Metodologiya - faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k). va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi sifatida amal qiladi. Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi
mumkin emasligi ay on bo‘ldi va u albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z
sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy
aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak.
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta ’minlovchi boshqa vositalami ham o ’rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya
hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror
dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini
ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida
ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. Xullas, metodologiya metodlar u ig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. 2. Metodlaming tasnifi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari, empirik tadqiqot metodlari, nazariy tadqiqot metodlari, umummantiqiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir. Quyida ulaming mazmunini tahlil qilamiz: