Farobiy “Fozil shahar aholisning maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi:
“Har bir inson tabiatan shunday tuzulganki, u yashar va oily darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, u bir o`zi bunday narsalarni qo`lga kirita olmaydi, ularga ega bo`lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug`uladi…Bunday jamoa a’zolrining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo`lgan narsaloarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko`paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o`rnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi”. Farobiy talqinicha, insoniyat jamiati turli xalqlardan tashkil topgan bo`lib, ular bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, mamlakatlari, xususiyatlari bilan farq qiladilar. Farobiy davlatning vazifasi baxt saodatga olib borishdir. Bu esa ilim va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritiladi deb yozadi. Farobiy davlatlarni:
O`z aholisini baxt-saodatga yetkazuvchi fozil davlat (Al-Madina al-fazila)larga.
Boshqa xalqlarni bosib olib, ualrni qul sifatida foydalanadigan, o`z boyligini, farovonligi shu tarzda ta’minlaydiga adolatsiz, johil davlatlar (Al-Madina al-johiliya)larga bo`ladi.