1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari
ilmiy blimlarning metodologik asoslari
Reja:
1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi – ilmiy
asarlar yaratish usullari
to‘g‘risidagi falsafiy fan.
2. Ilmiy bilish nazariyasi(epistemologiya) – gnoseologiyaning muhim bir
sohasi.
3. O‘quv predmetining maqsad va vazifalari.
Tayanch tushunchalar:
ilmiy bilish, gnoseologiya, ijod, ilmiy ijod, aqliy
mehnat, rasionalizm, fan, tabiiyotshunoslik, jamiyatshunoslik, texnika, texnik fanlar,
ilmiy bilish usullari, olim shaxsi.
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari.
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining
maqsadi
– magistrant
talabalarga
ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta’riflari, usullari va bosqichlari haqida
nazariy bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni
olib borish metodologiyasi,
eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish
metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan
tanishtirishdan iboratdir.
Ushbu fanni o‘zlashtirgan talaba o‘z ilmiy sohasi bo‘yicha
ilmiy tadqiqot
ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni olib
borish metodlarini, tajriba
natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni,
amaliyotga tadbiq etishni, o‘rganilayotgan ob’yektning matematik modelini tuzishni
o‘zlashtirib oladi.
Asosiy ta’rif va tushunchalar
Fan-inson faoliyati sohasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob’yektiv
bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish hisoblanadi.
Bu soha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ilmiy tushunchalar, postulatlar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va
farazlar,
emperik ilmiy dalillar, uslublar, usullar va tadqiqot yo‘llari
tarzidagi
uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini;
bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan
insonlarning ilmiy faoliyatini va ijodini;
insonlar ijodini ilmiy mehnat ob’yektlari, vositalari va ilmiy faoliyat
sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani.