’lum talablar qo`yadi. U xal haqida doim g`amxo`rlik qilishi, boshqalar manfaatini o`z manfaatidan qo`ya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi o`zlarida muhim oltin xislatni ifodalashi kerak, ya’ni:
    • Adolatli bo`lish.
    • Dono bo`lish – bilimli bo`lish.
    • Qonunlarga rioya etishi.
    • Qonunlar yarat olishi.
    • Kelgusini oldindan ko`ra bilish.
    • Boshqalarga jamxo`r bo`lishi kerak.

Forobiy o`zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo`ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko`nikmalariga e`tibor berishlik zarur deydi. U o`zning «Baxt saodatga erishuv yo`llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritadi». Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya`ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo`lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko`ra bilishi, boshqalarga g`amxo`r bo`lishi lozim deydi.

Forobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan.

Forobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.

Forobiy «Baxt – saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avval bilish zarur bo`lgan ilm o`rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o`rganish lozim. Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o`simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi.

Forobiy inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo`ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim.

Bunga Forobiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.



Demak, Forobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin