Tezis – bu ilmiy matn bo‘lib, u o‘zida ilmiy tadqiqotning asosiy
natijalarini va ularni olish usullarini aks ettiradi. Tezislar ilmiy ma’ruzaning
qisqarttirilgan shakli deb hisoblaganlar adashadi. Tezislarning maqsadi–
konferensiyaning boshqa qatnashchilariga tadqiqotingiz
mazmunini yanada
yaxshiroq tushuntirishdan iborat.
Sarlavha
Tezis ustida ish boshlashdan avval uning sarlavhasini o‘ylab ko‘ring. Sarlavha
o‘z navbatida sizning tadqiqotingiz mazmunini o‘zida aks etishi lozim, ammo u
bitiruv malakaviy ish, magistrlik yoki doktorlik dissertatsiya mavzusi bilan aynan
bo‘lishi shart emas. Sizning ma’ruzangiz uzog‘i bilan 10 daqiqa davom etishini
inobatga oladigan bo‘lsak, ana shu qisqa vaqt ichida to‘liq o‘z tadqiqotingiz haqida
qatnashchilarga so‘zlab berishga ulgurishingiz lozim. Shuning uchun tezis
sarlavhasi lo‘nda bo‘lgani ma’qul, shu bilan birgalikda
u sodda va umumiy
bo‘lmasligi kerak.
Tarkibi
Har qanday matn, bu puxta o‘ylangan tarkibdir. Albatta tezislar ham bundan
istisno emas. Birinchidan, ilmiy tezislar uchta asosiy va muhim jihat: dolzarblik,
muammo va maqsaddan iborat bo‘ladi.
Dolzarblik – bu sizning tadqiqotingiz bugungi kunda naqadar muhim va zarur
ekanligini ko‘rsatuvchi holat. Albatta tadqiq etilayotgan masalaning dolzarbligi
xususida yozar ekansiz, bu borada dalillarni keltirishni unutmang. Dolzarblik
“Nega aynan mazkur mavzuni tadqiq etish kerak?” degan savolga javob beradi.
Dolzarblikdan kelib chiqqan holda tezislarning muammosi shakllantiriladi.
Muammo – bu bugungi kunda jarayon yoki holat to‘g‘risidagi va real faktlar
o‘rtasidagi mavjud qarama- qarshilikdir. Ya’ni bunda nazariya amaliyotga teskari
yoki aksincha. Muammo “Masalaning ilgari o‘rganilmagan qaysi jihatlarini tadqiq
etish mumkin?” degan savolga javob beradi.
O‘z navbatidan tanlangan muammodan kelib
chiqqan holda tezis maqsadi
shakllantiriladi.
Maqsad – tadqiqotning yakuniy natijasidir. Shuning uchun ham preambula
sifatida: «ishlab chiqish…», «aniqlash…», «asoslash…», «hisoblab chiqish…» kabi
so‘zlar qo‘llaniladi. Tezisning 21 qismini ishning natijalari egallashi lozim. Bu
tezisning eng muhim qismidir. Muallifning tadqiq etilayotgan mavzuni ochishga,
uning yangi qirralarini ko‘rsatishga qo‘shgan hissasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Olingan natijalar aniq, miqdoriy ko‘rsatkichlarda va tadqiqot maqsadlariga bog‘liq
bo‘lishi zarur. Natijalarni ajratib ko‘rsatilgan holda berish maqsadga muvofiq: tartib
raqamlarda (1,2,3,....., I, II, III…), harqlar bilan (A, B, C…A, B, V…), yoki kirish
so‘zlari bilan («Birinchidan,…», «Ikkinchidan…») va hokazo.
Tezisni yakunlar ekansiz, albatta xulosa qilishingiz kerak. Xulosa – bu nafaqat
yuqorida bildirilgan fikrlarni yana bir bor qaytarish emas, balki tadqiqot
natijalarining qisqacha tahlilidir. Xulosa yangi holatlarni olib chiqishi va “Xulosa
qilar ekanmiz, fikrimizcha....” degan so‘zlardan foydalanilsa maqsadga muvofiqdir.
Xulosa “Tadqiqot o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishdimi?”
degan
savolga
javob
beradi.
Albatta
tezisda
boshqa
mualliflarning
ishidan
foydalanganligingiz, ularning fikrlarini keltirganingizda muallif ishi, asari,
maqolasiga havola berishingiz lozim. Bu ilmiy izlanishlar makonida siz qanchalik
to‘g‘ri va erkin harakatlanganingizni ko‘rsatadi.
Tezislar qay ko‘rinishda taqdim etiladi?
Tezis hajmini aksariyat holatlarda larni e’lon qilmoqchi bo‘lgan tashkilot
belgilaydi. Odatda tezislarning hajmi 1-3 betdan oshmasligi zarur. Ilmiy
konferensiyalarning axborot xatlarida ilmiy maqola va tezislarga qo‘yiladigan
talablar yozilib, shrift, qator oraliqlari, havola va snoskalar, rasm yoki jadval qo‘yish
mumkin yoki mumkin emasligi xususida batafsil ma’lumot beriladi. Ularni diqqat
bilan o‘qishni unutmang! Agarda talablarga rioya etilmasa, sizning tezisingiz chop
etish uchun qabul qilinmasligi mumkin. Xalqaro me’rlarga ko‘ra tezislar Times New
Roman shriftida 14 kegalda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi, hoshiyalar 2
sm.dan oshmasligi, sxema, rasm va jadvallar kiritilmasligi kerak.
Tezisda boshqa mualliflarning fikrlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
iqtibos shaklida
keltirilmaydi. Agarba bu juda ham zarur bo‘lsa uning fikri qo‘shtirnoqqa olinib, qavs
ichida muallifning ism-sharifi, asarining chop etilgan yili keltiriladi. Masalan,
Tezisda I.Ahmedovning ikkita asari keltirilmoqda – 2013 va 2014 yillarda chop
etilgan. Birinchi ishga havola quyidagicha bo‘ladi: [I.Ahmedov 2013: 51],
ikkinchisiga – [I.Ahmedov 2014: 151] yoki [O‘sha yerda: 69]. Bunda birinchi son
asarning chop etilgan yili, ikkinchisi esa iqtibos olingan betdir.
Agarda bir
muallifning asarlari bir yilda chop etilgan bo‘lsa, yildan so‘ng indeks beriladi –a, b,
v: [I.Ahmedov 2002a: 151], [I.Ahmedov 2002b: 152]. Snoskalar esa quyidagicha
keltiriladi: Avloniy A. Turkiy guliston yoxud ahloq. –T.: “Yangi avlod”, 1992.
B.11.
Tezislarda keltirilgan har bir familiya qavslarda uning asarining chop etilgan
yili bilan beriladi. Familiyalar albatta muallif ismining bosh harfi bilan beriladi.
Ismning va sharifning bosh harfi familiyadan oldin qo‘yiladi. Foydalangan
adabiyotlar ro‘yxatida esa ism va sharifning bosh harfi familiyadan keyin
qo‘yilishini yoddan chiqarmang. Tezisda tilga
olingan har bir ilmiy uslub
keltirilganda albatta u olingan asarga havola berish zarur (ilmiy metod muallifining
familiyasi, ismi va sharifi, asari va uning chop etilgan yili ko‘rsatilgan holda).
4.
Dostları ilə paylaş: