1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Har qanday bilim ham ilmiy bo‘lmaydi. Ilmiy bilim xodisalarning o‘zaro



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Har qanday bilim ham ilmiy bo‘lmaydi. Ilmiy bilim xodisalarning o‘zaro 
bog‘lanish va sodir bo‘lish qonunlarini ochib beradi va ularning kelgusidagi 
taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning haqqoniyligi amaliyotda 
mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi.
Ilmiy nazariya deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga 
aytiladi. U ma’lum bir sohadagi asosiy g‘oya va gipotezalarni yagona bir tizimga 
birlashtiradi. 
Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir
. Tabiat va jamiyatning 
ob’yektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar 
natijasida kelgusida vujudga keladigan xodisalarni oldindan ko‘ra olish imkoniyatini 
beradi. 
Ilmiy nazariya
– bu ma’lum bir xodisalar yig‘indisini tushuntirib beruvchi va 
ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu soxada ochilgan qonunlarni 
yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir. Masalan: nisbiylik nazariyasi
kvant nazariyasi, davlat va xuquq nazariyasi va x.k. 
Ilmiy nazariyaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: 
Ilmiy nazariya-ma’lum bir predmet yoki juda aniq va organik tarzda bir-biriga 
bog‘langan xodisalar guruxi haqidagi bilimlardir; 
Nazariyaning asosiy belgisi sifatida dalillarning ma’lum yig‘indisini 
tushuntirish, uni oddiy tarzda tasvirlash emas, balki undagi qonuniyatlarning 
kechishi va rivojlanishini ochib berish xisoblanadi; 
Nazariya bashorat qilish kuchiga ega bo‘lishi, jarayonlarning kechishini 
oldindan aytib berishi kerak; 
Rivojlangan nazariyada uning barcha bosh qonuniyatlari yagona bir 
muqaddimaga birlashtirilishi, yagona asosga ega bo‘lishi kerak. 
Nazariya tarkibiga kiruvchi barcha qonuniyatlar asoslanini kerak. 
Ilmiy nazariyaning strukturasi nazariyaning asosidan, uning yakuni 
hisoblangan qonunlardan, nazariyaning asosiy mazmunini ochib beradigan 
tushunchalardan va ob’yektiv borliq tasviri bilan insonlar oldida turgan amaliy 
vazifalarni birlashtiruvchi g‘oyadan tashkil topadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin